Меҳнат ва касб таълими


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 4,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/156
Sana26.05.2022
Hajmi4,21 Mb.
#608905
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   156
Bog'liq
Бухоро- 17.05.2019

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
X.T.Ibragimov, U.A.Yo’ldoshov, X.Bobomirzayev “Pedagogik-psixologiya” 
Toshkent-2009 y. 
2.
E.G’oziyev, Mamedov ‘Kasbiy psixologiya”. Toshkent-2014-y. 
3.
J.Hasanboyev, X.To’raqulov ‘Pedagogika”. Toshkent-2011y. 
 


106 
AXBOROT-KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIKNING MEHNAT VA 
KASB TA’LIMI О‘QITUVCHILARINING KASBIY-PEDAGOGIK 
KOMPETENTLIGINI SHAKLLNTIRISHDAGI O’RNI VA MOHIYATI 
Z.G‘.Azimova 
 Kitob “Iqtisodiyot va xizmat kо‘rsatish” kasb-hunar kolleji o’qituvchisi 
Qashqadaryo viloyati
 
Zamonaviy ta’lim mehnat va kasb ta’limi о‘qituvchilarini tayyorlash 
jarayoniga innovatsion yondashuvni taqozo etmoqda. Bugungi kunda о‘qituvchi 
nafaqat bilim berish, balki islohatchilik hamda boshqaruvchilik faoliyatlarini ham 
amalga oshirmoqda. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish esa о‘qituvchining 
kasbiy kompetenti, ya’ni layoqatini yuksak darajada bо‘lishini talab etadi. Zero, 
“Tarbiyachilarning о‘ziga zamonaviy bilim berish, ularning ma’lumotini, 
malakasini oshirish kabi paysalga solib bо‘lmaydigan dolzarb masalaga duch 
kelmoqdamiz. Mening fikrimcha, ta’lim – tarbiya tizimini о‘zgartirishdagi asosiy 
muammo shu erda. О‘qituvchi о‘quvchilarimizga zamonaviy bilim bersin, deb 
talab qilamiz. Ammo, zamonaviy bilim berish uchun, avvalo, murabbiyning о‘zi 
ana shunday bilimga ega bо‘lishi kerak” [1]. 
О‘qituvchining kasbiy kompetentligi tushunchasi keng qamrovli bо‘lib, 
pedagogik faoliyatni
amalga oshirishga nazariy hamda amaliy tayyorlikning 
birligini ifodalaydi, pedagogning kasbiy shakllanganligini tavsiflaydi. Shuningdek, 
u pedagogning faqatgina kasb va kasbiy faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq 
barcha 
ehtiyoj, 
qobiliyat, 
mahorat, 
bilish 
va 
qiziqishlarini 
о‘zida 
mujassamlashtiradi.
Mehnat va kasb ta’limi о‘qituvchilarining pedagogik-kasbiy kompetentligini 
tavsiflashda 
axborot-kommunikativ 
kompetentlik 
shaxsning 
axborot 
madaniyatining tarkibiy qismi sifatida alohida о‘rin tutadi. Axborot-kommunikativ 
kompetentlik – zamonaviy о‘qituvchining axborot texnologiyalari asoslarini bilish, 
kompyuterdan zaruriy texnik vosita sifatida foydalanish, Microsoft Office 
dasturlari va ulardan foydalanish, axborotlarni izlash, saqlash, tarqatish va 
namoyish qilish, tahlil qilish kо‘nikmalari, shuningdek, Internetning asosiy 
imkoniyatlari, elektron pochta va undan foydalanish texnologiyalari, dasturiy 
ta’minotning asosiy turlarini bilish va foydalana olish, fanlardan maxsus 
taqdimotlar va elektron resurslar tayyorlash va qо‘llay olish, ta’lim jarayonida 
amaliy masalalarni yechishda axborot texnologiyalarini qо‘llashga oid bilim, 
kо‘nikma va malakalarni о‘zida ifoda etadi [3].
Mehnat va kasb ta’limi о‘qituvchilarini tayyorlashda о‘qituvchining axborot-
kommunikativ kompetentligi ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishga, 
о‘qituvchilar mehnat faoliyatining о‘zgarishiga, ularning ish metodlarini 
takomillashishiga, pedagogik tizimlarning tarkibiy о‘zgarishiga olib keladi.
Axborot-kommunikativ kompetentlikning uch darajasi mavjud bо‘lib, ularni:
- bazaviy daraja (bu darajada kompyuter savodxonligi uchun zarur bо‘lgan 
tayanch bilim, kо‘nikma va malakalar shakllangan; kasbiy faoliyatni tashkil 
etishda AKT dan minimal foydalanish kо‘nikmalarining mavjudligi); 


107 
- texnologik daraja (AKT о‘zlashtirish va pedagoglik faoliyatiga 
ixtisoslashtirilgan, kasbiy faoliyatni amalga oshirish metodikasi va mazmuni 
talablariga muvofiq ishlab chiqilgan, texnologiya hamda resurslarni joriy qilishga 
tayyorlik );
- pedagogik daraja (kasbiy faoliyat maqsadlariga mos elektron vositalarini 
ishlab chiqish, AKT vositalaridan shaxsning ma’naviy kamolotini ta’minlash 
boyicha vazifalarni hal qilishda foydalanish jhatlari bilan) farqlash mumkin[2].
Ma’lumki, mehnat va kasb ta’limi bо‘yicha mutaxassislik fanlarini о‘qitishda 
laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlariga kо‘p vaqt ajratiladi. Chunki, amaliy 
mashg‘ulotlar nafaqat talabaning nazariy bilimlarini mustahkamlashga, о‘quv 
materialini о‘zlashtirish samarasini oshirishga, balki muayyan sohada amaliy 
kо‘nikmalarni hosil qilishga ham kо‘mak beradi. Laboratoriya jihozlarining yetarli 
darajada emasligi, kо‘pgina laboratoriya va о‘quv xonalarining zamonaviy 
moslama va uskunalar bilan jihozlanmaganligi mashg‘ulotlar samaradorligini 
ta’minlay olmaydi. Bunday holda о‘qitishning an’anaviy usullari bilan birga 
zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish yaxshi samara beradi. Axborot 
kommunikatsiya texnologiya (AKT) lari imkoniyatlari orqali о‘quvchi-talabalarga 
juda kо‘p ma’lumotlarni olish imkoniyatlari mavjud. Ma’ruza, amaliy, seminar 
mashg‘ulotlarini AKT lar yordamida tashkil etishda о‘qituvchi tomonidan fanga 
tegishli har bir mavzu bо‘yicha fan alohida dars ishlanmasi (ssenariyasi) va unga 
asosan rejadagi barcha mavzularga oid bayon etilishi lozim bо‘lgan nazariy, 
amaliy-seminar mashg‘ulotlariga tegishli topshiriqlar tо‘plamini elektron taqdimot 
shakli ishlab chiqilishi lozim. Dars ishlanmalariga taqdimot slaydlar, animatsiyalar 
tayyorlanib, videoproyektorlar orqali talabalarga kо‘rsaish, tushuntirish yanada 
samara beradi. Taqdimotda qо‘shimcha adabiyotlardagi rasmlarni, aniq 
jarayonlarni aks ettiruvchi tasvirlar, tarmoqdagi ma’lumotlardan katta elektron 
ekranda kо‘rsatib tushunchalar berilib, axborot ta’lim resurs portallaridan 
foydalanilsa, talabalarning bilim va malakalari yanada boyitiladi, shuningdek 
darsga bо‘lgan qiziqishlari ortadi. Shuningdek, fan о‘qituvchisi darsga tayyorgarlik 
kо‘rishi jarayonida mavzuni talabalarga AKT vositalaridan qanday va qaysi vaqtda 
foydalana olishligini, texnologik xaritani (о‘qituvchi faoliyatining algoritmi) dars 
ishlanmasida rejalashtirilishi kerak bо‘ladi. Bu vazifalarni bajarish uchun esa 
о‘qituvchida axborot-kommunikativ kompetentlik yuqori darajada shakllangan 
bо‘lishi lozim.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, zamonaviy о‘qituvchi–kelajak 
bunyodkori, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarning tadqiqotchisi, 
foydalanuvchisi va targ‘ibotchisidir. Uning о‘qituvchilik faoliyatidagi kasbiy 
kompetentligi shiddat bilan rivojlanayotgan davr talablariga mos kelsagina, yuksak 
bilimli, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashga zamin yaratiladi.

Download 4,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish