Menejment nazariyasi


  0 ‘zbekiston  iqtisodiyoti  yaxlit  ijtim o iy   iqtisodiy



Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/238
Sana26.06.2021
Hajmi5,58 Mb.
#102139
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   238
Bog'liq
menejment nazariyasi

3.2. 
0 ‘zbekiston  iqtisodiyoti  yaxlit  ijtim o iy   iqtisodiy 
tizim   sifatida
O'zbekiston  Respublikasi  milliy  xo'jaligi,  korxonalar,  birlash- 
malar,  tashkilot,  tarmoqlar  va  mintaqalar  murakkab,  o'zgaruvchan, 
yaxlit  ijtimoiy-iqtisodiy  tizim  bo'lib,  uning  har  bir  bo‘g‘ini  ijtimoiy 
ishlab  chiqarish  va  takror  ishlab  chiqarish,  taqsimot  va  iste’molning 
turli  jarayonlarini  amalga  oshiradi,  bir-biri  bilan  uzviy  bog'liq  va  bir- 
birini  to'ldiradi.  O'zbekiston  Respublikasi  milliy  xo'jaligi  iqtisodiy 
tizimdir,  chunki  mehnat  va  moddiy  resurslar  qo'shilishi  natijasida 
moddiy  boyliklar,  shu  jumladan,  milliy  daromad  yaratiladi,  shuning- 
dek, jamiyat ishlab chiqarish  kuchlarining kengaytirilgan takror ishlab 
chiqarilishi  jarayoni  yuz  beradi.  Shu  bilan  birga,  respublika  milliy 
xo'jaligi  ijtimoiy tizim  hamdir,  chunki  davlat  kishilar  tomonidan  yara- 
tilgan  tashkilotdir.  Mehnat  jarayonida  kishilar  o'zaro  ijtimoiy  muno- 
sabatda  bir-birlari  bilan  o'zaro  ta’sirda  bo'ladilar,  o‘z  faoliyatlari  nati- 
jalarini  ayirboshlaydilar.  Demak,  ijtimoiy  munosabatlar  subyektlari 
kishilardan,  obyektlari  esa  ularning  turli  sohalardagi  turli-tuman 
faoliyatlaridan  (ishlab  chiqarish,  fan,  madaniyat,  sanat  va  h.k.)  iborat.
O'zbekiston  Respublikasi  milliy  xo'jaligi  boshqaruv  tizim i 
iqtisodiy,  siyosiy,  g'oyaviy,  axloqiy,  ruxiy  va  boshqa  munosabat­
lar  yig'indisidan  iboratdir.  Ularning  orasida  eng  muhimi  iqtisodiy 
munosabatlardir.
Iqtisodiy  ishlab  chiqarish  munosabatlari  -  bu  barcha  ustqur- 
ma  munosabatlar  asosida  turuvchi  va  o‘z  salmog'i  jihatidan  muno­
sabatlar  tizimida  yetakchi  bo'lgan  asosiy  munosabatlardir.  Shu  sa- 
babli,  respublika  iqtisodiyotini  qayta  qurishning  mohiyati  ma’muriy 
munosabatlar  ustunligidan  iqtisodiy  munosabatlarga  menejment­
ning  barcha  darajalarida  manfaatlarni  boshqarish  va  kishilar  man- 
faatlari  vositasida  boshqaruvga  o'tishdan  iborat.  Lekin  mehnat  ja- 
moalari  faqat  iqtisodiy  emas,  balki  ijtimoiy-siyosiy,  mafkuraviy, 
huquqiy vazifalarni  ham bajaradilar.  Demak,  milliy xo'jalik boshqaruvi 
obyekt  sifatida  murakkab,  o'zgaruvchan  ijtimoiy-iqtisodiy  tizim- 
dan  iborat  ekan.
Tarkibiy jihatdan  respublika  milliy xo'jaligi  turli  xil ishlab  chiqa­
rish  unsurlaridan  (ish  joyi,  sex,  korxona,  konsern,  tarmoq  va  h.k.)


iborat.  Iqtisodiyotning  asosiy  bo‘g‘ini  -  korxonadir.  Korxona  (fir- 
ma)  o'z  ish  natijalari  bo'yicha  to'liq  javobgardir.  Korxona  daro- 
m adlari  butun  m ehnat  jam oasi  m ehnati  natijasi  bilan  uzviy 
bog'liqdir.
Iqtisodiyotni  boshqarish  tizimi  ikki  kichik  tizimdan  -  axborot 
oqimlari  bilan  bir  tizimga  bog'langan  ishlab  chiqarish  jamoasi  va 
boshqaruvchilar  jamoasidan  iborat  menejment  obyekti  va  subyek- 
tidan  tashkil  topgan.  To‘g‘ri  aloqa  yo'llari  bo'yicha  yuqoridan  past- 
ga  -  boshqaruv  buyruqlari,  aks  ta ’sir  yo'llari  bo'yicha  pastdan 
yuqoriga  -  qarorlar  bajarilishi  haqida  axborot  yuboriladi.
Korxona  (firma)  sex,  bo'linma,  xizmat  kabi  unsurlarning o'zaro 
bog'lanmagan,  tasodifiy  birikmasi  emas.  U  o'zi  tashkil  topgan 
unsurlarning  korxona  tashkil  etilishida  ko'zda  tutilgan  maqsadga 
erishish  uchun  o'ziga  xos  birikishidan  iborat.  Korxona  (firma) 
yirikroq  ijtimoiy  iqtisodiy  tizim  -  tarmoq  tarkibiga  kiradi  va  uning 
unsuridan  iborat  bo'ladi,  tarmoq  esa  o'z  navbatida  yaxlit  tizim  - 
milliy  xo'jalikning  tarkibiy  qismidir  (sxemaga  qarang).
Shunday  qilib,  O'zbekiston  milliy  xo'jaligi  yaxlit  yirik  tizim 
b o 'lib ,  barcha  tarm o q la rn i  x o 'ja lik   y u ritis h n in g   m urakkab 
mexanizmiga  biriktiradi.

Download 5,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish