2. Paralingvistik ta`siri - bu rahbar nutqining atrofidagi nutqni bezovchi, uni kuchaytiruvchi omildir. Tashkilotchi nutqining baland yoki past tovushda ifodalanayotganligi, artikulyatsiyasi, tovushlari, to’xtashlari, duduqlanishi, yo’tali, nidolari bu vositalarni mohirona ishlata bilishi tinglovchining ichki dunyosini, ongi, tafakkuri, hissiy tuyg’ularini qadriyatlar bilan boyitishini ta`minlaydi, ular mehnatsevarligini oshiradi, ularni raqobatbardosh, sifatli mahsulot ishlab chiqarishga undaydi, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy faolligini oshiradi.
3. Noverbal ta`siri (nutqsiz ta`sir). Bunga suhbatdoshlarning fazoda bir -birlariga nisbatan tutgan o’rinlari, holatlari (yaqin, uzoq, intim), qiliqlari, mimika, pontomimika, qarashlar, bir - birini bevosita his qilishlar, tashqi qiyofalar kiradi. Tashkilotchi tomonidan bu vositalarning barchasini ishlatilishi muloqot jarayonini yanada kuchaytiradi, suhbatda bo’lganlarning bir - birini yaxshiroq bilib olishlariga yordam beradi. Amerikalik olim Megrabyanning tadqiqotlariga ko’ra birinchi marotaba bo’lgan suhbatda taassurotlarning ijobiy bo’lishiga gapirgan gaplar 7%, paralingvistik omillar 38%, noverbal harakatlar 58% gacha ta`sir qilarkan.
Tashkilotchining ishchi bilan suhbat olib borishini samaradorligini oshirish uchun u amerikalik olim, notiq, psixolog Deyl Karnegi so’zlarini esda tutishi lozim. Bu so’zlar: " YAxshi suhbatdosh - yaxshi gapirishni biladigan emas, balki yaxshi tinglashni biladigan suhbatdoshdir "Nemis faylasufi A.SHopeshauerning aytishicha” odamlarning o’zingiz to’g’ringizda yaxshi fikrga ega bo’lishlarini xohlasangiz, ularni tinglash tashkilotchi faoliyatida ishchilarga ta`sirni kuchaytirish vositasi bo’lib unda
ijtimoiy psixologik trening yordam beradi. IPT - bu muloqot vaqtida odamlarni
psixologik jihatdan hozirlash, ularda zarur kommunikativ malakalarni maxsus
dasturlar doirasida qisqa fursatda shakllantirishi vositasidir. Bundan tashqari
tashkilotchining boshqalarga ta`sir etish faoliyatida amaliy muloqot treningi -
IPTning yordam beradi. Guruh va jamoalarda muloqot treningi vositasida muzokaralar olib borish, ish yuzasidan hamkorlik qilish yo’l - yo’riqlarini birgalikda topish, katta auditoriya oldida so’zlashga o’rganish, majlislar o’tkazish, janjalli, konfliktli holatlarda o’zini to’g’ri tutish malakalari hosil qilinadi. Bundagi asosiy narsa - ta`sir qilinuvchini tushunish, o’zini o’zga o’rniga qo’ya olish, boshqalar mafaatlari bilan o’zinikini uyg’unlashtira olish g’oya bo’ladi.
Rahbar - tashkilotchi va ishchi - hamkasblar o’rtasidagi muloqot ko’p qirrali va murakkab jarayondir. Bugungi yangilanish, mustaqillik sharoitida tashkilotchilikning bir necha hillari hayotda mavjud. SHulardan eng asosiy, uchraydiganlarini ko’rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |