Melioratsiya sohasidagi tadbirlarning loyihalarini, shuning



Download 332,85 Kb.
bet10/18
Sana31.12.2021
Hajmi332,85 Kb.
#227434
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
Adilov Ozodbek

Mehnat muhofazasi

Texnik holati. Meliorativ tashkilot balansida ko‘plab texnikalar, mashinalar, asbob-uskunalar bo‘ladi. Ular bajaradigan vazifalari bo‘yicha meliorativ, transport va boshqa turlarga bo’linadi. Har bir mashina, texnika va asbob-uskunalar o’zining texnik pasportiga ega bo‘lishi lozim, inventar tartib raqami mavjud bo‘ladi. Ularning mavjudligi haqida maxsus jurnalda qayd etiladi. Tashkilotning buyrug‘i bilan mexanizator yoki boshqaruvchiga biriktiriladi. Ma’muriyat xizmat ko‘rsatuvchini ekspluatatsiya qilish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan ta’minlaydi.

Meliorativ mashina va mexanizmlar tarkibiga asosan ekskavatorlar, zarur-yotqizuvchi, kanal qazgichlar va boshqalar kiradi. Ular o‘z navbatida tuzilishi, boshqarilishi, yurish qismi, ishchi a’zosi va boshqa ko‘rsatkichlari bo‘yicha turlarga bo‘linadi. Sezilarli tezlik va harakatga ega bo’lgan mashina va mexanizmlar ovozli va yoritgichli moslamalar bilan jihozlanishi shart. Ulardan zaruriyat bo‘lganda mashinist tomonidan foydalaniladi. Mashina va mexanizmlarning harakatlanish qismlari (kardan, shkif va boshqalar) himoya moslamasi bilan jihozlanadi. Ularni o‘rnatishda xodimni himoyalabgina qolmay mashina va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatishda ham ortiqcha to‘siq bo‘lmasin. Ular ishlayotgan holatda tez-tez kuzatuvni talab etiladigan ishlarda joy yengil yig‘iladigan va yig‘ishtiriladigan moslamalardan foydalanib to’siladi.

Mashina va mexanizm kabinalarida ochiq chang kiradigan teshiklar va ochiqliklar bo‘lmasligi kerak. Richaklar, pedallar va boshqa detallar o‘tadigan joylardan g‘ilof bo‘lishi muhimdir. Chunki meliorativ texnikalar doimo chang ko‘tariladigan joylarda ishlaydi. Kabinadagi suyangich va o‘tirgichlardan bo‘rtgan joylar, prujinani chiqqan joylari bo‘lmasligi kerak. O‘tirgichlar haydovchining o‘lchamlariga moslashtiriladi, yoki ko‘tariladi, o‘lchamlariga moslashtiriladi, ya’ni ko‘tariladi, tushiriladi, yotqiziladi, suriladi va boshqalar.

Kabina oynalarida yoriqlar bo‘lmasligi kerak, oyna tozalagichlar yaxshi ishlashi kerak. Kabina eshiklarini yaxshi moslashtirilgan bo‘lishi kerakki, ular o‘z-o‘zidan ochilib ketmasin. Meliorativ mashinalar meditsina aptechkasi, yong‘in o‘chirish moslamasi, sovutkich va shammollatish qurilmalari bilan jihozlanadi.

Meliorativ texnikalarni kechki smena (qorong‘ida) ishlashi uchun tayyorlanadi. Buning tarkibida texnika chiroqlarini sozligi ta’minlanadi, kabina chirog‘i ham ish holatida bo‘lishi kerak. Nazorat o‘lchov priborlarni yoritkichlari ham soz bo‘lishi kerak. SHu bilan birga ko‘chma uzayadigan chiroq ham bo‘lishi lozim. Aks holda texnikani ishlatishga ruxsat etilmaydi.

Mashina mexanizmlarda yoqilg‘i tomib turishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Mexanizmlarning sovitish sistemasi yaxshi ishlashi lozim, sovituvchi suyuqlik oqishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Mexanizmlarning moylash tizimidan moyning oqishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Agarda bunday holat mavjud bo‘lsa uni tezdan tuzatish choralari ko‘rilishi lozim.

Mexanizmlarni yoqilg‘i bilan zapravka qilish, buning uchun ko‘chma yoqilg‘i quyish mexanizmlaridan foydalanish meliorativ texnikalardan foydalanish xarakterlidir. Ular kerakli jihozlar bilan ta’minlanadi, ya’ni yoqilg‘i haydash nasosi (nasos va qo‘l nasosi). Yoqilg‘i quyish mashinalari normativ bo‘yicha yong‘inga qarshi moslamalar bilan jihozlanadi.

Mashinalarni ishga tushirishdan oldin sovitish, moylash sistemalarida sath tekshiriladi. Gidorsistemadagi suyuqlikning normada bo‘lishi tekshiriladi. Zaruriyat bo‘lsa, ya’ni belgilangan miqdordan kam bo‘lsa uni normaga keltirish kerak. Buning uchun sistemaga kerakli suyuqlik qo‘yiladi.

Sovuq iqlimli mavsumlarda mexanizmlar joylashgan qurilish maydonida dvigatellarni isitish choralari ko‘riladi. Dvigatellarni isitishda issiq suvdan, suv bug‘idan, isitkichlardan foydalanish usullari bilan va qurilmalari mavjud.

Mexanizm yurgizgichini arqon bilan harakatga keltiriladigan bo‘lsa arqonni qo‘lga o‘rash kerak emas, un panjalar orasidan o‘tkazib ushlash tavsiya etiladi.

Mexanizmlarni joyidan qo‘zg‘atishda ovozli signalni ishlatish bilan kutilmagan kishilarni mexanizmda yoki uning atrofida bo‘lmasligi ogohlantiriladi. Unga to‘liq ishonch hosil qilgandan so‘ng harakati boshlanadi.

Mexanizmlarning gidrosistemasidan (shlang, nasos, ventillar, gidro-silindrlar, raspredilitellar) suyuqlik oqmasligi kerak, jihozning o‘z-o‘zidan harakatlanishi (masalan strelani, kovshni va boshqalar) tushib ketmasligi kerak.

Ekskavatorning xartumida (strelksida) yorilgan, qiyshaygan yoki zaklepkasi ko‘chib qolgan joylari bo‘lmasligi kerak. Meliorativ texnikada ishlovchilarni elektr tokidan himoyalash uchun uni yerga ulanadi. Chaqmoq vaqtlarida ishni to‘xtatiladi.


Download 332,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish