Jamoaning rahbar haqidagi fikri nima asosida shakllanadi?
Birinchidan: bu fikr rahbar haqidagi ma`lumot, axborot, informatsiyadan. Informatsiya imedj rivojiga asos bo’ladi. Qabul etish harakteriga ko’ra bu informatsiya ikkiga bo’linadi: a) bevosita imidj o’stiruvchi axborot. b) bavosita imedj o’stiruvchi axborot. Bevosita olingan axborot - bu rahbar haqidagi biron bir kishidan olingan axborot. Masalan: "bir rus tanishim aytdi". Bevosita imidj o’stiruvchi axborot - bu rahbar bilan bo’lgan kontakt jarayonida olingan axborot hisoblanadi, Bu paytda jamoa qo’ldagi axborotlarni qabul etadi: a) rahbarning psixikasi xususiyatlari haqida (masalan: rahbar harakteri, mijozi, intellekti, ustanovkasi, dunyoqarashi va boshqa). b) rahbarning tashqi qiyofasi haqida (kiyinishi, sochining holati, o’zining tutishi, mimikasi, oyoq kiyimi va boshq.).
Psixologik qonuniyatlarga ko’ra bevosita imidj o’stiruvchi axborot asta – sekin fikr va e`tiqodga aylanadi. Fikr va e`tiqodni shakllanishida har bir insonning ongi va ongsiz holati faol qatnashadi. Ahborotning ko’p qismi ongsiz holatda qabul qilinadi va ayrim vaqtlarda bu axborot ongga yuboriladi, inson fikri, xatti-harakatini vujudga keltiradi.
YAngi psixologik tadqiqotlar natijalariga ko’ra imidjni o’stiruvchi axborot rahbarning ham ongli, ham ongsiz xatti-harakatlaridan, holatidan tarqatiladi. Jamoa ham bu axborotni ham ongi, ham ongsiz holatda qabul qiladi. Bunga misol: Deputatlikka nomzodini qo’ygan shaxs jamoa oldiga o’z proekti-yu, loyihasi, maqsadi, rejalari va vositalari haqida jamoa oldida chiqib gapiradi. Nomzod har qanday yaxshi tashkilotchi, yaxshi kiyingan bo’lmasin, agitatorlari qancha mahoratli bo’lmasin, nutqida notekislik, mimikasi, jestikulyatsiyasida, tovushini tembrida o’z kuchiga ishonmaslik ko’zga ko’rinar - ko’rinmas darajasida namoyon bo’lsa, bu axborot tinglovchining uzoq muddatli xotirasida ongsiz yo’sinda qabul qilinadi. Xuddi shu axborot intuitiv ravishda tinglovchining ma`ruzachi haqidagi fikri paydo bo’lishiga asos soladi. Axborot tinglovchining sezgi organlariga ta`sir etib qabul qilinadi.
Agarda rahbarning o’zi haqidagi axboroti ongli ravishda chiqarilib, retsipient (tinglovchi)ning ongiga ta`sir etsa, natija samarali bo’ladi. Ayrim vaqtda ongli yuborilgan axborot tinglovchinig ongsiz qabul qilishini yuzaga keltiradi. Analitik tafakkuri past darajaga ega shaxslar ko’pincha axborotning ongsiz holatda qabul etadilar va intuitsiyalariga ishonadilar. “Ongdan – ongga” axborot beriladigan yo’l faqatgina maqsadni tashkil etadi. Lekin "ongdan" - "ongsiz" holatdagi axborot qabul qilish kanali ham lektor irodasi ta`sirida va lektor irodasidan tashqarida vujudga keladi. SHu paytda ham imidjmeykerning asosiy vazifasi - rahbarni axborot berishi jarayonida "ongdan" - "ongga" holatda axborot qabul qilishning optimal variantlari hakidagi ko’rsatmalar bilan ta`minlashdan iborat. Haqiqatdan ham inson o’zining ichki his, to’yg’ulariga ko’proq ishonadi va ularga hamma vaqt tayanadi. Inson o’zi xususiyatlari haqidagi axborotni o’z irodasidan tashqariga ham chiqarib turadi. Tadqiqotlarga ko’ra bizlar o’zimizning xatti- harakatlarimizning 80% ni ongsiz holatda bajaramiz. Masalan: velosiped, mashinani haydagan, telefon qilgan paytlarida. Velosiped haydashda muvozanatni saqlash, diqqatni bo’linishi va barqarorligi, mashina haydayotganda, qo’l, oyoqlar harakatining avtomatlashib malakaga aylanganligi va hokazolar. Insonning bu holati "avtopilot" ishiga o’xshaydi. Bu jarayonda ong dam oladi, yo boshqa muammolar bilan band bo’ladi. SHuning uchun ayrim vaqtlarda ongdan tashqari holatlarda qaror qabul etamiz va uni bajaramiz. Bu holatdagi biologik instinktiv faktor sifatida "xavfsirash xususiyati va himoyalanish xususiyati" ishga kirishadi. Har bir o’spirin yoshidan yuqori yoshdagi kishida doim ongsiz idrok jarayoni o’z faoliyatini olib boradi. Bu jarayonda lider, rahbar, tashkilotchi tomonidan ko’zga ilinmas, eshitish sezgisida aks etilmaydigan, lekin boshqa sezgi organlariga ta`sir etadigan ko’pdan ko’p axborot kelib taqaladi. Masalan: Amerikaning "SOSA–SOLA" firmasi o’z mahsulotlarini reklamalash uchun psixologlar yordamida bu ichimliklarni maxsus axborot uzatish texnologiyasini ishlab chiqdi. Fiziologik qonuniyatlarga ko’ra ko’zlar orqali kinofilm axborotini vaqt davomida aks etish bir minutda 24 kadrni tashkil etadi. Reklamachilar har 23 kadrdan keyin 24 kadrda "SOSA–SOLA" iching degan so’zlarni yozgan. Bu filmni ko’rgan tomoshabinlar filmda "ichilgan" qisqa lekin tez takrorlanuvchi ichimlik haqidagi axborotni ko’z orqali, ongli, umuman, aks etmaganlar lekin film tugashi bilan ko’pchilik tomoshabinlar "SOSA–SOLA" sotiladigan joylarga qarab harakat qilgan. SHu axborot ongli holatda idrok etilib insonda ichimlikka qiziqish, talabni vujudga keltirgan. Bosiq, g’amgin kelayotgan shaxsga lo’lilar doim yopishadilar, alkogoliklar ham biron bir narsa undirishga harakat etadilar. Hatto itlar ham ichida qo’rquv bosgan, lekin tashqarida bu holatni namoyon qilmaydigan insonlarga shilqim bo’ladilar.
Demak, har bir inson o’zidan tashqariga ong ishtirokisiz axborot uzatadi va bu axborot boshqa inson, hayvonlar va hatto o’simliklar tomonidan aks etiladi. Hozirgi paytdagi yangi pedagogik texnologiyaning asosiy maqsadlaridan biri bo’lib xatti harakatlar (baholashlar) dasturini ongdan- ongning ostiga ko’chirilishi hisoblanadi.
Tarbiyaviy faoliyatning oxirgi xalqasi yangi pedagogik qarashlarga ko’ra tarbiya ko’ruvchining ong osti jarayonlari hisoblanadi. Insonning ong osti reaktsiyalari uning tarbiyalanganligi darajasi va harakteri haqida, u yoki bu ustanovkalarining shakllanganligi hakida ma`lumot beradilar. Insonni bilish, uni baholash uchun uning ustanovkalarini bilish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |