Меҳнат таълими фанидан 5-7 синфлар учун ёғочларга ишлов бериш


II BOB. DURADGORLIK O‘QUV ISHLAB CHIQARISH



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/26
Sana26.02.2022
Hajmi1,17 Mb.
#470583
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26
Bog'liq
mehnat talimi darslarida yogochlarga ishlov berishda qolda va dastgohlarda bajariladigan ishlarni organish metodikasi

II BOB. DURADGORLIK O‘QUV ISHLAB CHIQARISH 
USTAXONALARIDA YOG‘OCHLARGA ISHLOV BERISH DASTGOHLARI 
2.1 Yog’ochlarga mexanik ishlov berish texnologiyasi 
Dastgohlar asosiy elementlarining xarakteristikalari. Yog'ochga ishlov berish 
dastgohlarining konstruksiyasi ularning bajaradigan ishiga bog'liq. Ba'zi dastgohlar 
yog'ochni arralash uchun, yana biri — randalash uchun, boshqalari-parmalab, teshish 
va hokazolar uchun ishlatiladi. Biroq dastgohlar tuzilishi jihatdan bir-biridan farq 
qilgani bilan ularning konstruktiv elementlari bir xil vazifani bajaradi: staninalar, 
stollar yoki karetkalar detallar uchun baza bo'lib xizmat qiladi, uzellari esa kesish 
asbobini mahkamlash va ish vaqtida asbob yoki zagotovkaga harakat uzatish uchun 
xizmat qiladi. Stanioklarning konstfuksiyasini o'zgartirish ularning elementlari 
konstruksiyasinmg prinsipial o'zgarishiga hamma vaqt ham sabab bo'lavermaydi. 
Shunga ko'ra dastgohlarning qismlarini bilish yangi konstruksiyadagi dastgohlar va 
avtomatik liniyalarni tez o'zlashtirishga imkon beradi.
Dastgohlarning elementlari asosiy va yordamchi elementlarga ajratiladi. 
Asosiy elementlar jumlasiga staninalar, supportiar, ish organlari, surish 
mexanizmlari, yuritmalar, boshqarish organlari, tayanch va yo'naltiruvchi qurilmalar, 
qisqichlar, siqish moslamalari va tiraklar kiradi, kesish asbobini charxlash, dastgohni 
sozlash, rostlash va moylash, chiqindidan xalos qilish uchun mo'ljallangan qurilmalar 
yordamchi elementlar bo'lib hisoblanadi. Ko'pgina dastgohlar dastgoh yoniga 
o'rnatiladigan mexanizmiar — zagotovka bilan ta'minlab turuvchi va taxlash 
qurilmalari bilan jihozlanadi, biroq aytib o'tilgan elementlar kompleksi bilan hamma 
dastgohlar ham jihozlanavermaydi.
Stanina dastgohning asosi bo’lib, barcha uzellar va detallar staninaga 
mahkamlanadi. Stanina dastgohning ayrim elementlari o'rtasida ta'sir kuchlarini, 
titrama nagruzkalarni hamda ishlov berilayotgan material nagruzkasini qabul qiladi. 
Staninalar quyib va payvandlab tayyorlangan bo'lis hi mumkin. Ularni ichini 
kavak qilib, kesimi, odatda, qutisimon, shu bilan birga, zarur bo'lgan torg'unlikni 
ta'minlab ta^yorlanadi. Staninalarning shakli va o'Jchamlari dastgohning vazifasiga 
hamda konstruksiyasiga bog'liq. Kesish asboblari aylanadigan dastgohlarning ish 


46 
organlari shpindellari, pichoqlar va arralar o'rnatiladigan vallari ana shu asboblarni 
mahkamlash va aylantirish uchun xizmat qiladi. Kesish asbobi ilgarilama harakat 
qiladigan dastgohlarda ish organlari yo kesish asbobini mahkamlash uchun, yoki uni 
mahkamlash va unga to'g'ri chiziqli kesish harakatini uzatish, yo bo'lmasa to'g'ri 
yo'nalishda surish uchun mo'ljallangan. G'o'labo'r arrali va jilvirlash tasmali 
dastgohlarning ish organlari — shkivlari aylanadi, kesish asbobi, ya'ni g'o'labur arrasi 
yoki jilvirlash tasmasi zagotovkaga nisbatan ilgarilama harakat qiladi.
Yog'ochga ishlov berish tokarlik dastgohlari Tokarlik ishi deb yog'ochdan 
tayyorlanadigan buyumni o'zi o'qi atrofida aylantirish orqali uning sirtini yo'nib 
ishlov berish usuliga aytiladi, Bu usulda tayyorlangan mahsulotlar tokarlik buyumlari 
yoki detallari deyiladi. Bu ishlar maxsus tokarlik dastgohlari yordamida bajariladi. 
Ular yordamida yog'ochga silindr, konus, shar va boshqa aylanma sirtlar shaklida 
ishlov beriladi maktab ustaxonasida STD-120 rusumidagi yog'ochga ishlov berish 
tokarlik stanogining umumiy tuzilishi 25-rasmda tasvirlangan. Bu dastgoh quyidagi 
asosiy qisralardan tashkil topgan, 1-asos, 2-dvigatel, 3-tasmali uzatmaning himoya 
to'sig'i, 4-stanina, 5-magnitni ishga tushirgich, 6-yoritgich, 7-oldingi babka, 8-shaffof 
himoya oy nasi. Bu dastgoh ishlov beriladigan rnaterialni oldingi babkaning 
planshaybasi markazi bilan orqa babkaning o'rta tishli markazi orasiga mahkam 
o'rnatiladi.
Bunda orqa babkaning korpusini staninaning yo'naltiruvchisi bo'ylab ishlov 
berilayotgan material uzunligiga muvofiq surib, kerakli joyga mahkamlanadi. 
Planshayba ishlov berilayotgan buyumni oldingi babkada boltlar va qisqichlar 
yordamida o'rnalish moslamasi bo'lgan diskdan iborat. 
O‘quv ishlab chiqarish ustaxonalarida o‘quvchilar qo‘l mehnatini 
engillashtiradigan yoki qo‘l mehnatidan ozod qiladigan, kam vaqt, oz mehnat va 
mablag‘ sarflab ko‘plab mahsulot ishlab chiqarish, mahsulot tannarxini 
arzonlashtirish imkonini beradigan yog‘och ishlash dastgohlarining turlari, tuzilishi, 
vazifasi, ularni ishga sozlash, ish vaqtida rioya qilinadigan xavfsizlik texnikasi 
qoidalari bilan ham tanishtiriladi va bu dastgohlar bilan amaliy mashg‘ulotlar 


47 
o‘tkazilib, ularda dastgohlarni boshqarish va ishlash bo‘yicha mehnat malakalari 
hosil qilinadi. 
Duradgorlik o‘quv ishlab chiqarish ustaxonalarida yog‘och ishlash tokarlik, 
arralash, randalash, frezalash, parmalash, o‘yuvchi va boshqa turdagi yog‘och ishlash 
dastgohlari o‘rnatiladi.
Yog‘och ishlash dastgohlari o‘quv ustaxonalarining sahni va xonalarning 
soniga qarab, xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilgan holda, turlicha 
joylashtiriladi. 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish