Menejment nazariyasi



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/168
Sana14.07.2022
Hajmi5,22 Mb.
#795289
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   168
Bog'liq
MENEJMENT NAZARIYASI a3bb8 [Unlocked by www.freemypdf.com]

Farmoyish 
- xodimlardan ayrim ishlab chiqarish va xo'jalik 
masalalarini hal etishni talab qilishdir. Farmoyish boshliq o‘rinbosarlari, 
xizmatlar boshliqlari tomonidan ular ega bo'lgan vakolatlar doirasida 
beriladi.
M enejm ent amaliyotida qo'llaniladigan ta ’sir qilish usullaridan 
biri -
og'zaki ko'rsatm adir. 
T a’sir etishning bunday shaklini 
barcha darajadagi rahbarlar, lekin ko'pincha quyi darajadagi ko- 
mandirlar, brigada boshliqlari, ustalar qo'llaydilar.
Farmoyish vositasida ta’sir etish bajarish muddatlari bilan farq 
qiladi. Buyruq va farmoyishlar uzoq yoki qisqa m uddatga mo'ljallangan 
bo'ladi.
H ar bir buyruq yoki farm oyishda qanday vazifa bajarilishi, 
qachon bajarilishi kerakligi belgilanadi. T a’sir etishning farmoyish 
usuli tashkiliy ta ’sirga nisbatan uning bajarilishini nazorat qilishni 
ko'proq talab etadi. Ijro etishning borishi nazorat qilingandan so'ng 
yana farmoyish bilan ta ’sir etishga ehtiyoj tug'iladi. Farmoyish 
usulining qo'llanish ko'lam i boshqaruv kadrlari malakasi, tashab- 
buskorligi va qobiliyatiga bog'liqdir.
Korxonani boshqarishda farmoyish bilan ta ’sir etish faqat qonun- 
ga zid bo'lm agan holdagina bajarilishi q at’iy bo'lgan huquqiy kuch- 
ga ega bo'ladi. S h u sababli barcha tizim dagi tashkiliy-farmoyish 
faoliyati mavjud qonunchilikka bo'ysungan holda amalga oshishi lozim.
Intizom iy ta ’sir usullari tashkiliy barqarorlashtiruvchi va far­
moyish vositasida ta ’sir etish usullarini to'ldirib, intizom iy talablar 
va m ajburiyatlar tizim i vositasida tashkiliy aloqalar barqarorligini 
ta ’m inlashga qaratilgandir.
7.3. M enejm entning ijtimoiy-psixologik usullari
M e n e jm e n tnin g ijtimoiy-psixologik usullari - bu ishlab chiqaruv- 
chi va ayrim shaxslarga ularning ijtim oiy ehtiyojlari va psixologik


xususiyatlariga ta ’sir etish bilan boshqarish vositasidir. M e n e j­
m entning ijtimoiy-psixologik usullarini qo'llash korxonada yuz be- 
rayotgan ijtim oiy hodisalarni chuqur o'rganish, xodimlar nerv siste- 
masi kayfiyatiga ta’sir etuvchi psixologik (ruxiy) omillarni bilishni 
talab etadi.
Ishlab chiqarish sharoitida sotsiologiya kishilar ijtim oiy aloqa- 
si shakllanishining asosi bo'lgan m ehnat omillarini o'rganadi, ijti­
moiy tizimlar, shu jum ladan, ishlab chiqarish tizim i rivojlanishi va 
amal qilish qonuniyatlari, kishilarning jam iyatning turli qatlamida- 
gi xulq-atvori qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Ijtim o iy psixologiya 
guruh va om m a psixologiyasining xususiyatlari, ularning shaxs- 
ning ongi va xulqiga ta ’siri, kishilar faoliyatini rag'batlantiruvchi 
omillar, kayfiyat, ijtim oiy fikrni shakllantiruvchi omillarni o'rganadi. 
Shaxs psixologiyasi oliy nerv faoliyati turlari va inson tempera- 
menti, xarakteri, shaxsning irodasi, qobiliyati, hissiyoti, xotirasi, 
anglash va his etish qobiliyatini o'rganadi, m ehnat psixologiyasi 
m ehnat faoliyati, shu jum ladan, rahbar va mutaxassislar (kasbiy 
xususiyat va qobiliyatlari, kadrlarni o'qitish usullari, ish va dam 
olish tartibi, kadrlarni tanlash va baholash usullari, m ehnat jarayo- 
nining psixologik jihatlari) faoliyatini o'rganadi.
K ishilarning fikrlash usulida o'zgarish yuz berishi va ular 
madaniy hamda bilim darajasining ortib borishi bilan ijtimoiy-psixo­
logik usullarning aham iyati ham ortib boradi. Bunday sharoitda 
shaxsning ehtiyoj va m anfaatlari m a ’naviy soha tom on o'zgarib 
boradi. O 'z m ehnatidan qoniqishning m uhim om ili bo'lib ishlab 
chiqaruvchilarning rahbar bilan o'zaro yaxshi m unosabati, ishlab 
chiqarishdagi qulay ijtimoiy-psixologik vaziyat xizm at qiladi.
M enejm entning ijtimoiy-psixologik usullari ishlab chiqarishda 
m avjud ijtim oiy m exanizm ni (o'zaro m unosabat tizim i, ijtim oiy 
ehtiyojlar) qo'llashga asoslanadi. M enejm entning ijtim oiy usullari 
ijtim oiy tartibga solish vositasida amalga oshiriladi.
Ijtimoiy tartibga solish usullari turli guruhlar va shaxslar maqsadi 
va manfaatlarini aniqlash va rostlash yo'li bilan ijtimoiy munosabat- 
larni tartibga solish va uyg'unlashtirish maqsadida qo'llaniladi.
Ular jum lasiga ijtim oiy tashkilotlar nizom lari, shartnom alar, 
o'zaro m ajburiyatlar, ishchilam i tanlash, taqsim lash va ijtim oiy


ehtiyojlarni qondirish tizim i kiradi. Ijtim oiy tartibga solish usullari 
inson om ili faolligini oshirish, boshqaruvni dem okratlashtirish 
maqsadida ham qo'llaniladi.
M enejm entning psixologik usullari jamoada maqbul psixologik 
holat tashkil etish yo‘li bilan kishilar o'rtasidagi m unosabatlarni 
tartibga solishga qaratilgandir. Psixologik usullarga kichik guruh 
va jam oalarni tashkil etish, m ehnatni insoniylashtirish, m alakali 
kadrlar tanlash, ularni o'qitish va h.k.lar kiradi.
Kichik guruh va jamoalarni tashkil etish usulini qo'llash kichik 
guruhdagi ishchilar o'rtasidagi maqbul miqdoriy-sifat nisbatini an- 
iqlash im konini beradi.
M ehnat faoliyatini insoniylashtirish deganda ranglar, m usiqaning 
ruxiy ta’siridan foydalanish, bir xil, o ‘zgarmas m ehnatni bartaraf 
etish, ijodiy yondashuvni kengaytirish tushuniladi.
Kasbiy tanlashning mohiyati - kishilarning ruxiy xususiyatlarini 
ular bajaruvchilariga eng mos bo'ladigan qilib tanlashdan iborat. 
Shaxsning ruxiy xususiyatlari jum lasiga uning qiziqish va mayllari, 
qobiliyati, tem peram ent va xarakteri kiradi. Shu sababli rahbar 
shaxsga rahbarlik qilganda o'z oldiga inson ruxiy xususiyatlari 
shakllanishi va rivojlanishini o'rganish, uning qiziqish va qobiliyati, 
temperament va fe’Iini bilish vazifasini qo‘yishi kerak.
Shaxsning ruxiy xususiyatlarini inson faoliyatida ajratib tush- 
unib bo'lmaydi, chunki kishi qobiliyati va f’eli xususiyatlari uning 
faoliyati hamda xulqida namoyon bo'ladi. Inson hayoti va om m aviy 
faoliyati uning ruxiy holatini shakllantiradi. Insonning qanday hayot 
kechirishi, nim a bilan shug'ullanishini bilm ay u n in g qanday vu­
judga kelganligi, u yoki bu narsaga qobiliyati rivojlanganligi, fe’li 
shakllanganligini anglab bo'lmaydi.
Inson, avvalo, o'zini ijodiy shaxs sifatida baholaydi. Ishchi 
m ehnatga bunday nuqtai nazardan qaramaydi: moddiy ehtiyojlar 
birlamchi bo'lib, ular qoniqqandan so'ng nisbatan yuksak insoniy 
ehtiyojlar ilgari suriladi.
Inson faoliyati m a’lum rag'batlantiruvchi omillarga asoslangan 
bo'lib, m a’lum maqsadga erishishga qaratilgandir. Rag'batlantiruvchi 
om il - m aqsad m un osab ati inson faoliyati o'zagidir. U m u m iy
m a’noda rag'batlantiruvchi omil - bu insonni faoliyat yuritish uchun


undovchi omil bo‘lib, maqsad esa inson uni am alga oshirishi nati- 
jasida erishishni xohlagan narsadir. Rag'batlantiruvchi omil kishi 
xulqining ichki kuchidir. Psixologiyada uzoq va qisqa rag'batlantiruvchi 
omil ajratiladi. Agar inson faoliyatini rag'batlantiruvchi omil va o ’z 
oldiga qo'ygan maqsad yaqin kelajakka m o'ljallangan bo'lsa, u qisqa 
m uddatli, agar ular uzoq istiqbolni qam rab olsa, uzoq m uddatli 
deyiladi. Rag'batlantiruvchi omil darajasi bilan insonning mehnat- 
ga, yutuq va muvaffaqiyasizlikka nisbatan bo'lgan m unosabati uz- 
viy bog'liqdir. Faqat uzoq m uddatli rag'batlantiruvchi omil m ehnatga 
ijodiy m unosabatda bo'Iish manbaidir.
R ahbarga xos bo 'lg an m u h im xususiyat kishilar faoliyatini 
rag'batlantiruvchi omillarni yaxshi bilish, har bir kishini u yoki bu 
vazifani bajarishga qiziqtira olishdir. Bu, ayniqsa, u yoki bu korxo- 
naga ishga kirib, ularni kelajakda nima kutishini bilish lozim bo'lgan 
yoshlar bilan ishlashda muhimdir. Rahbar ishini kim, qachon, qaysi 
skripkani chalishi, qaysi asbobda musiqa chalishini o'rgangan, kim 
noto'g'ri chalishi m um kinligini, kimni qaysi yerga qo'yish kerakligi- 
ni bilishi lozim bo'lgan dirijyor mehnati bilan solishtirish m um kin.
Kishi ruxiy xususiyatlarining u bajaradigan ish talablariga mos 
kelm asligi, o'z kasbidan qoniqm aslik uni o'zgartirishga harakat 
qilishga, xato qilish ehtimoli ortishiga va natijada m ehnat unum- 
dorligi pasayishiga olib keladi. Aksincha, agar inson o'z qobiliyati- 
ni to'liq nam oyon qila oluvchi ish bilan band bo'lsa, u o'z mehnati- 
dan m am n un bo'ladi, kasbni tez egallaydi va m ehnat unum dorligi 
yuqori bo'ladi.
In so n u c h u n faqat m o d d iy ra g 'b a t m u h im deb hisob lash
noto'g'ri. U nga juda ko'p narsa - um um iy ishda o'z xissasi bor- 
ligini his etish, o'zini m ehnat orqali namoyon etish, o'z malakasi 
bilan g'ururlanish, o'rtoqlari hurm atiga sazovor bo'Iish va h.k.lar 
ham m uhim dir. Ko'pchilik kishilar shaxsiy farovonlikka boshqalar 
hisobiga erishilgan shaxsiy m uvaffaqiyat orqali emas, m am lakat 
iq tis o d iy o tig a q o 's h g a n m e h n a ti h isobiga erishish lo z im lig in i 
ta ’kidlaydilar.
Iz lan is h lar m e hn atg a nisbatan m uno sab atg a ta ’sir etuvchi 
rag'batlantiruvchi omillar quyidagi tartibda taqsim lanishini ko'rsatdi: 
mehnat mohiyati, ish haqi, yuqori lavozim ga ega bo'Iish imkoniya-


ti, ishning qiziqarliligi, mehnatni tashkil etish, m a’m uriyatning ish- 
chiga nisbatan munosabati.
Xulosa
M enejm ent usullari - rahbarning ishlab chiqarish korxonalari- 
n ing qo'yilgan maqsad vazifalariga erishishga rahbarlik qilishini 
m uvofiqlashtirish.
M enejm entga quyidagi uslublar xos: iqtisodiy, tashkiliy-far­
moyish (m a’m uriy), ijtimoiy-ruxiy.
Bozor xo'jalik rahbarlaridan o'tkir zehn, ishga ijodiy yonda- 
shish, kezi kelganda korxona faoliyati, ishi uchun tavakkalchilik 
xususiyatlarini talab etadi.
Buyruq - rahbarning o'z qo'l ostidagilariga m a’lum ishni belgi- 
langan vaqtda bajarish talabining yozma yoki og'zaki ko'rinishi.
Ijtimoiy-ruxiy bilimlar asosini bilmagan rahbar odamlarga ta’sir 
eta olmaydi.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish