Menejment nazariyasi


-bob.  MENEJMENTGA  SISTEMALI-VAZIYATLI



Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/238
Sana26.06.2021
Hajmi5,58 Mb.
#102139
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   238
Bog'liq
menejment nazariyasi

3-bob.  MENEJMENTGA  SISTEMALI-VAZIYATLI 
YONDASHUV
3.1.  Tizim lar  to‘g‘risida  tushuncha  va  ularn in g   tasnifi
3.2.  0 ‘zb e k isto n   R e s p u b lik a s i  iq tis o d iy o ti  y a x lit 
ijtim o iy   iqtisodiy  tizim   sifatida
3.3.  M enejm entda  tizim li  yondashuv
3.4.  M enejm entda  vaziyat  yondashuvi
3.1.  T izim lar  to‘g‘risida  tushuncha  va  ularn in g   tasnifi
Moddiy  dunyo  juda  ko'p  tizimdan  tashkil  topgan.  Tizim  so‘zi 
yunoncha  bo'lib,  qonuniy  jihatdan  bir-biriga  bog'langan  ko'plab 
unsurlarning  m a’lum  bir  yaxlitligini  ifodalaydi.  Unsurlar  -  mu- 
rakkab  yaxlit  narsaning  tarkibiy  qismidir.
Tizim  nuqtai  nazaridan  qaraganda  ishlab  chiqarish  axborot 
aloqalari  bilan  birlashsa,  kibernetika  tizimini  tashkil  etadi.  Tizim 
unga  kiruvchi  va  narsalarda  ifodalanuvchi  moddalar  sifati  va  holati 
bilan  xarakterlanadi,  boshqa  tizimlar  bilan  o'zaro  ta’sir  natijasida 
mavjud  bo'ladi,  ya’ni  doimo  harakatchan,  o'zgaruvchan  xususiyat- 
ga  egadir.
Harakat  -  bu  materiyaning  mavjud  bo'lish  usulidir.  Dunyoda 
harakasiz  materiya  va  materiyasiz  harakat  mavjud  emas.  Harakat 
faoliyat,  energiyani  ifodalaydi.
Bizni  o'rab  turgan  tabiat  ma'lum  tizimni  yoki  birikmani,  jism- 
lar  bog'liqligini  tashkil  etadi.  Bu  yerda  jism  deganda  barcha  mod­
diy  haqiqat,  yulduzlardan  tortib  atomlar,  efir  zarrachalarigacha  tushu- 
niladi.
Demak,  tizim  -  bu  jismlarning  tabiatini  belgilovchi  tarkibiy 
unsurlardan  tashkil  topgan  birikmasidan  iborat.
Bog'liqlik  -  obyektiv  dunyoning  eng  muhim  xususiyatlaridan 
biridir.  Bog'liqlik  mavjudlik  tufayli  dunyo  hodisalarining  betartib 
yig'indisi  emas,  balki  qonuniy  harakat  jarayonidan  iboratdir.
Tizimlar turli shakllarga ega bo'ladi. Turli-tuman bo'lishiga qaramay, 
ularni  shartli  ravishda  quyidagi  turlarga  ajratish  mumkin:  texnikaviy, 
texnologik,  biologik,  tashkiliy,  iqtisodiy  va  ijtimoiy  tizimlar.


Tizimning  har  bir  turi  o'zining  aniq  vazifalariga  ega:
-  texnikaviy  tizim ,  uskunalar  m a jm u in in g   o'zaro  b og'liq 
yig'indisidan  iborat  (bu  korxonaning  ishlab  chiqarish  quvvatlaridir);
-  texnologik  tizim  qonun-qoida,  me’yor,  standartlar  yig'indisi, 
marketing  xizmatidan  iborat;
-  tashkiliy  tizim  ishlab  chiqarish  jarayonini  amalga  oshirish, 
mehnat  resurslaridan  maqbul  ravishda  foydalanish,  menejment 
tashkiliy  tizimlarini  yaratish  uchun  imkon  beradi.
Texnikaviy,  texnologik va tashkiliy tizimlar birgalikda  iqtisodiyot- 
ni  boshqarishning  tashkiliy-texnikaviy  jihatlarini  ta’minlaydi:
-  milliy  xo'jalikning  iqtisodiy  tizimi  ham  ishlab  chiqarish,  ham 
ayirboshlashda  yuz  beruvchi  barcha  xo'jalik,  moliyaviy,  tashkiliy 
jarayonlar  birligini  ifodalaydi.  Iqtisodiy  tizim  menejment  tizimini 
qayta  qurishda  uzluksiz  va  maqsadli  jarayonni  aks  ettirib,  barcha 
boshqa  tizimlar  faoliyati  samaradorligiga  katta  ta’sir  ko'rsatadi. 
Shu  bilan  birga,  boshqa  tizimlar  ham  iqtisodiy  tizimga  o'z  ta’sirini 
o'tkazishi  mumkin  (masalan,  ijtimoiy  tizim);
-  ijtimoiy  tizim  iqtisodiy  tizim  bilan  birga  iqtisodiyot  maqsad- 
larini  belgilaydi,  menejmentning  tamoyil  va  uslublarini  shakllanti- 
radi,  ya’ni  iqtisodiyotni  boshqarishning  ijtimoiy-iqtisodiy  jihatlarini 
ifodalaydi.  Hozirgi  davrda  iqtisodiyotda  ijtimoiy  o'zgarishlar  amal­
ga  oshishi,  menejmentda  demokratiyaning  asoslari  kengayishi, 
hamkorlikning  yangi  shakllari  yaratilishi,  bozor  munosabatlariga 
o'tilishi,  butun  milliy  xo'jalik  tarkibi  qayta  qurilishi  bilan  bog'liq 
ravishda  ijtimoiy  tizimning  ahamiyati  ortib  bormoqda.
Inson  eng  muhim  va  faol  unsur  bo'lgan  ijtimoiy-iqtisodiy  tizim 
asosini  ijtimoiy,  jamoa,  shaxsiy  manfaatlar;  siyosiy,  iqtisodiy,  ijti­
moiy,  huquqiy,  mehnat  manfaatlari  tashkil  etadi.
Agar  korxonani  yaxlit  tizim  sifatida  tahlil  etsak,  u  kichik  tizim­
lar  va  unsurlar  yig'indisidan  iboratligini  ko'ramiz.


Demak,  boshqariladigan  tizim  bir  vaqtning  o'zida  boshqaruv- 
chi  tizim  ham  bo'lishi  mumkin.
M enejm entchi  tizim ga  korxona,  konsernlarning  boshqaruv 
jarayonini,  ya’ni  kishilar jamoasida  ochiq  maqsadga  qaratilgan  ta’sir 
etish jarayonini ta’minlovchi unsur va kichik tizimlari kiradi. Boshqa­
riladigan  tizimga  korxona,  konsernlarning  bevosita  moddiy  boy- 
liklar  yaratish  va  xizmat  ko'rsatish  jarayonini  ta’minlovchi  unsur 
va  kichik  tizimlari  kiradi.
Moddiy  tizim  sifatida  o'rganiladigan  ishlab  chiqarish  ishlab 
chiqarish  vositalari,  shuningdek,  mehnat  predmetlarini  tayyor  mah- 
sulotga  aylantiruvchi  ishlab  chiqarish  jarayonlari  yig'indisidan  ibo­
rat.
Iqtisodiyotni  boshqarish  menejment  obyekti  va  subyektidan 
iborat  yaxlit  tizimni  ifodalaydi.
Subyekt  menejment  maqsadlarini  aniqlaydi  va  menejment 
obyektiga  bir  maqsadga  yo'naltirilgan  ta’sir  qiladi,  shuningdek, 
o'zaro  ta ’sir  natijalariga  baho  beradi  (boshqaruvchi  ta’sir).  Obyekt 
o'ziga  o'tkazilgan  boshqaruvchi  ta’sirni  qabul  qiladi  va  menejment 
subyektiga  natijalar  haqida  axborot  beradi  (aks  ta’sir).
Iqtisodiyotni  boshqarishda  menejment  obyektlari  -  bevosita 
ishlab  chiqarish  jamoalari  va  alohida  ishlovchilardir.  Ular  mehnat 
faoliyati  natijasida  ishlab  chiqarish  moddiy  unsurlari,  mehnat  qurol- 
lari  va  predmetlariga  ta’sir  etadi.



Download 5,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish