101
bo’ladi. Faoliyat turlari o’z-o’zidan ro’y bermaydi. Shaxsning
jamiatdagi ijtimoiy
xulqi va o’zini qanday tutishi, egallagan mavqei ham sababsiz, o’z-o’zidan ro’y
bermaydi. Faoliyatni amalga oshrish va shaxs xulq-atvorini tushuntirish uchun
psixologiyada “Motiv” va “Motivatsiya” tushunchalari ishlatiladi.
“Motivatsiya” tushunchasi
“Motiv” tushunchasidan kengroq ma’noga ega.
Motivatsiya-inson xulq-atvori, uning bog’lanishi, yo’nalishi va faolligini
tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu tushuncha u yoki
bu shaxs xulqini, ya’ni “nega”, “nima uchun”, “nima muqaddas” degan savollarga
javob qidirish- motivatsiyani qidirish demakdir.
Shaxsning jamiatda odamlar orasida xulqi va o’zini
tutish sabablarini
o’rganish tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lib, masalani yoritishning ikki jihati
farqlanadi:
Ichki sabablar, ya’ni xatti-harakat egasining subyektiv psixologik
xususiyatlari nazarda tutiladi(
motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, mo’ljallar, istaklar,
qiziqishlar);
Tashqi sabablar - faoliyatning tashqi shart-sharoitlari va boshqa holatlar.
Ya’ni, bular ayni konkrert holatlarning kelib chiqishiga sabab bo’ladigan
tashqi
stimullardir.
Shaxs xulq - atvorini ichki psixologik sabablar tufayli boshqarish odatda
shaxsiy dispozitsiya deb ham ataladi. Ular shaxs tomonidan anglanilishi yoki
anglanmasligi mumkin. Bazan shunday bo’ladiki, shaxs o’zi amalga oshirgan ishi
yoki o’zidagi o’zgarishlarga nisbatan shakllangan munosabatning haqiqiy sababini
o’zi tushunib yetmaydi. “Nega” degan savolga “o’zim ham bilmayman” deb javob
beradi. Bu anglangan dispozitsiyalar yoki ustanovkalar deb ataladi.
Agar shaxs
biror sahaga, kasbga qiziqib, ongli tarzda, uning barcha sir-asrorlarini egallash
uchun
astoydil harakat qilsa, bunda vaziyat boshqacharoq bo’ladi, aniqrog’i
dispozitsiya anglangan ongli hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan motiv kengroq
tushuncha bo’lib, u shaxsdagi u yoki bu faollik usuliga nisbatan turgan moyillik,
hozirlikni tushuntirib beruvchi sababni nazarda tutadi. Mashhur nemis olimi
Kur Levin
motivlar muammosi ayniqsa , shaxsdagi ijtimoiy xulq motivlari
borasida katta, keng qamrovli tadqiqotlar olib borib, shuni aniqladiki, har bir odam
o’ziga xos tarzda u yoki bu vaziyatni idrok qilish va baholashda moyil bo’ladi. Bu
baholar turlicha xarakterga ega.
G’arb psixologiyasida motivatsiyaning ikki xil ko’rinishi va ularning o’ziga
xos belgilari chuqur o’rganilgan. Bular: Ekstrensiv (tashqi shart-sharoitlar va
holatlarga bog’liq bo’lgan holda). Intrensiv (shaxs dispozitsiyalari bilan ehtiyojlar,
ustanovkalar, qiziqishlar, mayllar, istaklar bilan bog’liq bo’lgan
holda paydo
bo’ladigan) motivatsiyalar. Bu yo’nalishdagi munozaralar X.Xekxauzenning
“Motivatsiya
va
faoliyat”
kitobida
o’z
aksini
topgan.
X.Xekxauzen
motivatsiyasining 6 ta tamoyilini yaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: