Меҳнат таълими фанидан 5-7 синфлар учун ёғочларга ишлов бериш



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/26
Sana26.02.2022
Hajmi1,17 Mb.
#470583
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26
Bog'liq
mehnat talimi darslarida yogochlarga ishlov berishda qolda va dastgohlarda bajariladigan ishlarni organish metodikasi

Chorabzal randalar 
porsi usulida (45
0
burchak hosil qilib) biriktiriladigan 
buyumlarning qismlariga (rasm ramkalari, karnizli birikmalar, eshik va deraza 
romlariga qoqiladigan chaspaklar va shunga o‘xshashlarga) gul chiqarish (abzal 
solish) uchun ishlatiladi. 
Chorabzal randalarning tig‘lari chiqariladigan gulning turiga qarab har xil 
shaklda bo‘ladi. Kundalar tig‘larning shakliga moslab tayyorlanadi. Bu randalar bilan 
taxtalarning chetlariga gul chiqariladi. Ba’zi porsi usulida bog‘lanadigan qismlar 
oldindan xomaki yig‘ilib, dastlabki pardozlash ishlari bajariladi va randalab 
tekislangandan keyin qismlarga ajratilib gul chiqariladi. Aks holda birikmada gullar 
bir-biriga mos kelmasligi mumkin. 
Duradgorlikda tayyorlanadigan buyumlarning turiga, ularni bog‘lash usuliga 
qarab 
nov, yoy, dila
randalar; randalanadigan yog‘och materiallarning shakli, 
o‘lchamiga qarab 
qushquloq, qirqim randa 
va 
o‘roqrandalar 
ham ishlatiladi. 
Randalash yo‘li bilan silliqlash, tekislash mumkin bo‘lmagan sirtlarni ishlashda 
har xil shakldagi Yog‘och egovlardan foydalaniladi.
Buyumlarni pardozlash ishlarida po‘lat qirg‘ich, oyna bilan qirish, har xil 
markadagi jilvir qog‘ozlar yordamida jilvirlash ishlari bajariladi. 
Duradgorlik iskanalari. 
Yog‘och materiallardan turli xil buyumlar 
tayyorlashda 
ularning 
qismlari ko‘pincha “tirnoq” 
chiqarish 
yo‘li 
bilan 
biriktirilib, 
bunda 
o‘yish-
teshish ishlari bajariladi. Bu 
maqsadda har xil duradgorlik 
iskanalaridan foydalaniladi. 
Duradgorlik iskanalari 
vazifasiga ko‘ra 
yo‘nuvchi 
va 
o‘yuvchi 
iskanalarga 
bo‘linadi. 
Duradgorlik iskanalari: 
a-o‘yuvchi; b-yo‘nuvchi; v-nov iskana.


40 
Yo‘nuvchi iskanalar yordamida yo‘nish yo‘li bilan taxtalarning chetlariga faska 
chiqariladi, tirnoqlar rostlanadi, teshik, uyalar yo‘nib kengaytiriladi. Shuningdek, 
yumshiq va yupqa taxtalar o‘yib teshiladi. 
Qalin va qattiq yog‘ochlarni o‘yish-teshish ishlari hamma vaqt o‘yuvchi 
iskanalar yordamida bajariladi. 
Yo‘nuvchi iskanalar yupqa, o‘yuvchi iskanalar qalin bo‘ladi. Bundan qat’iy 
nazar, ularning eni har xil o‘lchamda tayyorlanadi. Yo‘nuvchi iskanalarning eni 4 
mm dan 40 mm gacha, o‘yuvchi iskanalarning eni 6 mm dan 20 m gacha bo‘ladi. 
O‘yish-teshish ishlarida quloq, uya va teshiklarning kengligiga qarab unga mos 
iskanalar tanlanadi. Teshik enidan katta iskana ishlatishga ruxsat etilmaydi. Kichik 
o‘lchamdagi iskanalar bilan esa katta teshik va uyalarni ochish ham mumkin. 
Yog‘och taxtalarning yo‘nish, o‘yish-teshishda 
nov shaklidagi iskanalar 
ham 
ishlatiladi. Ular yordamida silindrik teshik va uyalar o‘yish, sirtlarda novochish 
ishlari bajariladi. Novshaklidagi iskanalar har xil o‘lchamda tayyorlanadi.
Iskanalar bir tomondan charxlanadi. Yo‘nuvchi iskanalarning o‘tkirlik 
(charxlash) burchagi 18-25
0
, o‘yuvchi iskanalarning o‘tkirlik burchagi 25-35
0
atrofida 
bo‘ladi. 
Iskanalarning dastalari zarang, qora qayin, qayrog‘och, yong‘oq kabi pishiq 
yog‘ochlardan tayyorlanib, uchiga metall halqa kiydiriladi. Halqalar iskanaga bolg‘a 
bilan urishda dastani yorishdan saqlaydi. Iskanalar yog‘och to‘qmoq bilan uriladi. 
Iskana dastalari plastmassadan ham tayyorlanadi. Yog‘och dastalarga qaraganda 
plastmassadan tayyorlangan dastalar puxta bo‘ladi, bolg‘a urishda yorilmaydi, sifati 
buzilmaydi. Shuning uchun iskana dastalarining plastmassadan yasalgani ma’qul. 
Iskanalarning dastalari tokarlik-vintqirqish dastgohlarida oson tayyorlanadi 
O‘yish-teshish duradgorlik dastgohi ustida olib boriladi. Shuning uchun teshik 
ochish vaqtida iskana yog‘ochni ko‘chirib chiqarmasligi va dastgohni o‘yib 
yubormasligining oldini olish uchun o‘yiladigan taxta ostiga ehtiyot taxtasi qo‘yiladi. 


41 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish