Меҳнат таълими фанидан 5-7 синфлар учун ёғочларга ишлов бериш



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/26
Sana26.02.2022
Hajmi1,17 Mb.
#470583
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
mehnat talimi darslarida yogochlarga ishlov berishda qolda va dastgohlarda bajariladigan ishlarni organish metodikasi

Disk arra. 
Duradgorlik o‘quv ustaxonalarida yog‘och materiallarni arralashda 
disk arradan foydalaniladi. Disk arraning asosiy qismlari: stanina 1, plita 3, arra diski 
4, yo‘naltiruvchi chizg‘ich 6 va arra to‘poni to‘plagich 12 dan iborat. 
Stanina arraning qo‘zg‘almas qismi bo‘lib, uning ustiga plita o‘rnatiladi. Plita 
dastgohning ish stoli hisoblanadi. Arralanadigan taxta material shu plita bo‘ylab 
suriladi. Plitadan arra diski chiqib turishi uchun unda ttirqish ochilgan bo‘ladi. 
Staninaga val o‘rnatilib, uning bir uchiga shkiv, ikkinchi uchiga arra diski 
mahkamlanadi. Arra diski arralanadigan taxta materialning qalinligiga va arralash 
usuliga qarab har xil diametrli, to‘g‘ri va qiyshiq tishli bo‘ladi. 
Arra vali elektrodvigateldan tasma orqali harakatga keltiriladi. U minutiga 2000-3000 
martagacha aylanadi. Arralash vaqtida hosil bo‘lgan to‘pon atrofni ifloslamasligi, 
ishchining ko‘ziga tushmasligi uchun to‘pon to‘plagichni past o‘rnatish va himoya 
ko‘zoynagi taqib ishlash, dastgohda hamma vaqt ikki kishi turib arralashi, Yog‘ochni 
surib turuvchi odam uni oxirigacha qo‘l bilan surmasligi talab etiladi. 
Disk arralar yordamida tilish va qirqish bilan bir qatorda zakrov, chok, konish 
ochish ishlari ham bajariladi. Bu maqsadda vintlar yordamida plitani ko‘tarish yoki 
Disk arra: 
1-sharnir; 2-tirqish; 3-plita (ish stoli) 4-ponalovchi tig‘; 5-qo‘zg‘aluvchi tayanch; 6-yo‘naltiruvchi 
vint; 7-vint; 8-chizg‘ichni suruvchi dasta; 9-plitani qotiruvchi dasta; 10-plitani ko‘taruvchi vint; 11-
stanina; 12-arra to‘pon to‘plagich


52 
tushirish yo‘li bilan arra diskining tirqishdan chiqib turuvchi qismini yo‘naltiruvchi 
chizg‘ich bilan arra diski orasidagi masofa zarur o‘lchamga sozlanadi. 
Randalash stanogi. 
Yog‘och materiallarni qo‘lda randalash bilan bir qatorda 
randalash stanogi yordamida ham randalanadi. Randalash stanogi stanina 9 ustiga 
o‘rnatilgan oldingi 7 va ketingi 2 plitalardan iborat, plitalarning orasida val 5 
aylanadi. 
Randalash stanogini ishga sozlashda tig‘lar ketingi plita tekisligiga moslab 
o‘rnatiladi. Yupqa yoki qalin payraxa olish oldingi plitani richag 4 yordamida ketingi 
plitaga nisbatan oz yoki ko‘proq tushirish yo‘li bilan sozlanadi.
Randalash vaqtida randalanadigan taxta material oldingi plitadan ketingi 
plitaga qarab suriladi. Bunda kesish yo‘nalishi (tig‘ning aylanishi) bilan surish 
(taxtaning harakat yo‘nalishi) hamma vaqt bir-biriga qarama-qarshi bo‘ladi. 
Randalash stanogida taxta materialning bir tekis randalanishini ta’minlash 
uchun uni oldingi plitaga jips holda suriladi. Taxtalarning chetlarini “bet”ga nisbatan 
to‘g‘ri burchak ostida (go‘niyaviy) randalash uchun uning “bet” qismi yo‘naltiruvchi 
chizg‘ich 3 ga jips holda tutib surib boriladi. Yo‘naltiruvchi chizg‘ichni plitalarga 
nisbatan turlicha burchak hosil qilib joylashtirish bilan taxta chetlarini “bet”ga 
nisbatan har xil burchak hosil qilib randalanadi. Yupqa taxtalarni randalashda 
(umuman har qinday qalinlikdagi taxta randalanishidan qat’i nazar) panja yoki kaft 
tig‘ga tushib qolmasligi uchun surish ishi moslamalar yordamida bajariladi. 
Randalash vaqtida val ostida payraxaning to‘planib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. 
Uni vaqt-vaqti bilan tozalab olib turiladi. Tozalash dastgohni elektr tarmog‘idan uzib, 
val harakatdan to‘xtagandan so‘ng olib boriladi. 
Tig‘lar o‘tmaslanib qolganda ularni valdan chiqarish va o‘tkirlagandan so‘ng 
qayta o‘rnatish yoki yangi tig‘lar almashtirishda elektrik dvigatelini faqat 
dastgohning o‘ziga montaj qilingan kalit yordamida uzish bilan kifoyalanmasdan, 
balki shchitdagi rubilnikni uzib qo‘yishga alohida e’tibor beriladi yoki bu vaqtda 
shkivdan tasmani chiqarib qo‘yiladi. 


53 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish