Ishga tushirish. Mexanizmlarni xavfsiz ishlashining asosiy shartlaridan biri mashinistlarning ularni xavfsiz boshqarish va xizmat ko‘rsatish bilimidir. Meliorativ texnikalarni boshqarishga 18 yoshdan kam bo‘lmagan, meditsina ko‘rigidan o‘tgan, maxsus kursni o‘tab boshqarish uchun shahodatnomaga ega bo‘lganlarga ruxsat etiladi. Xizmat ko‘rsatuvchi xodim arzimagan e’tiborsizlik yoki kamchilik avariyaning yoki baxtsiz hodisaning sababi bo‘lishini bilish lozim. Shuning uchun mexanizmni yurgazishdan oldin mashinist yoki xizmat ko‘rsatuvchilar texnikani e’tibor bilan ko‘rikdan o‘tkazishi lozim. Lozim bo‘lsa tegishli tartibda kamchilikni tuzatish kerak. Mexanizmlarning tormoz, rul, mufta, yurish qismi detallari ishchi organlarining mahkamligining soz holda bo‘lishini doimiy holatda tekshiruvi va uning ta’minlash lozim. Mexanizmlar rulidagi mofti ruxsat etiladigan miqdordan kam bo‘lmasligi kerak. Mufta tizimi normal ishlashi lozim. Tezliklarni qo‘shganda va ayirganda yengil va silliq ishlashi kerak. Zanjirli texnikalarda zanjirning tarangli holati yaxshi bo‘lishi kerak. Tortish yulduzchasiga to‘liq ulanishi lozim. Uni surilishi yoki o‘tib ketishi mumkin emas. Zanjirning taranglik holati aylanuvchi podshipnik juvalar orasidagi versiya xarakatlanish o‘lchami 40...80mm dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Aksariyat meliorativ texnikalar gidravlik boshqaruv tizimiga ega. Mexanizmlarni xavfsiz ishlatishda gidrotizimlarning normal ishlashi asosiy rol o‘ynaydi. Buning uchun gidrotizimlardagi suyuqlik miqdori nasos va boshqa joylardagi klapanlar yaxshi ishlashi lozim.
Gidrotizimlardagi shlanglarni va ularni mahkamlanish holati doimiy kuzatuvda bo‘lishi kerak. Nosoz qismlarni darhol almashtirish kerak. Tros bilan boshqariladigan meliorativ texnikalarda trosning holatini kunlik qarov sifatida tekshirib turish lozim. Trosni nosozligi ishlovchilarni jarohatlanishi, mexanizmni avariya holatiga olib keladigan omil hisoblanadi. Texnikadagi barabanlar, lebedkalarni holati, ularni himoya qismlari doimiy tekshirib turilishi lozim. Kichik nosozlik aniqlanishi bilan darhol tuzatish chorasi ko‘riladi. Ular bilan bog‘liq ishlarni bajarganda texnika dvigateli o‘chirilgan bo‘lishi kerak. Lebedka, baraban, tros va shu kabilar bilan ishlaganda shaxsiy himoya vositalari albatta bo‘lishi lozim va undan foydalanish kerak.
Havoni sovuq vaqtlarida texnikaning sovitish tizimida maxsus suyuqlik (antifris va boshqalar) ishlatiladi. Dvigatelni ishga solishdan oldin har doim sovitish tizimidagi suyuqlik mavjudligi tekshiriladi, kerak bo‘lsa to‘ldiriladi. Qish vaqtlari dvigatelni isitish uchun alangalanuvchi moslamalardan foydalanish qatiyan taqiqlanadi. Buning uchun issiq suv, suv bug‘i, issiq havodan foydalanish tavsiya etiladi.
Mexanizmga texnik xizmat ko‘rsatishda, ko‘rikdan o‘tkazishda metrologik sharoit hisobga olinishi kerak. Mashinist, mexanizator va umuman xizmat ko‘rsatuvchilar shamol yo‘nalishini hisobga olgan holda ish bajarishi lozim, aks holda har xil zararlanish holatiga tushishi mumkin. Texnikalarni dvigateli ishlab turgan holatda qoldirish mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |