Oral tip - bu odamlar doim boshqa odamlarning kuchli ta`sirida bo’ladilar. Ularning ustanovkasi juda sust, bekorga harakat qilmaydilar.
Anal tip - bu odamlar o’ta tartibli, gajir va tejamli.
3. Uretral tip -bu odamlar o’z qadriga etadigan, or-nomusli, raqobatli va
juda uyatchan.
4.Fallektiv - bu odamlar o’ziga ishonadilar, o’z maqsadiga ega va ularda keskinlik yuqori darajada namoyon bo’ladi.
5. Genetal tip - bosiq, extiyotkor , andishali, mulohazali.
Tashkilotchi rahbar o’z faoliyatida boshqa dinamik uslublardan ham foydalanishi mumkin. Kuzatish uslubi tashkilotchiga har bir shaxs uchun ko’p axborot beradi. Suhbat uslubi o’z xususiyatlariga ega. Intervyu vositasidan yoki anketa usulidan foydalanish ham rahbarni axborot bilan boyitadi. Rahbar qo’lidagi insonni o’rganish uchun foydalanadigan eng asosiy vositalardan biri tabiiy va labaratoriya, eksperiment - tajriba o’tkazishdir.
Bu vositalar ishchi-xodimni har tomonlama bilib olish uchun yakka yoki qo’shma, bir-biri bilan bog’lab o’tkaziladi. Masalan: test yordamida olingan xulosa, kuzatish, suhbat va tajriba yordamida olingan axborotlar bilan solishtiriladi, shu asosda yangi xulosa vujudga keladi. Bu tipdagi ishchi-xodim haqida olingan axborot ilmiyligi va amaliyligi bilan ajralib turadi.
Hozirgi zamon rahbar-tashkilotchining xususiyatlari qandan bo’lishi kerak?
Hozirgi talablarga javob bera oladigan rahbar - tashkilotchi har tomonlama ijtimoiy talablarga javob berishi shart. Agar u bir tomondan avtokratik va byurokratik nuqsonlardan xoli bo’lsa, ikkinchi tomondan u keng intellektual, nutq harakter va irodaviy nuqsonlardan o’zini asrashi lozim. Nuqsonlar birgalikda rahbar haqidagi tasavvurni guruh, ishchi - xodimlar, jamoa ongida salbiy shakllantiradi. Demokratik rivojlanish sharoitida bu salbiy tasavvur rahbar faoliyatida ko’p qiyinchiliklar tug’diradi.
Rahbar - tashkilotchi, yoki lider haqidagi guruhiy, ommaviy tasavvur, fikr, obrazni boshqarish psixologiyasi fanida imidj tushunchasi shunday ta`rifga ega, - " Biron bir konkret shaxsga nisbatan jamoa , guruxning fikri, gurux va jamoa tomonidan bu shaxsning baholanishi, qadrlanishi ularning bu shaxsga bo’lgan munosabatlari shu shaxsning imidjini kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Masalan hozirgi bozor iqtisodiyoti davrida Keldiyorovning imidji salbiy, Xonkeldiev –ish bilarmon shaxs, uning imidji ijobiy.
Konkret inson hakidagi boshqa insonlar fikri asosida imidj shakllanadi. Biron bir rahbar yoki oddiy inson haqidagi gurux va jamoaning shakllangan fikri uning imidjini vujudga keltiradi. SHaxs imidji uning bilimliligi, malaka, ko’nikmalari, ijtimoiy, siyosiy yo’nalganligi, ishbilarmonligi, insonparvarligi, mehnatsevarligi, haqiqatgo’yligi, printsipialligi, pok vijdonligi kabi sifat xislatlari kuchli ta`sir etadi . Ota – ona, hokim, sud, prokuror, harbiy xizmatchi, militsiya xodimi, maktab direktori va boshqalar ham o’z imidjiga ega, Psixologik qonuniyatlarga asosan firma, tashkilot, muassasaning imidji rahbar shaxsining imidji bilan bog’liq. Rahbarning imidji esa firma va tashkilotlarning imidji bilan chambarchas bog’langan. Rahbar imidjini ilmiy, amaliy o’rganib, bu sifatni rahbar individualligida shakllantiradigan mutaxassis - imidjmeyker rahbarlik borasidagi imidjni shakllantiradi, rahbarni o’zi haqida jamoa fikrini shakllantirishga o’rgatadi. Psixologik qonuniyatlarga ko’ra rahbar, lider haqidagi ijobiy sifat, xislat, bilim, malakalar ishchi - xodim, jamoa va guruh haqida ijobiy ta`sir o’tkazadi. Ijobiy ta`sir kuchli emotsianal holatda o’tadi. Ijobiy emotsiyalar qoniqish va ishonch his - tuyg’usi bilan sug’orilib, jamoani rahbarga nisbatan hatti-harakati, munosabatini vujudga keltirib, liderga, rahbarga yaqinlashishga sabab bo’ladi. Agarda jamoa rahbar liderning faoliyati, harakati, bilimlari, malakalaridan salbiy emotsianal holatga tushsa, bu paytda u rahbar, liderdan o’zini olib qochishga, undan uzoqlashishga harakat qiladi. Bu psixologik qonuniyatlar asosida guruh, jamoaning rahbarga nisbatan ustanovkasi shakllanadi. Ularning ustanovkalari asosida sizga nisbatan bo’ladigan munosabati va fikri vujudga keladi. Kerakli ustanovkani xodimlarga, jamoaga rahbar berishi maqsadga muvofiqdir. Jamoa esa ustanovka zamirida rahbar haqida fikr yuritib u bilan muayyan munosabatda bo’ladi.
Bu maqsadni hayotga tatbiq etish uchun hozirgi zamon rahbariga psixologik mutaxassis imidjmeyker lozimligini hayot tamoili taqazo etadi. Imidjmeyker rahbarning rahbarlikka psixologik tayyorgarligini hozirgi zamon talablariga javob bera oladigan harakteristikasini karta - sxemasini tuzadi, ijobiy xislat, sifatlarini maqsadli o’stirishga, salbiy xislat, sifatlarni korrektsiya qilishga amaliy yordam beradi. Imidjmeyker rahbarning mijozini muayan, ilmiy asoslangan testlar asosida ob`ektiv holatda aniqlab beradi, undagi ekstrovertlik (ichidagini tashqariga chiqara olish qobiliyati), introvertlikni (ichidagini tashqariga chiqara olmaslik qobiliyati), undagi verbal (nutqiy) iqtidorlik koeftsentini rivojlantirish darajasini, frustatsion holatlarda uning reaktsiyasini, harakteriologik sifatlari, irodaviy xislatlarini aniqlaydi va kerakli ko’rsatmalar beradi. Mutaxassis rahbarning ongsiz holatda bo’lib o’tadigan jarayonlarni va uning odatlari, malaka, ko’nikmalarini ham psixologik jihatdan har tomonlama tahlil etib kerakli xulosalar chiqaradi. Imidjmeyker rahbarning psixikasini o’rganadi va yaxshi vrach o’z kasalining qaeri kasalligini kasalning o’zidan ko’proq bilgani kabi, psixolog o’z patsienti holatini undan ko’proq biladi va unga kerakli operativ yordam ko’rsatadi.
Inson haqidagi imidj ijobiy, salbiy va sub`ektiv bo’lishi mumkin. Masalan: A.Soljenitsin haqida bugungi Rossiya xalqining fikri-"U hozirgi vaqtning geniysi". 20-30 yil oldin shu jamoa u haqda qarama-qarshi fikrda - "U vatan sotqini, vatanfurush" degan fikrda edi. Bu misolda guruh, jamoaning bir inson haqida ham ijobiy, ham salbiy, ham sub`ektiv fikr yuritishini ko’rib turibmiz. Konkret inson haqidagi jamoaning tasavvur fikrini sub`ektivlashuviga olib keladigan sabablar uzoq tarixiy misollardan ma`lum. Taqriban bizning eramizning 33 yilida jamoa "Uni mixla!- deb baqirardi”. 19 asrda o’tgan nemis xalqi Gitlergog quvonch bilan kutib "Xayl" deb baqirar edi. Sobiq Sovet davlatida 1920-1940 yillarda xalq ommasi "Xalq dushmanlarini otish kerak!" - degan so’zlar baqirar edi. Natijada hech bir aybi yo’q insonlar o’lib ketar edilar. SHuning uchun ko’pchilikning fikri ayrim vaqtlarda ob`ektiv fikrdan farq etadi. Ayniqsa yaxshi inson haqida salbiy fikr sun`iy ravishda ommaga tarqatilsa, ommaning salbiy fikri shakllanadi va ommaning bu insonga bo’lgan salbiy munosabatini shakllantiradi va ijtimoiy munosabatlar ob`ekti bo’lgan inson ham ruhan ham, jismonan bunga toqat qila olmaydi, og’ir stress holatiga tushadi. Irodasi mustahkam rahbar ham bunga chiday olmaydi. Qancha jamiyatimizning ulug’ shaxslari "Sotsialistik, kommunistik" qirg’inlarga uchrab shahid bo’lgan.
Mustakillik sharofati tufayli jamiyatimizda yangi tipdagi muomala tamoyili -demokratik munosabatlar barqaror bo’ldi va har bir inson haqidagi boshqa insonning ob`ektiv, mustaqil fikr yurita olishiga imkon yaratildi, mustaqil fikr yuritadigan odamlarning taqibiga chek qo’yildi. Bu jamiyatimizning qadriyatini rivoj topishidan darak beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |