Меҳнат таълими фанидан 5-7 синфлар учун ёғочларга ишлов бериш



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/26
Sana26.02.2022
Hajmi1,17 Mb.
#470583
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
mehnat talimi darslarida yogochlarga ishlov berishda qolda va dastgohlarda bajariladigan ishlarni organish metodikasi

O‘yuvchi dastgoh. 
Yog‘och materialni o‘yish-teshish ishlari iskanalar bilan 
bir qatorda dastgohlar yordamida ham bajariladi. Bu ishlarda o‘yuvchi dastgohlardan 
foydalaniladi. O‘yuvchi dastgoh yordamida yog‘och materiallarni har xil burchak 
ostida o‘yish, teshish, quloq ochish kabi ishlarni bajariladi. 
Rasmda I-1 o‘yuvchi dastgoh ko‘rsatilgan. Uning asosiy qismlari tayanch rama 
1 va unga o‘rnatilgan ikkita vertikal kolonka 2, kolonkalar bo‘ylab suriluvchi elektrik 
dvigatel 3dan iborat. Elektrik dvigatelning valiga o‘rnatilgan etakchi yulduzcha 4 ga 
kesuvchi zanjir 5 kiydiriladi. Kesuvchi zanjir elektr dvigatelning korpusiga 
o‘rnatilgan yo‘naltiruvchi planka 7 yordamida taranglanadi, bolt 6 bilan qaytariladi. 
Yo‘naltiruvchi plankani vertikal yo‘nalishda siljitish mumkin. 
Ish vaqtida kesuvchi zanjir elektrodvigatel bilan birgalikda pastga tushiriladi. 
Buning natijasida o‘yish, teshish ishlari bajariladi. Ma’lum chuqurlikdagi uya o‘yish 
uchun kolonkalardan biriga o‘rnatilgan cheklagich halqa 8 dan foydalaniladi.
I-1 markali o‘yuvchi qo‘l stanogi: 
1-tayanch rama; 2-kolonka; 3-elektrik dvigatel korpusi; 4-etakchi yulduzcha; 5-o‘yuvchi zanjir; 
6-zanjirli taranglab tortuvchi bolt; 7-yo‘naltiruvchi planka; 8-cheklagich halqa.


56 
Kesuvchi zanjir o‘zaro sharnirlar yordamida biriktirilgan bir necha ayrim zanjir 
qismlaridan iborat. O‘yuvchi dastgoh komplektida eni har xil bo‘lgan to‘rtta kesuvchi 
zanjir bo‘ladi. Ular yordamida chuqurligi 150 mm gacha bo‘lgan 8X40, 12X40, 
16X40, 20X55 mm kenglikdagi teshiklar ochish va uyalar o‘yish mumkin. 
O‘lchamlari bundan katta bo‘lgan uya va teshiklar ochishda Yog‘och 
kesuvchi zanjirga nisbatan bo‘ylamasiga yoki ko‘ndalangiga suriladi. 
Parmalash stanogi. 
Parmalash stanogi slesarlik ishlarida metall materiallarni 
parmalash uchun mo‘ljallangan, lekin undan yog‘och materiallar parmalashda ham 
foydalanish mumkin. Dastgohda parmalash kolovorot va drel yordamida parmalashga 
qaraganda birmuncha qulay. 
Parmalash stanogi plita 1, kolonka 2 va unga o‘rnatilgan konsol 3 dan iborat. 
Konsol reykali uzatma yordamida kolonka bo‘ylab vertikal yo‘nalishda siljiydi. 
Konsol bilan birgalikda unga o‘rnatilgan elektrodvigatel 4 va shpindel 5 
harakatlanadi. Parmalanadigan yog‘ochning qalin-yupqaligiga qarab konsolni 
Parmalash stanogi: 
1-plita; 2-kolonka; 3-konsol; 4-elektrik dvigatel; 5-shpindel; 6-shpindelni 
suruvchi dasta; 7-boshqarish qutisi; 8-sangali patron; 9-ehtiyot to‘sqichi 


57 
kolonka bo‘ylab plitaga yaqinlashtirish yoki undan uzoqlashtirish mumkin. 
Shpindelga sangali patron 8 o‘rnatilib, unga kerakli diametrdagi silindrik quyruqli 
parmalar qotiriladi. Konussimon quyruqli parmalar bevosita shpindelning o‘ziga 
kiritib qotiriladi. Shpindel konsolga nisbatan dasta 6 yordamida reykali uzatma 
bo‘ylab suriladi. Shpindelga pog‘onali shkiv kiydirilgan. Shkiv elektrodvigateldan 
harakatga keltiriladi, uning yordamida shpindelning aylanish sonini o‘zgartirish 
mumkin. 
Charx. 
O‘quv ustaxonalarida ishlatiladigan ba’zi asboblar ish jarayonida 
o‘tmaslashib qoladi, ularni o‘tkirlash, ishga sozlash maqsadida charxlash ishlari 
bajariladi. 
Har qanday yangi keskich asboblar charxlash yo‘li bilan o‘tkirlanadi. 
Charxlash elektr charxlar yordamida bajariladi. Charxlarga o‘rnatiladigan toshlar 
halqa shaklidagi abraziv materiallardan iborat. Abraziv materiallar qattiqligi yuqori 
bo‘lgan donalardan iborat bo‘lib, ularning maydalangan donachalari o‘tkir qirrali 
bo‘ladi. Bu o‘tkir qirrali donalarni biriktirish natijasida hosil qilingan charxtoshlar 
o‘zidan yumshoq materiallarni charxlaydi, ya’ni yupqa metall qirindi chiqarib 
o‘tkirlaydi. 
Charxtoshlar elektr dvigatel yordamida harakatga keltiriladi. Elektr charxlarda 
toshning aylanish tezligi katta bo‘lib, charxlash vaqtida uchib ketish hollari uchrab 
turadi. Buning oldini olish maqsadida charx toshlari valga planshaybalar yordamida 
puxta o‘rnatiladi. 
Charxtoshni valga o‘rnatganda uning bir tekis aylanishiga e’tibor beriladi. 
Yorilgan yoki darz ketgan va chetlari uchgan toshlardan foydalanilmaydi.
Elektr charxlarda charxlashda shikastlanmaslik uchun ishlayotgan odam 
toshning yon tomonida turib charxlashi lozim. Shuningdek, tosh ishlayotgan odamga 
yoki tig‘ga qarama-qarshi tomonga aylanishi kerak. Aks holda charxlash vaqtida 
uchib chiqqan kukun ko‘zga zarar etkazadi. Bundan qat’i nazar himoya ko‘zoynagi 
taqib ishlash yoki dastgohka o‘rnatilgan himoya oynagini tushirib olish, kukun 
xonadan tashqariga chiqarib yuboriladigan bo‘lishi kerak. 


58 
Elektr charxlarda tirgak bor, ishchi qo‘lini unga tiragan holda tig‘ni toshning 
o‘ng va chap chetlariga surib charxlash ishini bajaradi. Agar tig‘ni surib turmasdan 
bir joyda tutib turilsa, tosh o‘yiladi va charxlash tekis chiqmaydi. Tirgak bilan tosh 
orasidagi 2-3 mm masofa qoldirib o‘rnatilishi kerak. Charxlash jarayonida toshning 
diametri kichiklashib, tirgak bilan tosh orasidagi masofa kattalasha boradi. Shuning 
uchun vaqt-vaqti bilan tirgakni toshga yaqinlashtirib boriladi. 
 
Elektr bcharx: 
1-stanina; 2-qopqoq; 3-ehtiyot oynasi; 4-charx tosh; 5-tirgak; 6-tirgakni qotirish vinti;
7-boshqarish qutisi 


59 
Xulosa 
O‘zbekiston respublikasidagi amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy 
islohotlarning amalga oshirilishida uzluksiz ta’lim tizimida xizmat qilayotgan 
o‘qituvchi, pedagoglarning o‘rni salmoqlidir. Xalq hunarmandchiligi va 
duradgorlikning yirik tarmoqlaridan hisoblangan, o‘ziga xos xususiyatlarga ega 
bo‘lgan, mahalliy hududlarda keng tarqalgan yog‘ochga ishlov berishning rivojlanishi 
ham shu soha bo‘yicha kasbiy jihatdan mukammal tayyorlangan kasb-hunarlar 
egalariga ham uzviy jihatdan bog‘liqdir. Ma’lumki, respublikamiz aholisining asosiy 
qismini tashkil etuvchi yoshlar umumiy o‘rta ta’lim maktablarida turli kasb-
hunarlarga yo‘naltiriladilar, o‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi o‘quv yurtlarida va 
oliygohlarda turli kasb-hunarlar sir-asrorlarini egallaydilar. Xususiy va davlat ishlab-
chiqarish korxonalarida egallangan kasb-hunarlarini rivojlantirib, ishlab-chiqarish 
sharoitlariga moslashadilar. 
O‘quvchi-yoshlarni turli xil hunarmandchilik kasb-hunarlarini egallashga 
tayyorlash ishini amalga oshirishda turli xil milliy, ma’naviy va ta’limiy 
qadriyatlardan samarali foydalanish orqali ta’lim mazmunini boyitish, kengaytirishni 
ham ko‘zda tutiladi. 
Milliy, ma’naviy, moddiy qadriyatlardan foydalanib, kasbiy ta’lim mazmunini 
kengaytirishda quyidagi omillar nazarda tutiladi: birinchidan turli xil fanlarni o‘qitish 
mazmunida, turli mavzular tarkibida berish, ikkinchidan, tegishli sohalar bo‘yicha 
ma’lum bir fanni o‘qitish negizida, shu fanning mavzularini chuqur o‘rganish orqali, 
uchinchidan, belgilangan muammoni maxsus kurs tashkil qilish orqali va b. Masalan, 
yog‘ochga ishlov berish sohasini o‘rganishda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 20 
soatlik o‘quv reja asosida bajarilishi mo‘ljallangan. 
O‘quvchi-yoshlarga duradgorlik hunarini o‘rgatish bar qancha samarali 
natijalarga olib keladi. Masalan, ularning bo‘sh vaqtlarini unumli mehnatga 
sarflashini, mustaqil ravishda ijodkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishini, asosiy ishdan 
tashqari hollarda qo‘shimcha kasbiy ma’lumotlar olishda, bandlik xizmatini 
mukammalashtirishda ham muvaffaqiyatga erishishlarini ta’minlaydi. YOshlarni 
kelajakdagi hayotga, turli xil kasb-hunarlarga , ishlab-chikarishdagi unumli mehnatga 


60 
tayyorlash har bir jamiyat a’zosining muqaddas burchidir. 
Jamiyat taraqiyotida fanning o`rni tabora ortib bormoqda. Yosh avlodni 
hayotga, mehnatga tayyorlash ishlarini mazmuni, usullari hamda shakllari ham 
o`zgarmoqda. Ta`lim mazmuni yaxshilash, o`qitishning turli xil faol usullaridan 
foydalanish zamon talabiga aylanib qoldi.
Ta`lim 
jarayonida 
o`qituvchi 
mehnatining 
natijasi 
ko`p 
jihatdan 
o`quvchilarning faolligiga bog`liqdir. Buning uchun o`qituvchi yangiliklar izlashi, 
tashabbuskorlik va ijodkorlik namunalarini ko`rsatishi kerak. 5 va 6-sinflarda 
yog`ochlarga ishlov berish texnologiyasi asoslari bo`yicha yuqorida keltirilgan 
tushunchalar va usullar mehnat va kasb ta`limi darslarini takomillashtirish, 
o`quvchilarda mehnat ko`nikmalarini shakllantirish va ularni kasb tanlashga yo`llash 
ishlarini faollashtirishda o`qituvchilarimizga qo`l keladi, degan umiddamiz.
Xulosa o`rnida qo`yidagilarni aytish mumkin:
1. Maktab o`quvchilarini mustaqil hayotga tayyorlashda, ularni ishlab 
chiqarishning asosiy bo`g`inlari, sohalari bilan tanishtirishda, turli kasblarni tanlashga 
yo`naltirishda mehnat ta`limi darslarida katta imkoniyatlar mavjud. Shu sababli 
mehnat darslarini tashkiliy-uslubiy, ilmiy-texnikaviy, g`oyaviy-siyosiy tomondan 
puxta o`tkazishga erishib borish har bir mehnat ta`limi o`qituvchisining kasbiy 
burchidir.
2. Mehnat ta`limi darslarida yangi pedagogik texnologiyalaridan foydalanish 
dars samaradorligini oshiruvchi asosiy omillardandir. Bunda dars turlari, tiplariga va 
shakllariga mos keluvchi pedagogik texnologiyalardan foydalanish zarur. Bunday 
pedagogik texnologiyalardan foydalanish esa o`qituvchida bilimli bo`lishdan tashqari 
bir qator tashkilotchilik xislatlariga ham ega bo`lishi va ma`lum tayorgarlik ishlarini 
olib borishini taqozo etadi.
3. Hozir qo`llanilayotgan ta`lim texnologiyalari asosan bilimlarni takrorlash, 
mustahkamlash orqali o`quvchilarning dunyoqarashini kengaytirishga va bilimlarini 
sinashga xizmat qilmoqda. Navbatdagi asosiy vazifalardan biri – yangi bilimlar 
berishga oid ta`lim texnologiyalarini ishlab chtqtsh va o`quv jarayoniga tadbiq 
etishdir.


61 
Bugungi kunda davlat va jamiyatning iqtisodiy rivojlanishida yog’och 
materiallariga bo’lgan talab va ehtiyoj ortib bormoqda. Shu bois yog’ochlarga ishlov 
berish texnologiyasi asoslarini maktablarda zamon talablari asosida o’qitish har bir 
o’qituvchi va ustozning muhim vazifalaridan biridir.

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish