6-sinf .Geografiya.Test savollari. 1-вариант 1.Gidrosferadagi suvning qanchasi chuchuk suv?
A.5%. B.4%. C.2,5%. D.6%.
2.SHimoliy yarim sharda eng sovuq harorat necha gradus?
A.-50 gradus. B-60 gradus . C.-71 gradus. D.-45gradus.
3.SHimoliy yarim sharda eng sovuq harorat qayerda kuzatilgan?
A.SHimoliy muz okeanida.B.Alyaskada.C.KamchatkadaD.Oymiyakonda
4.Alp tog`ida qor chizig`i necha metrdan boshlanadi?
A.2500m dan.B.3000m dan.C.3500m danD.1800m dan
5.Nunutaklar deb nima aytiladi
A.Antarktida hayvonlari.B.Antarktidadagi muzdan chiqib turgan tog’ Cho’qqilari
C.Avstraliya hayvonlari.D.To`g`ri javob yo`q.
6.Dunyo okeanini tadqiq etish va foydalanish hamda muhofaza qilish maqsadida YUNESKO qoshida qanday tashkilot tuzilgan?
A) Davlatlararo okeanografik komissiya B) Xalqaro dengiz komiteti
S) Davlatlararo dengiz komissiyasi D)Dunyo okeani komissiyasi
7.Tabiatda vaqt o’tishi bilan bir xil hodisalarning takrorlanib turishi nima deyiladi ?
A) ritmiklik B) zonallik S) yillik D) sutkalik
8. “Astenosfera” so’zi qanday ma’noni bildiradi ?
A) kuchli B) harakatchan S) ko’tarilma D) kuchsiz
9. Havo bosimi bir xil bo`lgan nuqtalarni tutashtiruvchi chiziqqa nima deyiladi?
A) Izoterma B) Izobara S) Izochiziqlar D) tabiiy xarita
10. O`zbekistondagi Bo`kantog`, Tomditog` qanday tog`lar sirasiga kiradi?
A) past tog`lar B) baland tog`lar S) o`rtacha tog`lar D)qirlar
11. 200 metrdan 3000metr chuqurlikkacha bo`lgan joylar qanday nomlanadi?
A) okean tagi B) materik sayozligi S) materik yonbag`ri D) shelf
12. Yerni sharsimon,yumaloq bo`lsa kerak degan tasavvur qachon paydo bo`lgan
A) 3000 yil B) 2400 yil S) 2600 yil D) 2000 yil
13. Kuchli yеr qimirlаsh vа vulqon оtilishidаn оkеаndа vujudgа kеlgаn to`lqin nоmini bеlgilаng.
А) аysbеrg B) sunаmi S) Gоlfstrim D) sаmum
14. Daryo suvida qaysi tuzlar eng ko’p?
A) osh tuzi B) kalsiy tuzlari S) kaliy tuzlari D) magniy tuzlari
15.Gileya va Selva o’rmonlari qaysi iqlim mintaqasida joylashgan?
A) Tropik B) Subtropik S) Mo’tadil D) Ekvatorial
16.Eng baland to’lqin qaysi okeanda qayd qilingan?
A) Hind B) Atlantika S) Tinch D) Shimoliy Muz
17.Yer po’stining o’ta mustahkam qismlari nima deb ataladi?
A) platformalar B) okeanlar S) geosinklinal mintaqalar D) relef
18.Avstraliyaning qaysi qismida passatlar hukmron?
A) janubi-garbida B) janubi-sharqida S) shimoli-sharqida D) shimolida
19.Havodan yer yuzasiga suyuq yoki qattiq holatda tushadigan suvlarga nima deyiladi?_______________
20.Hozirgi keksa tog’lar qaysi erada paydo bo’lgan?___________________________________________
21.Quyosh tizimi va Yer Koinotdagi harakatlanayotgan changsimon zarrachalarning birikishidan hosil bo’lgan degan g’oya qaysi olimlar tomonidan aytilgan?________________________________________
22.Xalmaxer, Maluk, Seram dengizlari qaysi okeanda joylashgan?________________________________
23.Murmansk porti qaysi oqim tufayli qishda muzlamaydi?_____________________________________
24.Lomonosov suv osti tizmasi qaysi okeanda joylashgan?______________________________________
25.Afrikadagi mashhur mis mintaqasi qayerdajoylashgan?______________________________________