"menejment va iqtisodiyot"


Boshqarishning tashkiliy-ma’muriy usullari



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/370
Sana11.09.2021
Hajmi2,98 Mb.
#171397
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   370
Bog'liq
menejment va iqtisodiyot

8.2.Boshqarishning tashkiliy-ma’muriy usullari. 
Boshqarishning  tashkiliy-ma’muriy  usullari  boshqarish  usullari  tizimida 
alohida  o’rin  tutadi.  Boshqarishning  bu  usuli  yakkaboshchilik  munosabatlari  -
intizom  va mas’uliyatga  asoslanadi. 
Tashkiliy-ma'muriy usullarga: 

  boshqarish apparatining  muayyan  strukturasini  tuzish; 

 
har bir boshqaruv bo’g’inining funktsiyalarini  belgilash; 

 
kadrlarni  to’g’ri tanlash; 

  buyruqlar,  farmoyishlar  va  qo’llanmalar  chiqarish,  ularning  bajarilishini 
nazorat qilish; 

 
topshiriqlar  va  direktiv  ko’rsatmalarni  bajarmayotgan  bo’linma  va  shaxslarga 
nisbatan majburiy  choralarni  qo’llash kiradi. 
Tashkiliy-ma'muriy  usullar  yuqori  organlar  hokimiyatiga  va  quyi  rganlarning 
bo’ysunishiga  asoslanadi.  Shuning  uchun  ularni  ko’pincha  ma'muriy  usullar  deb 
yuritiladi.  Yuqori  ma'muriy  organlar  boshqariluvchi  ob'yektning  bajarishi  majburiy 
bo’lgan  tartib-qoidalarni  ishlab  chiqadi,  shuningdek  bo’ysunuvchi  organlarga 
farmoyishlar  beradi.  Boshqacha  qilib  aytganda,  korxonaning  rahbari  o‘ziga 
bo‘ysunuvchi  tsex  rahbariga,  tsex  rahbarlari  shu  tsexdagi  ishlab  chiqarish 
uchastkalarining  ustalariga  bevosita  bajarilishi  zarur  bo‘lgan  ko‘rsatmalarni  berishi 
mumkin  va  bu  ko‘rsatmalar  bajarilishi  lozim.  Bunday  ko‘rsatmalar  jumlasiga 
mahsulot  turlarini  rejaga  asosan  bir  maromda  ishlab  chiqarishni  yuqori  darajada 
tashkil  qilish,  mahsulot  sifatini  yaxshilash,  mehnat  me’yorlarini    o‘z  vaqtida  ko‘rib 
chiqish,  mehnat  intizomini  mustahkamlash  va  boshqa  tez  hal  qilinadigan  masalalar 
to‘g‘risidagi ko‘rsatmalar kiradi. 
Quyi  pog‘ona  rahbarlari  bajarishi  shart  bo‘lgan  farmoyish  va  ko‘rsatmalarni 
berish,  ularning  bajarilishini  nazorat  qilish,  normalarni  ishlab  chiqish,  xodimlarni 
to‘g‘ri  tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ishchilarni bir joydan boshqa joyga o‘tkazish, 
taqdirlash yoki jazolash  yuqori pog‘ona rahbarlarining  vazifasiga  kiradi. 
Tashkiliy  usullar  shu  yo’l  bilan  boshqarish  tizimida  ichki  ongli  aloqalarning 
tarkib topishiga yordam beradi. Bu usullar  boshqarish funktsiyalari  bajarilishining: 
  tashkiliy  barqarorligini; 
  intizomliligini; 
  muvofiqliligini; 
  uzluksizligini  ta'minlaydi. 
Tashkiliy-ma'muriy 
usullar  boshqaruv  organlarining  o’zaro  aloqada 
ishlashini,  boshqaruv  munosabatlarini  aks  ettirib,  boshqariluvchi  ob'ektlarga 
ma'muriy  ta'sir  ko’rsatishning  butun  mexanizmini  ifodalaydi.  Shu  bilan  birga, 
ma'muriy  yoki  to’g’ridan-to’g’ri  boshqaruv  usuli  xo’jalik  yurituvchi  sub'yektning 
tanlash  erkinligini  cheklab  qo’yadi,  muayyan  huquqiy  chegaralarini  belgilaydi.  O’z 
mohiyatiga  ko’ra  ma'muriy  boshqarish  bozorga  xos  bo’lgan  tartibga  solish 
harakatiga  to’sqinlik  qiladi.  Biroq,  rivojlangan  bozor  sharoitida  ham 
boshqarishning  ma'muriy  usullari  o’z  ahamiyatini  saqlab  qoladi  va zarur  bo’lganda 
ulardan 
foydalaniladi. 
Xususan, 
bozor 
iqtisodiyoti 
rivojlangan 
hamma 
mamlakatlarda  ma'muriy  usullar  vositasida  monopoliyaga  qarshi  siyosat  amalga 


139 
 
oshiriladi.  Davlat  bozorning  monopollashtirilishiga  to’sqinlik  qiladigan  ma'muriy 
cheklovlar  tizimini  belgilaydi,  monopol  kompaniyalar  faoliyatini  direktiv  yo’sinda 
boshqaradi. 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish