Melioratsiya sohasidagi tadbirlarning loyihalarini, shuning



Download 332,85 Kb.
bet13/18
Sana31.12.2021
Hajmi332,85 Kb.
#227434
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Adilov Ozodbek

Ish bajarishi. Meliorativ texnikalar asosan yer ishlarini bajaradi. Yer tekislash ishlarida asosan buldozer, skreper, greyder, yumshatkich kabi mexanizmlardan keng foydalaniladi. Yangi yerlarni o‘zlashtirishda o‘ta notekis joylarda mexanizmlar ishlatiladi.

Mexanizmlarni ishlatish ob’ektlari avvalambor loyiha qilinadi. Loyiha ishchi chizmalarida mexanizmlarni harakatlanish, gruntni ko‘chirish harakat sxemalari ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Shu bilan birga mexanizmlarni boshqarayotgan mexanizatorlar ularni ishlatishdagi xavfsizlik talablarini bilishi kerak.

Yer tekislash ishlarida avvalo tekislanadigan joydan daraxt kundalari, eski keraksiz inshootlar qoldiqlari ko‘chirilishi, maydon tozalanishi lozim. Mexanizatorlar ishlayotgan vaqtda mexanizm ishchi a’zosi harakatlanayotgan polosa (joy) ni doimiy ravishda kuzatib borishi lozim. Ishchi a’zo begona jinslar bilan to‘qnashib ketmasligi kerak.

Buldozerni ishlashida ish yurishi (gruntni qirqishi) tepalikka tomon bo‘l-masligi kerak. Buldozerni yuqoriga qarab harakatlanish tikligi (bo‘ylama) 250dan va yon qiyaligi 350dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Buldozerni ish harakatida va transport harakatida burilishi tavsiya etilmaydi, shu bilan birga buldozerni jarlik yoqasigacha borishi ham ruxsat etilmaydi. Buldozer yangi ko‘tarmada harakatlangan vaqtda qirg‘oqqa 1 m dan yaqin borishi taqiqlanadi. Ishlayotgan joyida begona kishilarning bo’lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Skreperlarni ishlatishda ularning harakat sxemalari loyihalanishi lozim. Skreperlar qurilayotgan inshoot yoki bajaradigan ishiga qarab sakkiz, ilon izi, ko‘ndalang va bo‘ylama yoki, spiral sxemalarda ishlaydi. Ularni harakatlanishida umumiy holatda bo‘ylama harakatda 10% va ko‘ndalang qiyalik 18% gacha bo‘lishi belgilanadi. Skreperlarni ishlayotgan joyida begona kishilarni bo‘lishi mumkin emas. Skreperlarni ishlatishda avvalambor hududdan begona yirik o‘lchamli jinslar, daraxtlar kundalari bo‘lmasligi kerak. Ular oldin tozalanadi. Skreperlar ishlayotgan vaqtida ular orasidagi masofa 20m dan kam bo‘lmasligi kerak. To‘kma inshootlar ustida harakatlanganda qirg‘oqqa 1 m dan yaqin kelmasligi kerak. Buning aniq miqdori gruntning turiga bog‘liq. Balandlikka chiqishda va pastlikka tushishda tezliklarni almashtirish taqiqlanadi. Tross bilan boshqariladigan skreperlarni trosni ochiq harakati taqiqlanadi. Tross uzilgan taqdirda lebedka harakati darhol to‘xtatilishi lozim. Gidravlik boshqariladigan skreperlarda gidrotizimni sozligi doimiy ravishda tekshirib turiladi. Nasos shlanglar, mahkamlanish va nasos bilan ishlash mumkin emas. Nosozlik aniqlanganda nasosni darhol to‘xtatish kerak.

Skreper kovshiga va yurish qismiga yopishgan loylarni qo‘l yoki ayoq bilan tozalash taqiqlanadi. Aks holda jarohatlanish sodir bo‘lishi mumkin. Nosozliklarni dvigatelni o‘chirgan holda tuzatish kerak. Traktor kabinsida ortiqcha odamni olib yurishga ruxsat etilmaydi. Mexanizmlarni kechki smenada ishlatilsa ularning yoritish qurilmalari yaxshi ishlashi kerak, etarli darajada traktor va orqasini yoritishi kerak.

Skreperni yo‘lda yurishida uning va yo‘lning holatiga alohida e’tibor berish lozim. Skreperni uzoq masofaga ko‘chirganda uning yoritish tizimi yetarlicha yorug‘lik bera oladigan bo‘lishi kerak yoki zanjirli yurish qismli skreperlarni temir yo‘ldan o‘tkazishda ziyon yetkazmaslik uchun mahsus yopish materialidan foydalaniladi, shpal, taxta va shunga o‘xshash. Skreperni uzoq masofaga tashishda maxsus tashish transporti (traylerlar) dan foydalaniladi.

Greyderlar meliorativ ishlarda keng qo‘llaniladi. Ularni ishlatishda ham alohida talablarga e’tibor berish lozim. Joyning qiyaligi, gruntning holati, begona jinslarning bo‘lmasligi, joyning (ishlaydigan) o‘lchamlari va bajaradigan ishning xarakterini ularni ishlatishda hisobga olinadi. Greyderlarning turlicha rusumlari bor: tirkama, o‘ziyurar avtogreyderlar. Ishchi a’zosining tuzilishi bo‘yicha ham turlicha bo‘ladi. Otvali korpusdan chiqadigan va chiqmaydigan va boshqalar. Greyderlar yordamida kichik qazilmalarni qazishda, to‘g‘onlarni otkosini qirqishda ham foydalaniladi.

Greyderlarni ishlatishda gruntning namligi, qattiqligi hisobga olinadi. Ularni ishlatishda joyning o‘lchamlari, ya’ni qaytib olish joylari aniq belgilangan bo‘lishi lozim. Qishloq xo‘jaligida, yangi yerlarni o‘zlashtirishda greyderning ishini lazer qurilmalari yordamida boshqarish amaliyoti ham ma’lum. Shuning uchun nur-lanish kabi zaharlanish faktori mavjud bo‘ladi. Greyderlarni ishlatish jarohatlanish xavfi ham mavjud. Uni real holatga aylanmasligi uchun texnika xavfsizligi talablariga to‘liq amal qilish kerak. Greyderni ishga tushirishdan oldin kunlik qarovini e’tibor bilan o‘tkazish zarur. Bunda ko‘rish oynalarini tozaligi, dvigateldan moy oqmasligi, gidrotizimni sozlash, qotirilgan va mahkamlangan joylarni ishonchliligi, ulangan joylarni ishonchliligi, kafolat vositalarini (zanjir, tross) ko‘zdan kechiriladi. Nosoz joylar dvigatelni ishlamay turgan holatida tuzatiladi. Tuzatish vaqtida albatta 2 kishi ishtirok etishi kerak. Greyderlarni ishlatgan vaqtida jarlik yoqalari, ko‘tarma otkoslari burchagi kabi inshootlarda chekadan 1 m dan kam bo‘lmagan masofada foydalanish mumkin emas.

Meliorativ qurilishlarda gruntni zichlash maqsadida turli xil zichlagichlardan foydalaniladi. Katoklar, elektrli shibbalash vositalari, dinamik ta’sir etib zichlash moslamalaridan foydalaniladi. Bulardan foydalangan vaqtda jarohatlanish, zararlanish kabi xavflar mavjud bo‘ladi. Elektrdan zararlanish xavfi, yong‘in xavfi, magnit maydoni xavfi bo‘lishi mumkin. Mexanizm, vosita va asbob uskunalarni sozligi ta’minlanishi kerak. Katoklarni ishlatganda buldezer, skreperlarni ishlatishdagi kabi xavflarni oldini olish uchun xavfli sharoitlar va zonalar aniqlanishi lozim. Iloji bo‘lsa chegara konturlarga ip tortib unga materialdan ko‘rinuvchi belgilar qilish lozim. Bu joyda begonalarning bo‘lishi mumkin emas. Mexanizmlarni boshqarish richaglari, uzatmalari quruq va soz bo‘lishi lozim. Mexanizm qismlaridan moy, yoqilg‘i tomchilaydigan joylari bo‘lmasligi kerak. Ko‘rish qismlari toza bo‘lishi lozim. Mahkamlangan joylar ishonchi bo‘lishi kerak. Bu ishlar mexanizator tomonidan kunlik qarov vaqtida aniqlanishi kerak va sozligiga ishonch hosil qilish lozim. Elektr toki yordamida ishlovchi zichlash vositalarida elektr o‘tkazgichlarni butunligi doimiy ravishda tekshirishi lozim. Sozligi ta’minlanishi kerak.




Download 332,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish