Меҳнат ва касб таълими



Download 4,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/156
Sana26.05.2022
Hajmi4,21 Mb.
#608905
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   156
Bog'liq
Бухоро- 17.05.2019

“Competence”
so’zi 
“to compete”
so’zidan kelib chiqqqan bo’lib,
“musobaqalashmoq”, “raqobatlashmoq”,”bellashmoq” Degan ma’noni bildiradi. 
So’zma so’z tarjima qilinsa “musobaqalashishga layoqatlilik”ma’nosida keladi. 
Kompetensiya 
— mavjud bilim , ko’nikma va malakalarni kundalik 
faoliyatda 
qo’llay 
olish 
qobiliyati. 
O’quvchilarda 
shakllantiriladigan 
kompetensiyalar tayanch va fanga oid bo’lib , ular ham o’z navbatida guruhlarga 
bo’linadi.
Dunyo bo’yicha o’zaro kelishib olingan yagona tayanch kompetensiyalar 
ro’yxati yo’q. Kompetensiyalar, eng avvalo jamiyatning fuqarolarini tayyorlash 
uchun berilgan buyurtma bo’lganligidan, bunday ro’yxat ma’lum davlat yoki 
regiondagi jamiyatning o’zaro kelishilgan nuqtai nazari bilan belgilanadi.
O’zbekiston ta’lim tizimi uchun ishlab chiqilgan tayanch kompetensiyalari 
Kommunikativ kompetensiya . Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi. O’zini – 
o’zi rivojlantirish kompetensiyasi. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi. Milliy 
va umummadaniy kompetensiya. Matematik savodxonlik, fan va texnika 
yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetensiyasi. 
Ta’limning barcha bo’g’inlarida o’qitiladigan fanlari kabi, boshlang’ich 
sinflarda o’qitiladigan mehnat ta’limi darslariga kompetensiyaviy yondashuvli 
darslarni tashkil qilish davr talabidir. 
O’quv rejasiga ko’ra boshlang’ich sinflarga haftada bir soatdan mehnat 
ta’limi darslari ajratilgan. DTS va mehnat ta’limi (texnologiya) fani dasturida 
ko’rsatilgandek, 1-4-sinflarda o’quvchilarga rangli qog’ozlar, plastilin, yumshoq 
materiallar, tabiiy ashyolar bilan ishlab turli turli buyumlar, o’yinchoqlar yasab 
dastlabki konstruktorlik va tikuvchilik qobiliyatlarini rivojlantirish nazarda 
tutilgan. Shuning uchun mehnat ta’limida o’tkaziladigan har bir dars mavzuiy reja 
asosida o’tkazilib, o’quvchilarga DTS talablarida ko’rsatilgan yetarli bilim, malaka 
va ko’nikmalarni bera oladigan darajada o’tkazilishi kerak. Buning uchun 
o’qituvchi 
masalaga 
kompetensiyaviy 
yondashib, 
o’quv 
darsliklari 
va 
qo’llanmalrdan , qo’shimcha adabiyotlar, internet ma’lumotlaridan foydalanib dars 
ishlanmasi tuzishi, darsni o’quvchilarning jismoniy va psixologik holatlarini 
hisobga olgan holda qay tarzda o’tkazishtartibini belgilab olishi zarur.
Quyida 2-sinfda texnologiya fanidan “Qog’ozni qirqish va buklash orqali 
dekorativ gullar yasash ” mavzusida o’tkaziladigan dars ishlanmasi bayon qilingan. 
Sana:
Mavzu: Qog’ozni qirqish va buklash orqali dekorativ gullar yasash. 
Maqsad:
Ta’limiy:Dekorativ gul yasash haqida tushuncha berish va yasashni o’rgatish. 
Tarbiyaviy: Badiiy-estetik didni o'stirish, Tejamkorlikni tarbiyalash. 
Rivojlantiruvchi: O'quvchilarda ijodiy tafakkur, tasavvur va fantaziyasini 
rivojlantirish,
Fanga oid kompetensiya 1: Buyum va mahsulot turlari, ularni tayyorlash va 
ishlov berish usullarini bilish , texnologik xaritalash hamd amalga oshirish 
kompetensiyasini shakllantirish.


97 
Tayanch kompetensiya 2: Axborot bilan ishlash kompetensiyasini 
shakllantirish. 
O’tish usuli: Tushuntirish, suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.
Dars jihozi: Rangli qog’oz, qaychi, yelim, albom varog’i. Rangli qog’ozdan 
yasalgan tayyor ish namunalari.
Darsning borishi: 
I. Darsni tashkil qilish.
1. Salomlashish.
2. Davomatni aniqlash.
3. O’quvchilarni darsga tayyorlash. 
II. O’tgan mavzu: Uy vazifani tekshirish. Oldingi mavzu yuzasidan ishlarni 
tekshirish.Baholsh ,yaxshi bajargan o;quvchilarning ishlarini qolgan o’quvchilarga 
namuna qilib ko’rsatish. 
III. Yangi mavzu bayoni. 
1. O’quvchilar bilan gullar haqida suhbat o’tkaish.
2. Gul so’zini tarmoqlash.Bunda oldindan har bir guruhga alohida ko’rgazma 
sifatida tayyorlab kelingan albom varog’lari tarqatiladi. 
3. O’quvchilarning ishlari izohlanadi va baholanadi. 
4. Gullarni gullash vaqti rangi haqida savol-javob o’tkazish. 
5. Bugungi yasaladigan gul;nilufar guli haqida suhbatlashish. 
6. Yasalgan namuna orqali gul yasash bosqichlarini ko’rsatib berish. 
7. O’quvchilar mustaqil yasaydilar. 
8. Yasash vaqtida o’quvchilar ishi kuzatib boriladi. 
9. Ishlash vaqtida texnika xavfsizligi qoidalari yodga olinadi,va unga amal 
qilinishi nazorat qilinadi. 
10. O’quvchilarning ishlari kuzatib boriladi. 
11. Qiynalayotganlarga yordam berib boriladi.
IV. Darsni mustahkamlash:
1. 
Yasab 
bo’lgan 
o’quvchilar 
ishini 
baholash 
uchun savol-javob o’tkazaman.
2. Gullarni qanday turlarini 
bilasiz? 
3. 
Mehnat 
qurollaridan 
foydalanishda tehnika xavfsizligi 
GUL 


98 
qoidalari haqida savol-javob o’tkazaman. 
V. O’quvchilar ishini baholayman. 
VI. Uyga vazifa: Ishni tugatib kelish.

Download 4,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish