Salbiy oqibatlar. Qaror qabul qilish – bu kompromislarni yuzaga keltirish
san`atidir. Bir tomondan muvaffaqiyatga erishilsa, boshqa tomondan zararni olib
keladi. Masalan, mahsulot sifatini oshirish xarajatlarning oshishiga olib keladi,
avtomatizatsiya xarajatlarni pasaytiradi, lekin ishchilar sonini qisqartiradi va h.k.z.
Shunga o`xshash salbiy oqibatlarni hisobga olib turish kerak.
Qarorlarning o`zaro bog’liqligi. Tashkilotda barcha qarorlar o`zaro
bog’liqdir. Birta muhim qaror unchalik muhim bo`lmagan qarorlarni talab qiladi.
Masalan, yangi jihozni sotib olish nafaqat ishlab chiqarish bo`limiga ta`sir etadi,
balki yakuniy holda sotish va marketing bo`limlariga ham ta`sir etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |