ФИО автора: Farg’ona imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktabi
Maxsus fan o’qituvchisi
Qodirova Nigora Amanovna
Название публикации: «ELEKTROTEXNIKA VA ELEKTRONIKA ASOSLARI FANINI NOAN’ANAVIY O‘QITISH USULLARI»
Annotatsiya
Ushbu maqolada Elektrotexnika va elektronika asoslari fanini noan’anaviy o‘qitish usullari xaqida tushunchalar berilgan.
Kalit so’zlar: noan’anaviy o‘qitish usuli, interfaol usullar, Kirxgof va Om qonuni. Keyingi paytlarda o‘qitishning noan’anaviy usullaridan, xususan o‘qitishning interfaol usullaridan foydalanish yuqori bilim saviyasiga erishish takrorlanuvchan o‘quv jarayonini tashkil etishni ta’minlaydigan talabalarning mustaqil bilim olishlarini faollashtiruvchi va ularning fikrlash qobiliyatini rivojlantiruvchi o‘qitishning zamonaviy usuli sifatida qaralmoqda.
Interfaol o‘qitishning mohiyati o‘quv jarayonini shunday tashkil etishdap iboratki unda barcha o‘quvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo‘lib, erkin fikrlash, tahlil qilish va mantiqiy fikr yuritish imkoniyatlariga ega bo‘ladilar.
Bilish va o‘quv materialini o‘zlashtirish jarayonida o‘qituvchilarning birgalikdagi faoliyati deganda, ularni har birining o‘ziga xos aloqada individual hissa qo‘shishi, o‘zaro bilimlar, g‘oyalar va faoliyat usullari bilan almashinishlari tushiniladi. Shu bilan birga, bularning hammasi o‘zaro hayri hoxlik va qo‘llab-quvvatlash muhitida amalga oshiriladi. Bu esa o‘z navbatida yangi bilimlarni olishgagina imkoniyat bermasdan, balki bilish faoliyatining o‘zini ham rivojlantiradi, uni yanada yuqoriroq, kooperatsiya va hamkorlik pog‘onalariga olib chiqadi.
Darslardagi interfaol faoliyat o‘zaro tushinishga, hamkorlikda faoliyat yuritishga, umumiy, lekin har bir ishtirokchi uchun ahamiyatli masalalarni birgalikda yechishga olib keladigan dialogli aloqani tashkil etish va rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Interfaol metod bitta so‘zga chiquvchining, shuningdek bitta fikrning boshqa fikrlar ustidan dominantlik qilishligini bartaraf etadi. Dialogli o‘qitish jarayonida o‘quvchilar tanqidiy fikrlashga, shart-sharoitlarni va tegishli axborotni taxdil qilish asosida murakkab muammolarni yechishga, alternativ fikrlarni chamalab ko‘yishga, ulab va asosli ravishda qarorlar qabul qilishga, diskussiyalarda ishtirok ztishga, boshqalar bilan muloqot qilishga o‘rganadilar. Buning uchun darslarda individual, juftli va guruhda ishlar tashkil etiladi, izlanuvchi loyihalar, rolli o‘yinlar qo‘llaniladi, xujjatlar va axborotning turli manbalari bilan ish olib boriladi, ijodiy ishlar qo‘llaniladi.
Interfaol o‘qitishni tashkilotchilari uchun, sof o‘quv maqsadlaridan tashqari quyidagi jihatlar ham muhimdir:
guruhdagi o‘quvchilarning o‘zaro muloqatlari jarayonida, boshqalarning qadriyatlarini tushunib yetish;
boshkdlar bilan o‘zaro mulokdtda bo‘lish va ularning yordamiga muxtojlik zaruratining shakllanishi;
o‘quvchilarda musobaqa, raqobatchilik kayfiyatlarini rivojlantirish.
shuning uchun interfaol o‘qitish guruhlarida muvaffakiyatli faoliyat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan ikkita asosiy funksiyalar amalga oshirilishi lozim:
o‘qitishning pragmatik jihati-quyilgan o‘quv masalasini yechishlikning shartligi;
tarbiyaviy masalalarni yechish - hamkorlikdagi ish jarayonida guruh a’zolariga yordam ko‘rsatish, xulq-atvor normalarini shakllantirish.
Ma’ruza mashg‘ulotlarida muammoli savollar tuzib, bu savollarga javob berish orqali dars olib borish xam yaxshi samara beradi. Bundan tashqari guruhdagi iqtidorli talabalarni bir nechtasiga oldindan ushbu mavzudagi o‘zgarmas tok zanjirlarini hisoblashni ―Kirxgof va Om qonunlarini bevosita qo‘llash usuli, kontur toklar usuli, tugun potensiallar usuli va ustlash usullarini o‘rganib kelish topshirig‘ini beriladi va ular dars paytida navbatma-navbat doskada o‘zlari uchun berilgan usulni tushuntirib beradilar. Bunda o‘qituvchi xar bir usullarni tushuntirish davomida yoritilmagan jixatlarni yoritib, mavzuni to‘ldirib boradi va talabalarni savollariga javob beradi. Shu yo‘l bilan mavzu bo‘yicha barcha ma’lumotlarni talabalarga yetkazish mumkin, bunda dars davomida talabalar bilan savol-javob, muloqot tarzida olib borish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Bundan tashqari ma’ruza mashg‘ulotlarida informatsion texnologiyalardan foydalanish xam yaxshi samara beradi, ya’ni mavzuga oid turli xil animatsiya va video tasvirlardan foydalanish mumkin.
Elektrotexnika va elektronika asoslari fanini talabalar tomonidan chuqur o‘zlashtirishga erishish maqsadida ma’ruza mashg‘ulotlaridan tashqari amaliy mashg‘ulotlar xam rejalashtirilgan bo‘lib, ularni olib borishda yangi pedagogik texnologiyalarning interfaol usullaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Bunda
―Insert;
―Kubik;
―BBB;
―Sinkveyn;
―Sematik xususiyatlar tahlili;
―Klaster;
―Venn diagrammasi va boshqa strategiyalaridan foydalanib mashg‘ulotlarni to‘liq yoritish ko‘zda tutiladi.
Quyida Elektrotexnika va elektronika asoslari fanidan amaliy mashg‘ulotlarni interfaol usullardan foydalanib olib borish metodikasi keltirilgan.
Amaliy mashg‘ulotlarni o‘qitishning interfaol usullaridan foydalanib olib borishda ChAF (chaqiriq, anglash, fikrlash) usulini qo‘llab, darsni bosqichda olib boriladi.
Tayyorlov.( 10 daqiqa)
Bunda darsga qatnashmagan talabalarni aniqlanadi. Talabalar kichik guruhlarga ajratiladi. Darsning mavzusi, maqsadi aniqlashtirilgan o‘quv maqsadlari e’lon qilinadi.Talabalar mavzuni daftarlariga yozgan xolda amaliy mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘radilar. O‘zlari uchun darsdagi maqsad va vazifalarni belgilaydilar. O‘z muloxaza va takliflarini kiritadilar.
Chaqiriq (10 daqiqa)
O‘qituvchi talabalarga mavzuga oid turli xil savollar berib, ularni amaliy mashg‘ulotga tayyorgarliklarini tekshirib ko‘radi. Talabalar o‘qituvchining savollariga javob berish bilan amaliy mashg‘ulotga tayyor ekanliklarini bildiradalar.
Anglash (40 daqiqa)
O‘qituvchi doskaga bitta murakkab bo‘lmagan o‘zgarmas tok zanjirini chizib, har bir kichik guruhga ushbu zanjirni bitta usulda hisoblash topshirig‘ini berib, talabalarni ushbu topshiriqlarni bajarishini kuzatib turadi va kerakli maslahatlar beradi. Talabalar berilgan zanjirni o‘z kichik guruhlari uchun berilgan usul bilan hisoblaydilar va o‘z kichik guruhlarida umumlashtiradilar. Har bir kichik guruhdan bir talaba chiqib ushbu zanjirni o‘z guruhiga tegishli usul bilan hisoblab beradi va berilgan savollarga javob beradi. Bunda o‘qituvchi har bir kichik guruhni ishini aloxida nazorat qilib turadi.
Fikrlash (15 daqiqa)
Bunda mavzu bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilimlarni mustaxkamlash maqsadida ―Klaster strategiyasidan foydalanish mumkin bo‘ladi. Bunda o‘qituvchi talabalarni qayta bir necha guruhga ajratadi va doskaga mavzuga doir kalit so‘zini yozadi. So‘ngra talabalar fikrlariga kelgan so‘z va iboralarni aytishadi va o‘qituvchi bu so‘zlarni doskaga birma- bir yozib boradi.
Xar bir kichik guruh o‘z guruhi uchun klaster tuzadi va har bir kichik guruhdan bir talaba chiqib o‘z guruhiga tegishli klasterni izohlab, berilgan savollarga javob beradi. So‘ngra o‘qituvchi butun guruh uchun eng yaxshi tuzilgan klasterni doskaga chizadi. Shunday qilib o‘zgarmas tok zanjirlariga oid barcha ma’lumotlar doskada paydo bo‘ladi va o‘qituvchi talabalarni savollariga javob beradi.
Uyga vazifa (5 daqiqa)
O‘qituvchi mavzu bo’yicha hisoblash ishlari uchun mustaqil ish topshiriqlarini beradi. Dars davomida faol ishtirok etgan talabalarni baholab boriladi va ularni baholarini e’lon qiladi. Keyingi dars mavzusi bo‘yicha topshiriqlar beriladi.Shunday qilib amaliy
mashg‘ulotlarni interfaol usullardan foydalanib olib borilganda darsning samaradorligi ortadi va talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari sezilarli darajada ortadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
Birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari. T. O‘zbekiston, 2009 y.
Sanoat korxonalari va fuqaro inshoatlaridagi elektromontaj ishlari tayyorlov yo‘nalishi bo‘yicha tarmoq ta’lim standarti va o‘quv dasturlari. Toshkent. 2003 y.
Ochilov M, Ochilova N. Oliy maktab pedagogikasi.T.2008 y
Olimov Q.T. va boshqalar. Zamonaviy ta’lim texnologiyalari. Monografiya. T. 2007 y.
Do'stlaringiz bilan baham: |