Shikastlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.
Meliorativ texnikalar bilan ishlashda 1-tibbiy yordamga muhtoj bo‘ladigan quyidagicha shikastlanishlar va zararlanishlar bo‘ladi:
Sinishlar, lat yeyish, chiqish va cho‘zilishlar. Inson organizmida suyaklarning sinishi yoki chiqishini shu joyning ishib ketishi, odatiy bo‘lmagan qiyshayish va og’riq tufayli aniqlash mumkin. Bunday paytda birinchi vazifa shikastlangan bo’g’inlarni qo‘zg’almaydigan tinch holatini saqlash kerak. Lat yegan joyni yaxlatish zarurdir. Bu tadbir og’riqni qoldirish bilan birgalikda zarar yetmagan joylarga ћam putur etkazmaslikni ta’minlaydi vash u o‘rinda bemorni kasalxonaga olib borishda yordam beradi. Bunday ћolatni saќlash singan yoki chiqqan joyga faner, karton shinalar qo’yish yordamida ta’minlash mumkin. Shinalarni qo’yish va uni bog’lash vaqtida imkon qadar lat yegan joyni avvalgi ћolatini o‘zgar-tirmaslikka ћarakat ќilish kerak.
Qovurg’alar singan holatda yo’talish, nafas olish vaharakat natijasida qattiq og’riqlar seziladi. Og’riqlarni oldini olish uchun bemorning ko‘krak qismini bint yoki sochiq yordamida nafas chiqargan paytda bog’lab qo‘yish kerak. Shunita’kidlab o‘tish kerakki, jarohatlangan joyga yod surtish yoki issiq kompress qo‘yish qat’yan man etiladi. Chunki bu holat og’riqni yanada kuchayishiga olib keladi. Qo’l suyaklari singan hollarda boshqa hollar kabi shinadan foydalaniladi. Agar shina bo‘lmay qolsa qo‘l bo‘yinga osib qo‘yiladi va bint yoki mato bilan gavdaga mahkam bog’lab qo’yiladi.
Boshni lat yeyishi natijasida miya chayqalishi bosh suyagining sinishi kabi baxtsiz hodislar kuzatiladi. Miya chayqalishi hollarida ko‘pincha bosh og’rig’i, nafas siqilishi va ko‘ngil aylashi holatlari ham uchraydi. Bosh suyakning singanini quloqlar va og’izdan qon ketishi orqali bilish mumkin. Bu hollarda jabrlanuvchi xushsiz holatda bo‘ladi. Vrachning kelishiga qadar lat yegan joyga muzni qo’yib sovuq holatda ushlash kerak.
Barmoqlarning sinishi. Bu hollarda birinchi yordam shinaga panjalar qattiq bog’lanadi, shuni e’tiborga olish kerakki barmoqlar ozgina egilgan holatda bo’lishi mato (ro’mol) bilan osib qo’yiladi.
Oftob yoki issiq urishi quyosh nurining boshga urishi qonning miyaga ko‘p miqdorda quyilishiga sabab bo‘ladi, inson organizmida birdaniga holsizlik, bosh og’rig’i va ko‘ngil aynash hollari yuzaga keladi. Jabrlanuvchini kechiktirmasdan quyosh tegmaydigan soya joyga yotqizib, uni siqib turgan kiyimlarini bo‘shatib, bosh va ko‘krak qismiga muzdek kompress qo’yish kerak. Agar shunda ham kishi o‘ziga kelmasa bemorga noshatir spirtini hidlatish va valerianka berish maqsadga muvofiqdir. Agar bemorda pulus yo’qolib qolsa, unda sun’iy ravishda nafas oldirish kerak.
Ilon va zaharli hashorotlar chaqqanda birinchi yordam chaqish natijasida jabrlanuvchida og’iz bo‘shlig’i qurishi, achchiq ta’m, holsizlik, pulusning tezlanishi va bosh aylanishi hollarda kishida paylar tortilib, xushini yo’qotish va nafas olishi to’xtab qolishi mumkin. Tishlangan joy birdan qizaradi va qattiq og’riq paydo bo‘ladi. birinchi yordam bemorni yotqizib, issiq choy berib 15-20 tomchi valerianka eritmasini ichirish kerak. tishlangan joyni kesish, kuydirish yoki zaharni so’rib olish hollari qa’tyan man etiladi. jabrlanuvchini yotgan holda kasalxonaga jo‘natiladi.
Kuyishda birinchi yordamkuyish deb – to’qimalarning yuqori harorat (termik kuyish), kimyoviy moddlar (kimyoviy kuyish) ta’sirida shikastlanishlarga aytiladi.
Termik kuyish – to’qimalarga yuqori harorat, issiq bug’ suv va boshqalar ta’sir etganda ro‘y beradi.
Kuyishning birinchi darajasi unchalik yuqori bo’lmagan termik omilning qisqa muddatli ta’sirida kuzatilib, terining qizarishi va ozgina ishishi bilan xarakterlanadi (erimtoz forma). Kuyishning bu darajasida teri kapillarlari kengayadi va qonning suyuqqismi (plazmasi) atrofidagi to’kimalarga chiqadi. O’tish muddati 2-3 kun bo’lishi mumkin. Kuygan joyda teri pigmentatsiyasi va keyinroq epidermesning ko’chib tushishi kuzatiladi. Kuyishning II darajasi pufaklar paydo bo’lishi bilan xarakterlanadi (bulez forma).
Kuyishning bu darajasida yallig’lanish bir muncha ro’y-rost yuzaga chiqadi.Kuyishda birinchi yordam berishda avvalo o’t olov o’chirish uchun shikasitlangan kishini qalin matoga o’rash zarur.Kuyishda kiyim bosh yechilmaydi, balki qirqiladi. Aseptik bog’lamlar qo‘yiladi va davolash muassasasiga yuboriladi.
Kimyoviy kuyish – termik kuyishga nisbatan birmuncha kam uchraydi. Bu to’qimalarda kimyoviy moddalar (kislotalar, ishќorlar, og’ir metallarning tuzlari, fosfor va boshqalar) ta’sir etganda ro’y beradi. Kimyoviy moddalardan kuyish ishlab chiqarishda ћam, turmushda ћam ko’pincha kimyoviy moddalarni pala-partish ishlatish oqibatida yuz beradi.
Kimyoviy moddani kuchli suv oqimi bilan tez yuvib tashlashdan boshlanadi.Modda qoldiqlarini esa neytrallash kerak.Kislotalarni neytrallash uchun 2% li ichimlik soda eritmasi qo’llaniladi.Qattiq kuyishda bu sohaga bo’r kukuni sepiladi. Ishqorlarni 2% li sirka kislota yoki limon kislota eritmasi bilan neytrallanadi. Terigacha yonib turgan fosfor bo’lakchalari tushganda gavdaning bu qismini suvga botirib turishva fosfor qoldiqini pinset bilan olib tashlash kerak. Shikastlangan soћaga 5% li mis kuprosi eritmasiga ћo‘llangan boѓlam ќo‘yiladi yoki talk kukuni sepiladi. Fosforga qarshi pasta yaxshi naf beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |