Меҳнат таълими фанидан 5-7 синфлар учун ёғочларга ишлов бериш



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/26
Sana26.02.2022
Hajmi1,17 Mb.
#470583
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
mehnat talimi darslarida yogochlarga ishlov berishda qolda va dastgohlarda bajariladigan ishlarni organish metodikasi



O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti
 
 
Musiqa, badiiy grafika va mehnat ta’limi fakulteti 
“Umumtexnika fanlari” kafedrasi 
 
Xoliqov Abdulla 
 
Mehnat ta’limi darslarida yog‘ochlarga ishlov berishda qo‘lda va dastgohlarda 
bajariladigan ishlarni o‘rganish metodikasi 
 
5142000-mehnat ta’limi yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun 
 
BITIRUV MALAKAVIY ISHI 
 
 
 
Ish ko’rildi va himoya 
 
 
 
 
 
Ilmiy rahbar o‘qit. 
Qilishga tavsiya etildi 
 
 
 
 
 
___________A.Nuritdinov 
kafedra mudiri 
 
 
 
 
 
 
«___»____________20__y. 
dots. O.Eshniyozov
 
 
 
 
 
Taqrizchilar____________ 
«____»_________20___y.
 
 
 
 
_______________________ 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
_______________________ 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
_______________________ 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
«___»____________20___y. 
 
 
 
Ushbu bitiruv malakaviy ishi himoyasi YaDAKning 2015 yil___iyundagi 
_____sonli yig’ilishida ko’rildi va ____ball bilan baholandi 
 
YaDAK raisi: 
A’zolari: 
 
 
 
 
 
SAMARQAND-2015 
 



M U N D A R I J A 
Kirish……………………………………………………………………………...3-10 
 
I-BOB YOG‘OCH MATERIALLARI. DURADGORLIK ISHLARIDA 
ISHLATILADIGAN ASBOB-USKUNALAR 
 
1.1. Adabiyotlar tahlili...........................................................................................11-14 
1.2. Yog‘ochlarning qishloq xo‘jalik va sanoatdagi ahamiyati..............................15-24 
1.3. Duradgorlikda ishlatiladigan nazorat-o‘lchov va rejalash asboblari………...25-29 
1.4. Duradgorlik o‘quv ishlab chiqarish ustaxonalarida ishlatiladigan asbob-
uskunalar……………………………………………………………...………….30-44 
II BOB. DURADGORLIK O‘QUV ISHLAB CHIQARISH 
USTAXONALARIDA YOG‘OCHLARGA ISHLOV BERISH DASTGOHLARI 
 
2.1 Yog’ochlarga mexanik ishlov berish texnologiyasi………………………….45-47 
2.2. Yog’ochlarga ishlov berishda ishlatiladigan dastgohlar…………………….48-58 
Xulosa……………………………………………………………………………59-61 
Adabiyotlar ro‘yxati……………………………………………………………...62-63 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



KIRISH 
Ishning dolzarbligi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan 
so‘ng, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning o‘ziga xos yo‘lini tanlashi «Kadrlar 
tayyorlash tizimi va mazmunini qayta tashkil etish zarurligini hisobga olgan holda 
«Ta’lim to‘g‘risida» gi qonun hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ni hayotga 
joriy etishni, zamon talabiga mos o‘quv rejalari, dasturlar, darsliklar yaratish, shu 
bilan birga, yangi turdagi ta’lim muassasalarini tashkil etishni taqozo qiladi.
O`qitish jarayoniga yangi uslublarni tadbik etish kadrlar tayorlash 
talabalarining tarkibiy kismini tashkil etadi. Respublikamiz hukimati va prezidenti 
olib barayotgan siyosiy iqtisodiy siyosatda davlat faoliyatining barcha soxalarin 
rivojlantirishga, ayniqsa, yosh avlodni milliy tiklanish g`oyasi ruxida tarbiyalashga 
katta etibor berilmoqda.
Hozirgi kunda ta`lim olayotgan yoshlar xalqimizning kelajagi hisoblanadi. Bu 
sharafli vazifani bajarish o`qituvchilar zimmasiga tushadi. Shu sababli yuqori 
malakali o`qituvchilar tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalasiga katta 
e`tibor qaratilmoqda.
Hozirgi davrda oliy ta`lim yurtlarida va kasb hunar kollejlarida yangi 
pedagogik va axborot texnologiyalarini qo`llash va zamonaviy o`quv-metodik 
komplekslarni ishlab chiqish muammolariga qaratilgan bir necha diqqatga loyiq 
ishlar amalga oshirilmoqda.
Fan-texnika taraqiyoti natijasida sanoatning mashinasozlik va metallarga 
ishlov berish sohalarida yuz berayotgan chuqur sifat o`zgarishlari ishlab chiqarish 
malakalariga oshirilgan talablar qo`yadi. Shu munosabat bilan o`rta hunar-texnika 
bilim yurtlarida o`quv-tarbiya jarayonining darajasini ancha oshirish zaruriyati 
tug`ildi.
Umumta`lim va hunar maktablarini isloh qilishning asosiy yo`nalishlariga 
muofiq malakali ishchi kadrlarni rejali ravishda etishtirishning asosiy shakli sifatida 
hunar-texnika ta`limi tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish, yoshlarga 
umumiy kasb ta`limi berishga o`tishni amalga oshirishda uning ro’lini oshirish 
vazifasi qo`yilgan.



Maktab islohoti umumta`lim va hunar maktablarining ishini sifat jihatidan 
yangi pog`onaga ko`tarish, uning faoliyatida mavjud bo`lgan kamchiliklarni bartaraf 
etish, o`quvchilarning fan asoslarini chuqur egallashini ta`minlash, ularda chuqur 
vatanparvarlik e`tiqodni, mehnatsevarlikni, axloqiy soflikni shakllantirish, mustaqil 
vatanimizga muhabbat va uni himoya qilishga tayyor turish ruhida tarbiyalashga 
qaratilgan. 
Fan-texnika integratsiyasi sharoitlarida ta`lim olayotganlarga ham, ta`lim 
berayotganlarga ham katta talablar qo`yiladi. Inson uchun zarur bo`lgan bilimlar 
hajmi keskin va tez o`sib borayotgan hozirgi sharoitlarda ma`lum bo`lgan 
narsalarnigina o`zlashtirib olishga suyanish kifoya qilmaydi. O`quvchilarga o`z 
bilimlarini mustaqil boyitish va ilmiy hamda siyosiy bilimlarning shiddatli oqimida 
mo`ljal bilan ish tutish uquvini singdirish muhimdir.
Hozirgi ishchilarning faoliyati uning kasbiy mahoratiga aniq talablar qo`yadiki, 
ularning eng muhimlari qo`yidagilar: chuqur umumta`lim, siyosiy va kasbiy 
tayyorgarlik; kasbiy faoliyatning to`xtovsiz ravishda takomillashib borishi va uning 
natijasi-mehnat unumdorligining o`sishida va bajarilayotgan ishlarning sifatini 
oshirishda yuqori natijalarga erishish; o`z bilimini o`zi muntazam ravishda oshirib 
borishi, novatorlar va ishlab chiqarish ilg`orlarining ijobiy tajribalarini qidirish, 
o’rganish va ulardan ijodiy foydalanish. Shu boisdan ishlab chiqarish faoliyati 
jarayonida bilimlarni to`xtovsiz chuqurlashtirib borish bizning davrimizning eng 
muhim, ajralmas belgilaridan biri bo`lib qoladi. Talabalarga bilimlarning biror 
minimumini berishgina zarur bo`lib qolmasdan, balki ularga yangi qiyin 
muammolarni mustaqil hal etishga o`rgatish, haqiqiy novator bo`lish, mustaqil bilim 
olishga o`rgatish ham zarurdir.
Mehnatga tayyorlash jarayonida shaxsning ma`suliyat, ijtimoiy faollik, burch, 
jamoatchilik ongli intizom kabi ijtimoiy xususiyatlarni shaklllantirish alohida 
ahamiyat kasb etadi. Shaxsning bu aqloqiy fazilatlari u rivojlanayotgan jamiyatga, 
ijtimoiy turmush hodisalariga munosabati va ularni baholash xususiyati orqali 
ifodalanadi. Jamiyat turmishida axloqiy asoslar rolini oshirish, ma`naviy omil ta`siri 
sohasini kengaytirish odamlar o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni ma`muriy tartibga 



solishning ahamiyatini pasaytiradi. Bizni o`rab turgan voqelikdagi jarayonlar va 
hodisalar kompleks, ko`p qirrali va ko`p jixatli bo`lgani uchun shaxsning voqelikka 
munosabati ham o`zaro bog`liq va bir-birini taqozo etadigan baholar murakkab 
kompleksi orqali tasavvur etiladi va ifodalanadi. Bunda g`oyaviy-siyosiy, tarbiyaviy 
jihat baholar va munosabatlarning eng muhim, ustun jihati hisoblanadi. 
O`quvchilarni mehnatga amaliy tayyorlash, ularda kasb tanlashga, mehnat 
faoliyatining bir turi sifatida ijtimoiy foydali unumli mehnatga ma`suliyatli 
munosabatni shakllantirish murakkab va ko`p jihatli muammodir.
O`quvchilarni kasbiy bilimlar va o’quv va ko`nikmalar bilan muvaffaqiyatli 
ravishda qurollantirish, ularda mehnat malakalarini shakllantirish zarur bo`lib 
qolmasdan, balki ularning texnik fikrlashini o`stirish, ishda tashabbus ko`rsatishni va 
mehnatga ijodiy yondoshuvini tarbiyalash ham zarurdir.
Umumta`lim maktabi 5 va 6-sinflar mehnat darslarida yog`ochlarga ishlov 
berish texnologiyasi asoslari bo`limida o`quvchilarga yog`ochga ishlov berish 
ustaxonasi, yog`ochlarning odamlar uchun ahamiyati, ish o`rnini tashkil etish, 
yog`ochlarning tuzilishi, turlari, umumiy xossalari va ularning sifatini aniqlash, 
yog`ochlarning ishlatilish sohalari, duradgorlik asbob-uskunalari va moslamalari 
haqida va yog`ochlarga ishlov berish texnologiyalari haqida tushuncha va 
ko`nikmalar beriladi. Bu borada o`quvchilarga zamonaviy bilim va tarbiya berishda 
o`qituvchidan katta bilim va malaka, kasbiy mahorat, mehnat va izlanishlar talab 
qilinadi.
O`quvchilarni mehnatga amaliy tayyorlash, ularda kasb tanlashga, mehnat 
faoliyatining bir turi sifatida ijtimoiy foydali unumli mehnatga ma`suliyatli 
munosabatni shakllantirish murakkab va ko`p jihatli muammodir.
O`quvchilarni kasbiy bilimlar va o’quv va ko`nikmalar bilan muvaffaqiyatli 
ravishda qurollantirish, ularda mehnat malakalarini shakllantirish zarur bo`lib 
qolmasdan, balki ularning texnik fikrlashini o`stirish, ishda tashabbus ko`rsatishni va 
mehnatga ijodiy yondoshuvini tarbiyalash ham zarurdir.
Umumta`lim maktabi 5 va 6-sinflar mehnat darslarida yog`ochlarga ishlov 
berish texnologiyasi asoslari bo`limida o`quvchilarga yog`ochga ishlov berish 



ustaxonasi, yog`ochlarning odamlar uchun ahamiyati, ish o`rnini tashkil etish, 
yog`ochlarning tuzilishi, turlari, umumiy xossalari va ularning sifatini aniqlash, 
yog`ochlarning ishlatilish sohalari, duradgorlik asbob-uskunalari va moslamalari 
haqida va yog`ochlarga ishlov berish texnologiyalari haqida tushuncha va 
ko`nikmalar beriladi. Bu borada o`quvchilarga zamonaviy bilim va tarbiya berishda 
o`qituvchidan katta bilim va malaka, kasbiy mahorat, mehnat va izlanishlar talab 
qilinadi.
— kasb-hunarlar haqida umumiy tasavvurga ega bo`lish; 
— xalq xo`jaligi, ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish sohalari to`g`risida bilimlarga 
ega bo`lishi;
— turli materiallarga boshlang`ich badiiy ishlov berish ko`nikmalariga ega bo`lish;
— milliy mehnat an`analari, urf-odatlarini bilish;
— buyumni texnologik xaritasini tayyorlash ko`nikmalariga ega bo`lish;
Mazkur Davlat ta`lim standartida umumiy o`rta ta`lim maktablarida mehnat 
ta`limi va kasb tanlashga yo`naltirishning tayanch mazmuni hamda maktabni bitirgan 
o`quvchilarning mehnat va kasb tanlashga tayyorgarlik darajasining me`yorlari 
ifodalanadi.
Ushbu standart umumiy o`rta ta`lim maktablari uchun mehnat ta`limi fanidan 
o`quv dasturi, darslik, qo`llanma va boshqa rasmiy me`yoriy materiallarni ishlab 
chiqish, o`quv-tarbiya jarayonini tashkil etish hamda ilmiy tadqiqotlar olib borish 
uchun asos sifatida xizmat qiladigan me`yoriy hujjatdir.

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish