105
Jahon psixologiya fanining yirik namondalari shaxsning qiziqishini uning
yaxlit ruhiy dunyosi bilan, jarayonlari, irodasi, xarakteri, temperamenti, hisiyoti,
qobilyati bilan umuman olganda inson tuzilishining barcha qirralari bilan bog’liq
tarzda tushuntirishga harakat qiladi.
Psixologiya fanining yirik namoyondalarining ta’limoticha, qiziqish –
odamlarning ehtiyojlari negizida yuzaga keladi, yaqqol ijtimoiy tarixiy shart-
sharoitda, vaziyatda vujudga keladi, shakllanadi barqarorlashib boradi hamda
ularning shaxsiy turkum sharoitida va faoliyatda, ijtimoiy ishlab chiqarishi
qatnashishi singari omillarda gavdalanadi. Umumiy talqinlarga asoslanib mulohaza
bildirilganligi qiziqish alohida jarayon, ma’lum psixologik funksiyasi emas, chunki
u his-tuyg’u, iroda, ong, qolaversa, jamiiki psixik holatlar, hodisalar va ichki
kechinmalar o’zida mujassamlashtirgan, murakkab tizimli ruhiy voqelikdir.
Qiziqishning psixologik mohiyatining dastlabki ko’rinishi - bu uni odamlar
tomonidan anglab yetish yoki tushunish imkoniyatidir. Shaxs qiziqish mahsulini
uning tushunish imkoniyatidir. Shaxs qiziqish mahsulini uning oqibatini anglash,
tasavvur etish orqaligina obyektiv borliqdagi narsa va hodisalarga ongli
munosabatda bo’ladi. Lekin bu voqelik insonda birdaniga sodir bo’lmaydi, balki
muayyan vaqt davomida unda bilish jarayonlari, shaxs fazilatlari, individual-
tipologik xususiyatlar rivojlanishi tufayli yuzaga keladi. Shuni alohida ta’kidlab
o’tish joizki, qiziqishning psixologik mohiyati namoyon bo’lishi aqliy jarayonlar
muhim rol o’ynashi hodisasi qayd qilinishi u faqat intellektda tashkil topadi, degan
ma’noni anglatmaydi.
Xuddi shu boisdan, qiziqishni psixologik mohiyatining ikkinchi ko’rinishi-
uning his-tuyg’ular, emotsional holatlar bilan uyg’unlashgan, mujassamlashgan
tarzda ifodalanishidir. Ma’lum his-tuyg’ular, shuningdek, emotsional holatlar (ton,
kayfiyat, shijoat, ehtiros va boshqalar) shaxsning borliqdagi aniq voqelikka, narsa
va hodisalarga, muayyan faoliyatga nisbatan intilishni, sayi-harakatlarni
kuchaytiradi, jadallashtiradi, safarbarlikni obyektga yo’naltiradi. Inson o’z shaxsiy
qiziqishini qondirgandan keyin unda yoqimli his-tuyg’ular uyg’onadi, ruhiy
qoniqish esa o’z navbatida praksik (lazzatlanish) hisni vujudga keltiradi. Aksincha
narsaga, hodisaga, faoliyatga qiziqish muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlansa, u holda
noxush kechinmalarni yuzaga keltiradi, buning natijasida frustratsiya (ruhi tushish)
uning shaxsiyatini egallaydi. Qiziqishni psixologik mohiyatining uchinchi
ko’rinishi-uning irodaviy sifatlari bilan yoki iroda akti bilan umumlashgan tarzda
vujudga kelishidir.Irodaviy zo’r berish, muayyan qaror bo’yicha intilish, bazi
qiyinchiliklarni yengish, mustaqillilik namoyon qilish qiziqishni qaror toptiradi,
shaxsni maqsad sari yetaklaydi. Qiziqishni psixologik mohiyatining to’rtinchi
ko’rinishi – uni oliy asab faoliyati xususiyatli va temperament tiplari bilan birga
mujassamlashgan holda namoyon bo’lishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: