Bugungi kunda dunyoda o‘simliklar yordamida davolashga bo‘lgan talabning ortishi bejizga emas, chunki o‘simlik xom ashyosidan olingan biologik faol moddalar sintetik dori vositalariga nisbatan bir qator afzalliklarga ega. O‘simlik xom ashyolari tarkibida organizmni me’yorda ishlashi uchun zarur bo‘lgan tabiiy moddalar saqlaydi. Shuning uchun yangi biologik faol moddalarni ishlab chiqarishni amaliyotga tadbiq qilish va tayyor mahsulotning sifati va biologik samaradorligini yaxshilash maqsadida mavjud texnologiyalarni ilmiy jixatdan yondoshgan holda takomillashtirish, farmatsevtika sanoatining muhim vazifalaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasi hududlarida o‘suvchi fiziologik faol moddalar saqlovchi o’simlik turlarining kimyoviy tarkibini tahlil qilish, bu o‘simliklardan kumarinlarni ajratib olish, kimyoviy tuzilishi va farmakologik faolliklarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Hozirgi paytda O’zbekistonda dori vositalariga bo’lgan ehtiyoj kundan kunga ortib bormoqda va shunga mos ravishda ularning narxlari ham oshib bormoqda. Shu nuqtayi nazardan arzon va sifatli dori vositalarini fiziologik faol moddalar saqlovchi (kumarin) o’simliklarni va ularning tabiiy manbalarini aniqlash, ularni tibbiyotga va oziq ovqat sanoatiga tavsiya etish bugungi kunning dolzarb muammolaridan hisoblanadi.
Kumarinlar tabiiy birikmalar bo`lib, sis-ortooksidolchin kislotaning laktonlari hisoblanadi va asosida bеnzo - γ - piron yotadi. Tabiatda bu birikmalar erkin holda uchramaydi u darhol ichki efiri - kumaringa aylanadi.
Kumarin birinchi bo'lib 1820 yilda Fogel tomonidan Dipteryx odorata Willd o`simligidan ajratib olingan. Kumarin unumlari asosan selderdoshlar, rutadoshlar, dukkakdoshlar, tutdoshlar oilasiga mansub o`simliklarda keng tarqalgan. Ular o`simliklarni hamma organlari to`qimalarining hujayra shirasida erigan holda uchraydi. Ildiz, po`tloq, meva, barg va poyada kamroq to`planadi. Kumarinlar o`simlik to`qimalarida ma`lumotlarga qaraganda fenilalanil va tirozinlardan fermentlar ishtirokida osonlikcha fenil karbon kislotalariga aylanadilar va ulardan kumarinlar sintez bo`ladi. Kumarinlar o`simliklarda ingibitor (o`sishdan to`htatuvchi), stimulyator (o`stiruvchi) vazifalarini bajaradilar. O`simliklardan ajratib olingan kumarinlar rangsiz yoki och sariq rangli kristall moddalar bo`lib, organik erituvchilarda yaxshi eriydi, suvda yomon eriydi, spirtda osonroq eriydi. Glikozidlari esa issiq suvda va spirtda yaxshi eriydi, organik erituvchilarda erimaydi. Kumarinlar 100ºC gacha qizdirilganda, sublimatsiyalanib, ninasimon kristallar hosil qiladi. UB va ko’k - binafsha nurlar ta’sirida flavonoidlar turli rang bilan tovlanadi. Ular lakton bo`lgani uchun kuchli ishqorlar bilan reaksiyaga kirishib kumarinatlar hosil qiladilar va kislota ta'sirida ya'na o`z holiga qaytadi.
O’simliklar takibidagi kumarinlarni tadqiq qilish maqsadida Melilotus (Qashqarbeda) o’simligi obyekt sifatida tanlab olindi.
Qashqarbeda yer ustki qismi besh marotaba 85% etil spirti bilan ekstraktsiya qilinadi. Spirtli ekstrakt quyultirilib distillangan suv bilan 1:1 nisbatda aralashtiriladi. Bu o’simlikning ildiz qismi ishlanganligi uchun suvli-spirtli ekstraktni petroley efiri yoki ekstraktsion benzinda keyin suvli ekstraktni xloroform bilan 6 marta chayqatilib, ajratish voronkasida ajratiladi. Xloroformli ekstraktdan xloroform haydab olinadi. Bunda xloroformli kontsentrat qoladi. Bu jarayonni etilasetat bilan ham amalga oshiriladi. Suvli ekstrakt etilasetatda 8 marta chayqatilib, ajratish voronkasida ajratib olinadi va tarkibidagi etilasetat haydalib, etilasetatli konsentrat olinadi. Olingan konsentratlar yupqa qatlamli xromatogramma plastinkasida xromatografiya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |