Меҳнат таълими фанидан 5-7 синфлар учун ёғочларга ишлов бериш



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/26
Sana26.02.2022
Hajmi1,17 Mb.
#470583
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
Bog'liq
mehnat talimi darslarida yogochlarga ishlov berishda qolda va dastgohlarda bajariladigan ishlarni organish metodikasi

 
Qo‘l arralar. 
Qo‘l arralar har xil bo‘ladi: ikki kishi ko‘ndalang arralaydigan, 
bir kishilik qo‘l arra (dastarra yoki nojovka), nagradka (kalta arra) va burch arra. 
Ikki kishi ko‘ndalang arralaydigan (ikki dastali) arra brus, g‘o‘la va qalin 
taxtalarni ko‘ndalang arralash uchun ishlatiladi. Arraning uzunligi 1000, 1250, 1500 
va 1750 mm, kengligi esa 140-160 mm, qalinligi 1,1-1,4 mm. Tishlar teng yonli 
uchburchak shaklida, qiyshiq charxlangan, charxlanish burchagi 40-45
0

 
Dastarralar. 
Bu xil arralar enli, ensiz va obushokli (chokarra) bo‘ladi. 
Enli dastarraning umumiy uzunligi 715 mm, kesadigan qismining uzunligi 615 
mm, tanasining dastasiz uchidagi kengligi 80 mm, qalinligi 1,15 mm. Tishlari 
uchburchak shaklda. Tishlarining charxlanish burchagi 40
0
; qiyshiq charxlanadi. 
Tishlar har tomonga 0,4-0,6 mm kerib ochiladi. Zagotovkalar va taxtalarni 
ko‘ndalangiga arralashda ishlatiladi. 
 
Ensiz dastarraning 
uzunligi 325-530 mm, dastasiz uchining kengligi 20-30 
mm, qalinligi 1,5 mm. Bu arra egri chiziqli va parron arralashda (kesib tushirishda) 
ishlatiladi. 
Chokarra 
sayoz arralash va buyumlarning yig‘ishda bo‘laklarini bir-biriga 
moslashda ishlatiladi. Arraning yuqori qismi qalinroq bo‘ladi. Arraning uzunligi 300-
350 mm, qalinligi 0,6 mm gacha, kengligi esa 70-100 mm. . 
Kalta arra 
detalni parron arralamay turib, ariqcha hosil qilishda ishlatiladi. 
Uzunligi 100-120 mm, qalinligi 0,4-0,7 mm. 


32 
Burch arra 
qisqaroq va bir-biriga parallel ikkita brus, ular o‘rtasiga 
ko‘ndalang qo‘yiladigan uzunroq brusdan iborat dastgoh. Qisqa bruslarning bir 
uchiga arra polotnosi o‘rnatilib, ikkinchi uchlari tortqi (sim yoki ingichka arqoncha-
chilvir) bilan tarang tortib qo‘yiladi. Bundan tashqari, tortqili arrada dasta (tutqich) va 
burab taranglagich ham bo‘ladi.
Arralar shakli va vazifasidan qat’i nazar, yirik tishli va mayin tishli bo‘ladi. 
Yirik tishli arralar nam va yumshoq yog‘ochlarni arralashda, xomaki yog‘och 
materiallar tayyorlashda ishlatiladi. Mayin tishli arralar quruq va qattiq yog‘ochlarni 
arralashda, tayyor detallarga ishlov berishda (tirnoq chiqarish, quloq ochishda) 
ishlatiladi. 
Arralarni ishga sozlash ishlari quyidagilardan iborat: 
1. Arra tishlarining chaparrasini chiqarish. 
2. Arra tishlarini egovlash. 
3. Burcharralarda polotnoni kashakka nisbatan sozlab o‘rnatish. 
Har qanday arraning tishlarini egovlashdan oldin chaparasi chiqariladi. Bu 
maqsadda turli konstruksiyadagi chaparrostlardan foydalaniladi. 
Arra tishlarining chaparrasini chiqarishda, qanday arra bo‘lishidan qat’i nazar, 
uning toq sondagi tishlari bir tomonga, juft sondagi tishlari ikkinchi tomonga keriladi. 
Arra tishlarining chaparrasi polotnoning qalinligiga qarab undan 1-2 mm kengroq 
chiqariladi. Qalin polotnolik yiriktishli arralarning chaparrasi kengroq, yupqa 
polotnolik mayin tishli arralarning chaparrasi kichikroq chiqariladi. Tirnoq va 
quloqlar arralanadigan yupqa polotnolik arralarga ba’zan chaparra chiqarilmaydi. 
Arra tishlarining chaparrasi chiqarilgandan so‘ng egovlanadi. 
Tiluvchi arralarning tishlari uchburchak shaklidagi mayin egov bilan toq va juft 
tishlarning hammasi bir tomondan egovlanadi. Bunda egov polotnoga 90
0
burchak 
hosil qilib tutilib, gorizontal yo‘nalishda tortiladi. 
Qirquvchi arralarning tishlari, tishlarining yirik va mayinligiga qarab, 
uchburchak yoki romb shaklidagi egovlar bilan egovlanadi. Qirquvchi arralarning 
tishlarini egovlashda egov polotnoga nisbatan ma’lum burchak hosil qilib tutilib, toq 
sondagi tishlar bir tomondan, juft sondagi tishlar ikkinchi tomondan egovlanadi. 


33 
Burilma-yoy arralarning tishlari tiluvchi arratishlari singari egovlanadi. 
Dastarralarni ishga sozlash chaparra chiqarish va egovlash bilan tugallanadi. 
Burcharralarda chaparra chiqarish, ularni egovlash bilan bir qatorda kashagi 
sozlanadi va polotnosi kashakka nisbatan har xil burchaklarga burib o‘rnatiladi. 
Polotno kashakka nisbatan kamida 20
0
ga burib o‘rnatiladi. Arralanadigan taxtaning 
eni va uzunligiga qarab, bu burchak orttirib boriladi. Polotnoni kashakka nisbatan 
quloqlar yordamida buriladi. Buning uchun burama tayoqchani qaytarib, tortqi-ip 
bo‘shatiladi va ikkala quloqni baravar burish yo‘li bilan polotno kashakka nisbatan 
sozlanadi. So‘ngra tortqi-ip burama tayoqcha bilan eshilib polotno taranglanadi. 
Polotnoni kashakka nisbatan burishda uning eshilib qolmasligiga, bitta quloq 
yordamida burmaslikka e’tibor beriladi. Polotno eshilib taranglansa, to‘g‘ri va erkin 
arralash qiyin bo‘ladi. 
Duradgorlik o‘quv ustaxonalarida olib boriladigan amaliy mashg‘ulotlar 
davomida arralar bilan bir qatorda, fanerlarni lobzik yordamida arralash ishlari ham 
o‘rgatiladi. 
“Lobzik “П” harfi shaklidagi dastgoh-ramkadan iborat bo‘lib, uning uchiga 
lobzik plotnosini qotirish uchun qisqichlar o‘rnatilgan. Yuqorigi qisqich surilma 
vintga o‘rnatiladi, u har xil uzunlikdagi polotnolarni o‘rnatish va taranglash imkonini 
beradi. 
Lobzik bilan 
arralashda 
arralanadigan 
fanerni 
maxsus 
moslamaga o‘rnatib 
olinadi. 
Bu 
moslama 
uchburchak shaklida 
kertilgan 
taxtachadan 
iborat 
bo‘lib, 
uni 
Lobzik va uning yordamida arralash: 
a-lobzik: 1-rama; 2-šisšichlar; 3-šulošli gayka; 4-dasta; b-lobzik bilan arralashda 
ishlatiladigan stubsinali stanok; v-lobzik bilan arralash.


34 
duradgorlik dastgohining yoki yozuv stolining chetlariga strubsinalar bilan 
o‘rnatiladi. 
Lobzikning tishlari tiluvchi arra tishlariga o‘xshash bo‘lib, uni dastgohka 
tishlarini dastaga qaratib o‘rnatiladi. 
Lobzik bilan arralashda dastgoh aylanib ketib arraning izdan chiqishi, 
polotnoning uzilishi ro‘y bermasligi uchun uni hamma vaqt bilakka tirab turib 
arralanadi. 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish