14. Aql-idrok va farosat bobida sustkashliligi.
Rahbarlik lavozimiga tayinlash yoki ko’tarish jarayonida shaxsnint aql-idrok, fahm-farosati hisobga olinadi. CHunki yaxshi rahbar - korxonaning ellik foiz kuchidir. Bilimdonlik, iste`dodlilik, aql-zakovatlilik rahbarning muhim xususiyati ekanligini ta`kidlab o’tish maqsadga muvofiq.
Lekin ularni ishga solishda, ulardan foydalanishda sustkashlik rahbar nuqsonlaridan biri hisoblanadi. Jismoniy va aqliy sust harakat bilan rahbarlik qilish mumkin emas. CHunki rahbar faol, uddaburon shaxs bo’lish kerak, aks holda korxona, boshqarma uchun u katta naf keltira olmaydi.
15. Ishbilarmonlik qobiliyatining kuchsizligi.
Hozirgi zamon rahbari ishbilarmon, uddaburon, teran fikrli, o’ta sinchkov shaxs bo’lishi lozim. Favquloddagi o’zgarishlarga tez munosabatga kirishishmasdan turib, muayyan yutuqlarga erishish mumkin emas. SHuning uchun bozor iqtisodiyotiga moslashuvchi, marketing xususiyatli insonlargina rahbarlikni uddalay oladi, xolos. Mazkur qobiliyatining kuchsizligi boshqaruv imkoniyati mavjud emasligini bildiradi. Har qanday vaziyat va holatdan muvaffaqiyatli chiqib olish ishbilarmonlikni taqozo etadi.
Rahbar kadrlar nuqsonlarini bartaraf etish uchun turlicha treninglardan foydalanish yuqori samaralar beradi.
1. Muomalaning umumiy qonuniyatlariga oid treninglar:
- umumbashariy odob mohiyati va unga rioya qilish yo’llariga taalluqli treninglar (milliylik ma`naviyat, stereotiplar, identifikatsiya, refleksiya bo’yicha), muayyan rollar, psixodramalar orqali vaziyatni psixologik manzarasini yaratish o’yinlar,
- ishbilarmonlik o’yinlari, favquloddagi holatlarda o’zini o’zi boshqarishga doir
mashqdir.
2. Kommunikatsiya texnologiyasi va instruktsiyasini egallashga oid treninglar:
-muomala ko’nikmasini o’zlashtirish bo’yicha (qaddi-qomat tutish; nutq faoliyati, o’zgalarni tushunish va anglash),
- mimika na pantomimika mashqlari,
audiotrening (magnitofon tasmasi yozuviga asoslanib o’z nuqsonlari bo’yicha korrektsion - tuzatish ishlari o’tkazish),
- «magnitofon orqali faktik materiallar bo’yicha tuzatish mashqlarini bajarish,
- ko’zgu yordamida xatti-harakat, yurish-turish ko’nikmalarini egallash va shaxsiy nuqsonlarini bartaraf etish, yo’qotish.
- motivatsion, emotsional, regulyativ, kognitiv jabhalarining namoyon bo’lishiga qarab muomala texnologiyasi va instruktsiyasiga muvofiq ravishda o’zgartirish.
- “rahbarlik vaziyatiga” holatiga oid stsenariylar negizida tuzatish ishlarini olib borish va yangi fazilatlarni shakllantirish mashqlarini o’tkazish kabilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |