Zakrov randa
yordamida oyna solinadigan buyum qismlariga zakrov ochiladi.
Uning tig‘i kundaga to‘g‘ri yoki burchak hosil qilib o‘rnatiladi. Shunga mos ravishda
uning tig‘lari to‘g‘ri yoki qiyshiq burchakli bo‘ladi.
To‘g‘ri tig‘lisiga nisbatan qiyshiq tig‘li zakrov randa bilan randalash oson va
sirt silliq chiqadi. Ba’zan zakrov ochishda yog‘och tolalarining o‘sish yo‘nalishiga
teskari randalashga to‘g‘ri keladi. Bunday hollarda to‘g‘ri tig‘li randa ishlatish qiyin
bo‘ladi va sirt silliq chiqmaydi.
Zakrov randa bilan hamma vaqt kesim yuzi 1 sm
2
bo‘lgan zakrov ochiladi.
Zakrov randaning yon va ustki (yo‘naltirovchi va cheklovchi) to‘sqichlari bo‘lib, ular
tig‘ning taxtaga yon va ustki tomonidan 1 sm dan ortiq botishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Kesimi 1 sm
2
bo‘lgan zakrov zakrov ochilishini ta’minlash uchun randalash payraxa
chiqmay qolguncha davom ettiriladi. Aks holda qismlarni yig‘ishda ulardagizakrovlar
bir-biriga mos kelmasdan (bir tekislikda yotmasdan) buyum sifatining buzilishiga,
oynalarningbir tekis jips yotmasligiga sabab bo‘ladi.
Chok randa.
Taxta materiallardan pol, g‘ov, darvoza, rovvot kabilar
tayyorlarshda, ularning qurishi natijasida tirqish ochilib qolmasligini ta’minlash
uchun choklab biriktiriladi. Bu maqsadda chok randadan foydalaniladi.
38
Chok randa zakrovrandaga o‘xshash to‘g‘ri va qiyshiq tig‘li bo‘lib, tig‘ining
eni 30 mm gacha bo‘ladi. Bu randaning yo‘naltiruvchi va cheklovchi to‘sqichlari
yo‘q. Uni taxta bo‘ylab to‘g‘ri yurgizish qiyin. Shuning uchun chok randa konish
randadan so‘ng chok ochish va sirtlarni tozalash maqsadida ishlatiladi. Ayrimhollarda
taxtaning chetiga chok o‘lchamiga moslab parallel holda yo‘naltiruvchi-cheklagich
chaspak mixlab qo‘yibrandalanadi. Bu narsa chok randani to‘g‘ri yurgizish imkonini
beradi. Ba’zan chok randa kundasining o‘ng va chap tomonlariga ochiladigan
chokning o‘lchamiga moslab yo‘naltiruvchi-cheklagich chaspak mixlab olinadi. U
xilda moslangan randa yordamida taxta chetlarinigina randalash mumkin, o‘rtadan
“suv” ochish mumkin bo‘lmaydi.
Taxtalarni choklab biriktirishda chokning chuqurligi hamma vaqt taxta
qalinligining yarmiga teng qilib olinadi. Shuning uchun kundaning o‘ng tomoniga
mixlanadigan ustki cheklagich shu o‘lchamga moslab o‘rnatiladi.
Chok randaning tig‘i kundadan enlik bo‘ladi. Tig‘ning kundadan ensiz bo‘lsa,
u bilan chuqur randalab bo‘lmaydi.
Konish randa
reyka, brusok, kesaki kabilarda konish (faner, eshik dilalari
tushadigan “suv”) ochishda ishlatiladi.
Konish randa kundasiga vintlar o‘rnatilib, unga yo‘naltiruvchi taxtacha
kiydiriladi. Randani ishga sozlashda taxtacha bilan kundani bir-biriga parallel
o‘rnatib, ular orasidagi o‘lcham gayka va kontragaykalarni surish yo‘li bilan
sozlanadi. Olingan konishning enlik va ensiz bo‘lishiga qarab (har xil qalinlikdagi
faner va dilalarga moslab) randaga enlik yoki ensiz tig‘lar o‘rnatiladi.
Konish randani o‘lchamga sozlashda konishni taxtaning qoladigan qismidan
ochilib qolmasligiga e’tibor beriladi. Shuning uchun hisoblash yo‘naltiruvchi
taxtachadan tig‘gacha yuritilib, bunda tig‘ning eni ham hisobga olinadi.
Ba’zan ensiz tig‘lar yordamida keng konish ochishga to‘g‘ri keladi. Bunday
hollarda bir qator “suv” ochilgandan so‘ng uni kengaytirib, randalash uchun
yo‘naltiruvchitaxtacha bilan tig‘ni bir-biriga yaqinlashtirib boriladi. Ular bir-biridan
uzoqlashtirilsa, to‘g‘ri va tekis randalash qiyin bo‘ladi.
39
Do'stlaringiz bilan baham: |