8. Boshqaruv faoliyati xususiyatlarining etarli darajada tushunmasligi, uni idrok maydoniga sig’dira olmasligi.
Boshqaruv faoliyati juda murakkab bo’lib, u moliyaviy, iqtisodiy, mafkuraviy, huqukiy, tarbiyaviy tomonlarini qamrab oladi. SHuningdek, u bir qancha funktsiyalarni bajaradi; "inson-inson", "inson - texnika", "inson - tabiat", "inson - obraz" munosabatlarini aks ettiradi.
Rahbar faoliyatining har bir jabhasi va funktsiyalarini yuqori darajada etallash orqali yuksak martabaga erishadi. Lekin uning u yoki bu tomonini tushunmaslik evaziga korxonada ishlar yurishmay qoladi, sun`iy tormozlanish yuzaga keladi. Tushunmaslik tufayli boshqaruvga putur etkaziladi, rahbarning idrok maydoni ularni qabul qila olmaydi, natijada boshqaruvda ayrim uzilishlar barpo bo’ladi. Ulardagi o’zaro uyg’unlikning buzilishi, "tavakkal" bilan ish tutish, salbiy oqibatlarga olib keladi.
9. Rahbarlik qilish malakalarining zaifligi.
Rahbarlik - bu muayyan tuzilishga, o’zaro bog’liqlikka ega bo’lgan murakkab shaxslararo munosabatni maqsadga muvofiq amalga oshirishdir. Bundan tashqari, moliyaviydan boshlab to tarbiyaviygacha funktsiyalarni bajarish, buning uchun esa ma`lum kasbiy malakalarni egallash lozim, aks hodda ularning zaifligi rahbarlikni qiyinlashtiradi.
Tajriba orttirish, namunalardan foydalanish, malaka oshirish, uslub, vosita, yo’l-yo’riqni o’zlashtirish orqaligina rahbarlik qilish mumkin, xolos. Ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish, muomala maromidagi buzilish, tartib-intizomni nazorat qilish, istiqbol rejasini kengaytirish, ashyo miqdorini ko’paytirish, qayta ishlashni amalga oshirish, qo’shimcha sohalar yaratish kabi muammolarni hal qilishda qiynalish, xatolarga yo’l qo’yish, duch kelish, rahbarlik malakasining zaifligidan dalolat berdi.
10. Boshqalarni o’qitish, ularga saboq berish, o’rgatish o’quvining yo’qligi.
Korxona rivojini ta`minlash kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, muayyan bilim hamda ko’nikmalar bilan qurollantirishga ko’p jihatdan bog’liq. Bu muammo "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" da o’z aksini topgan. Rahbar o’z tajribasini yoshlarga o’rgatmas ekan, demakki vorislik tamoyili buziladi, muayyan malakalarni ularda shakllantirmaslik istiqbolga ko’r-ko’rona yondashishni yuzaga keltiradi, bilimlar bilan ularni qurollantirmaslik esa ravnaq to’g’risida gap bo’lishi ham mumkin emas.
O’z tajribasi, malakasi, bilimi bilan boshqalarni bahramand qilmas ekan, demakki rahbar munosib o’rinbosarlar tayyorlash imkoniyatidan mahrum. Ta`limiy va tarbiyaviy uquvning yo’qligi rahbarni noxush kechinmalar va yomon oqibatlar og’ushiga etaklaydi. Tarbiyaviy qobiliyat mavjud emasligi rahbarning ashaddiy nuqsonidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |