Menejment nazariyasi


-bob. MENEJMENT T IZ IM ID A M ENEJERLAR



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/168
Sana14.07.2022
Hajmi5,22 Mb.
#795289
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   168
Bog'liq
MENEJMENT NAZARIYASI a3bb8 [Unlocked by www.freemypdf.com]

8-bob. MENEJMENT T IZ IM ID A M ENEJERLAR 
FAOLIYATINI TASHKIL ETISH
8.1. Menejer m ehnatini tashkil etish mexanizmi
8.2. Boshqaruv apparati m ehnatini m aqbullashtirish
8.3. M ehnat unum dorligi
8.1. Menejer m ehnatini tashkil etish mexanizmi
Menejer mehnatini tashkil etishda boshqaruv apparatidagi har 
bir ijrochining ishi cheklangan va nisbatan bir turda bo'lishiga 
erishish talab qilinadi. Bu mehnat unumdorligi ortishi, ish sifati yax- 
shilanishi va har bir ijrochi tajribasi ortib borishiga imkon yaratadi. 
Ixtisoslashuv m ajburiyatlar doirasini shunday belgilashi lozim-ki, 
bunda har bir ishlovchi masalasi imkoni boricha to‘liq ishga solinsin.
M e h n a tn i kooperatsiya qilish boshqaruv tashki lot lari bilan 
boshqaruv apparati turli b o 'lin m alari xodim lari o ‘rtasida aloqa 
o'rnatilishini ko'zda tutadi. M enejment jarayonida ham, shu korxona- 
da ham undan tashqaridagi alohida xodimlar, xizm at va bo'linm alar 
faoliyati birlashtiriladi.
Menejerlar m ehnatini taqsimlash va kooperatsiya qilish yo'llari 
tarkibiy bo‘linm alar haqida qoidalar va boshqaruv apparati xodim ­
lari lavozim yo'riqnom asi bilan belgilangan bo'ladi. «Korxonalar 
to‘g ‘risida»gi Q onun asosida korxona va uning bo‘linmalarida har 
bir rahbar, mutaxassis va texnikaviy ijrochi uchun lavozim yo'riq- 
nomalari ishlanadi. Lavozim yo'riqnomalari, huquq va majburiyat- 
lari yakka boshchilik tam oyili asosida m ansabdor shax slarning 
bo'ysunishi, topshirilgan vazifa uchun javobgarligi belgilanadi.
Lavozim yo'riqnomalari va qoidalar davriy ravishda qayta qurilib, 
ishlab chiqarish, m ehnat va boshqaruv jarayonlari takom illashib 
borganligini hisobga olgan holda tuzatilib, to'ldirilib borilishi kerak.
8.2. Boshqaruv apparati m ehnatini m aqbullashtirish
Boshqaruv apparati m ehnatini m aqbullashtirishga yagona yon- 
dashuvni ta ’minlash maqsadida ta’rif-malaka m a ’lum otnom asi ham


qo‘llanilib, ularda xodim lar bajarishi lozim bo'lgan ishlar hajm i 
murakkabligi, rahbarlik lavozimi, turli boshqaruvchilik vazifalarini 
bajaruvchilar uchun talab etiladigan daraja hamda ish staji ko'rsatiladi.
M enejm ent ishi texnologiyasida ish vaqtining katta qismi (7 7 % ) 
hujjatlar bilan ishlashga sarflanadi. Shu sababli hujjatlar almashinu- 
vini doimo takomillashtirib borish lozim.
Menejer mehnatiga, shuningdek, korxona va tashkilotda axborot 
oqimlari yo'nalishi va hujjatlar aylanish texnologiyasi m aqbulligi 
ham katta ta ’sir ko'rsatadi. Bu yerda hujjatlar o'tadigan bosqichlar 
sonini ularni birlashtirish natijasida qisqartirish katta samara berib, 
natijada asoslanmagan muvofiqlashtiruv bartaraf etiladi. Agar mu- 
vofiqlashtirish m u h im bo‘lsa, hujjatlar o'tish bosqichlari o'rnini 
almashtirish ham yaxshi natija beradi.
Hujjatlar almashinuviga ketadigan vaqtni qisqartirish maqsadi- 
da o'tish texnologiyasi, axborot uzatilishining maqbul yo‘llari belgi- 
lanadi. Rahbar faqat boshqalarga topshirish m um kin bo‘lm agan 
hujjatlarga imzo chekadi. X atlar tayyorlash bilan bog'liq ish vaqti- 
ni tejashda maxsus nam unali m atnlar, standart varaqlardan foy- 
dalanish katta aham iyatga ega. Korxona va tashkilotlar o'rtasida 
yozishmalarda kelgan hujjatni javobi bilan qaytarish keng qo'llaniladi.
H ujjatlarni birxillashtirish va standartlash menejer m ehnatini 
tashkil etishning m uhim yo'nalishidir. Standart varaqlarni qo‘llash 
xatolar kamayishiga va natijada 
boshqaruv xarajatlari qisqarishi- 
ga olib keladi.
Axborot hajm i m untazam ortib borayotgan sharoitda menejer 
mehnatini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, ayniqsa, muhim- 
dir. M utaxassislar fikriga ko‘ra, boshqaruv apparatida tashkiliy va 
hisoblash mashinasi, aloqa vositalari yordamida 7 % ishni mexani­
zatsiyalash m um kin ekan. Menejer mehnatini takomillashtirishning 
m uhim yo'nalishi ish joyini maqbul tashkil etish va eng avvalo, 
m ehnat x ususiyatlarini, b o 'lin m a la rn in g o'zaro aloqasini ishlar 
muhimligini hisobga olgan holda joylashtirishdir. Ish stollari, uskuna, 
javon, kartotekalar qulay va qo‘l yetadigan qilib joylashtirilishi kerak.
Ish joylari joylashtirilishi va ularni texnika vositalari hamda 
yordamchi uskunalar bilan jihozlashda uzluksiz ishlashni ta'm inlash 
talablari hisobga olinishi kerak. Tajribadan m a ’lum ki. ish joyini


texnologiya, ergonomika, psixofiziologiya, estetika talablariga mu- 
vofiq joylashtirish m ehnat unumdorligini oshirish (5 % va undan 
ko‘pga) im konini beradi.
Boshqaruv apparati mehnati uchun sanitar-gigiena m e ’yorlari, 
temperatura, namlik, yoruqlik me’yorlari, shovqin darajasi, shuningdek, 
mehnat va dam olish tartiblarini hisobga olgan holda sharoit yara- 
tish m uhim aham iyatga ega.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish