МЕСТО И РОЛЬ КУЛЬТУРЫ И ИСКУССТВА В РАЗВИТИИ
ОБНОВЛЯЮЩЕГОСЯ УЗБЕКИСТАНА
Аннотация:
В данной статье рассматривается роль культуры и искусства в
развитии Узбекистана. Предстоит подробное обсуждение приоритетов развития
культуры и искусства, одного из важных столпов развития, препятствий и
проблем, которые предстоит преодолеть.
Ключевые слова:
национальность, культура, молодежь, развитие, управление,
направление.
Inson paydo bо‘libdiki, u hamisha о‘z taqdirini millat, Vatan va xalq taqdiri bilan
bog‘laydi. Inson yashash va yaratish uchun tug‘iladi. Har bir inson zimmasiga о‘zi
yashab turgan jamiyatning tashvishiga sherik bо‘lishdek ulug‘ mas’uliyat yuklangan.
Ayni paytda biz uni qanday bajarmoqdamiz?.. Davlat rahbarining tashabbuslari bilan
amalga oshirilayotgan shiddatli islohotlar mohiyatini hammamiz ham anglab
yetmoqdamizmi? Yangilanayotgan О‘zbekiston siyosiy jamiyatida bizning о‘rnimiz
qayerda va qanday? Bu savollar kо‘pchilikni о‘ylantirishi tabiiy, albatta. Keyingi tо‘rt
yil О‘zbekistonni, qolaversa, о‘zbek xalqini ham dunyoga qayta tanitdi. Buni dunyo
hamjamiyati e’tirof etib, mamlakatimiz kelajagiga katta ishonch bildirilmoqda.
Prezidentimiz
millatning
dunyoqarashini
tubdan
yangilash,
mamlakatimiz
taraqqiyotiga muhim hissa qо‘sha oladigan yangi barkamol avlodni tarbiyalash,
maktabgacha ta’lim, maktab va oliy ta’limni tо‘liq isloh qilish orqali ilm-ma’rifatli,
yuksak madaniyatli millat bilan yangi uchinchi Renessans g‘oyasini ilgari surmoqda.
О‘zbekistonda yangi Uyg‘onish davri, ya’ni uchinchi Renessans poydevorini yaratish
asosiy maqsad qilinib olinayotgan bir paytda bunday yuksak chо‘qqilarni zabt etish
uchun milliy madaniyatning strategik ahamiyatga ega ekaniga ham alohida e’tibor
qaratish barcha davlat boshqaruv organlari, shuningdek, mahalliy hokimliklar,
832
tashkilot va idoralar mutasaddilarining kundalik vazifalariga aylanmog‘i lozim.
Sо‘nggi tо‘rt yil mobaynida madaniyat va san’at sohasi о‘zining tiklanish, taraqqiyot
va yuksalish davrini boshdan kechirmoqda, desak mubolag‘a bо‘lmasligini tahliliy
natijalar, soha taraqqiyotiga doir huquqiy-normativ baza yaratilganligini namoyon etib
turibdi.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 29
dekabrdagi Murojaatnomasi madaniyat va san’at namoyondalari tomonidan katta
hurmat va yuksak ehtirom bilan kutib olindi.
Hayot oldimizga yana qancha sinov va muammolarni qо‘yishi mumkin va biz har
qanday holatga tayyor turishimiz, qanchalik qiyin va murakkab bо‘lmasin, oldinga,
faqat oldinga qarab boramiz. Va biz bunga har tomonlama qodirmiz. Chunki bugungi
xalqimiz – kechagi xalq emas. Bugungi О‘zbekiston ham – kechagi О‘zbekiston emas.
Uchinchi Renessans poydevorini yaratishdek ezgu maqsad yо‘lida buyuk xalq harakati
tobora kengayib bormoqda. Bunday qudratli safda bо‘lishning о‘zi katta baxt, katta
sharafdir, – deb ta’kidlaydi muhtaram Prezidentimiz Murojaatnomada.
Madaniyat xodimlari ham Yangi О‘zbekistonni barpo etilishida yuksak
chо‘qqilarni zabt etish uchun davlatimiz rahbari tomonidan kо‘rsatilayotgan
g‘amxо‘rlikka javoban xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimizning ma’naviy ruhiy faolligini
oshirish, ularning kayfiyatini kо‘tarish maqsadida fidoiylik kо‘rsatib mehnat qilishga
shay bо‘lib turishibdi. Murojaatnomada xalqimizning madaniy-ma’rifiy hayotini
yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratilib, madaniyat va san’at muassasalari
faoliyatini jonlantirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga byudjetdan
420 milliard sо‘m yо‘naltiriladi. Jumladan, hududlarda 22 ta teatr va madaniyat obyekti
qurilishi va rekonstruksiya qilinishi ta’kidlandi. Mana shu о‘rinda men bir narsani
alohida ta’kidlamoqchi edim, avvallari rahbarlarning ma’ruzalarida madaniyat
sohasida aniq bir gap aytilmasdi. Umumiy fikrlar bildirilardi. Sо‘ngi tо‘rt yil
mobaynida madaniyat va san’at sohasini taraqqiy ettirish maqsadida 40 dan ortiq
farmon va qarorlar qabul qilindi. Murojaatnomada Toshkent shahrining markazida
Milliy akademik drama teatri, yangi san’at muzeyi, zamonaviy kutubxona hamda
Alisher Navoiy nomidagi xalqaro ijod maktabidan iborat madaniyat va ma’rifat
833
majmuasini barpo etilishi aytilganda 40 yildan ortiq vaqt mobaynida shu sohada ishlab
kelayotgan madaniyat xodimi sifatida shu kunlarga yetganimizga shukronalar aytdim.
Eskini yamasang, esing ketadi deb, bejiz aytmagan dono xalqimiz. Bunday
deyishimning boisi Milliy akademik drama teatr binosi asli kinoteatr bо‘lgan, juda
kо‘p marotaba ta’mirlandi, juda kо‘p mablag‘ sarflandi, ammo, eski kinoteatr binosi,
haqiqiy teatr binosi bо‘lolmadi.
Qayta-qayta ta’mirlanaverib eski bino ham, aktyorlarimiz ham charchadi. Mana
endi davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Akademik teatr binosi yangidan barpo etiladi.
San’atkorlarimizning uzoq yillik orzulari ushaladi.
“Biz О‘zbekistonning yangi qiyofasini yaratishga kirishgan ekanmiz, buni, avvalo
milliy madaniyatimizni rivojlantirishdan boshlashimiz lozim. Shu ma’noda, madaniyat
– bu xalqimiz, jamiyatimiz qiyofasidir. Xulosa shuki, xalqimizning rivojlanish
darajasi, avvalo, milliy madaniyatimizga qarab baholanadi”, − deb uqtiradi davlatimiz
rahbari. Prezidentimizning ushbu da’vati barchamizga ulkan mas’uliyat yuklaydi.
Darvoqe, yangi О‘zbekiston ravnaqi uchun yangicha dunyoqarash bilan yanada
g‘ayrat-shijoat kо‘rsatib ishlash vaqti keldi.
Milliy madaniyatimiz va san’atimizni rivojlantirish maqsadida istiqlol yillarida
amalga oshirilgan ishlarning mazmun-mohiyatini tanqidiy tahlil qilish, chuqur
о‘rganish va shu asosda boshqaruv tizimini qayta shakllantirish va takomillashtirish,
bunda madaniyat va san’atning jamiyat siyosiy hayotida namoyon bо‘lishi hamda
xalqimiz turmush tarzida tutgan ulkan rolidan oqilona foydalanish kabi о‘ta muhim
jihatlarga alohida e’tibor qaratish lozimligi kun tartibining asosiy masalasi sifatida
kо‘rib chiqildi.
Millat yuksalishining muhim ustunlaridan biri bо‘lgan madaniyat sohasini
tubdan isloh qilish “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida” Prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan
2017-yil 15-fevralda imzolangan Farmondan boshlandi, desak mubolag‘a bо‘lmaydi.
О‘tgan davrdagi hayotiy tajriba shuni kо‘rsatdiki, bitta vazirlikda madaniyat va sport
sohalarining kо‘p qirrali va murakkab jihatlarini tо‘liq о‘rganilmasdan
834
birlashtirilganligi madaniyat va san’at sohasining yirik yо‘nalishlari bо‘lgan teatrlar,
muzeylar, bolalar musiqa va san’at maktablari, mumtoz musiqa, madaniyat markazlari,
muzeylar, madaniyat va istirohat bog‘lari va xalq ijodiyoti san’ati turlarini
ommalashtirish hamda ommaviy jismoniy tarbiyani keng miqyosda rivojlantirish
bо‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosi Madaniyat va sport ishlari vazirligi
tomonidan mutasaddi organ sifatida tо‘liq amalga oshirilmadi.
Yuzaga kelgan salbiy holatlarni bartaraf etish uchun vazirlik faoliyatini qayta
qurib chiqish zarurati paydo bо‘ldi. Shunga kо‘ra davlatimiz rahbarining tashabbusi
bilan Madaniyat va sport ishlari vazirligi tugatilib, Prezident Farmoniga muvofiq uning
negizida О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va О‘zbekiston Respublikasi
Jismoniy tarbiya va sport davlat qо‘mitasi tashkil etildi. Shuni alohida ta’kidlash joizki,
mamlakat aholisining hayoti uchun juda zarur bо‘lgan ikkita keng kо‘lamli sohaning
taraqqiy etishiga tо‘liq shart-sharoit yaratildi. Madaniyat va san’atning istiqbolini
о‘ylab yuritilgan oqilona siyosat milliy madaniyatimizning kelgusi rivoji uchun muhim
tarixiy ahamiyatga ega bо‘ldi. Shunday qilib, о‘zbek san’ati va sportini dunyo
miqyosida yuksak natijalarga erishishi uchun zarur imkoniyatlar yaratildi.
Tarixdan ma’lumki, biron-bir jamiyat о‘zining milliy-ma’naviy, axloqiy-ruhiy
imkoniyatlarini odamlar ongida azaliy qadriyat sifatida shakllantirishda asosiy
vositalardan biri bо‘lgan madaniyat va san’atni rivojlantirmay turib о‘z istiqbolini
tasavvur etaolmaydi. Darvoqe, muhtaram Prezidentimiz 2017-yil 3-avgustda
О‘zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan bо‘lgan uchrashuvda Mudofaa vaziri bilan
Madaniyat vazirining vazifalarini qiyoslab о‘tgani bejiz emas, albatta. Bundan xulosa
shuki, davlat mudofaasiz yashay olmaganidek, jamiyatning asosiy negizi hisoblangan
madaniyat va san’atsiz ham tо‘laqonli mamlakat bо‘laolmaydi. Uchrashuvda
madaniyatimiz va san’atimizning rivojlanish jarayonlari, bu borada ijobiy an’analar
bilan birga, ayrim salbiy holatlar va ularning jamiyat hayotiga ta’sirini xolisona,
tanqidiy baholab, yechimini kutayotgan dolzarb muammolar va ularni bartaraf etish
yо‘llari haqida atroflicha fikr bildirdi. Ushbu yig‘ilishda Madaniyat vazirligi va tizim
tashkilotlari faoliyati haqida juda о‘rinli tanqidiy fikrlar aytilib, milliy
835
madaniyatimizning kelgusi hayoti uchun zarur bо‘lgan juda muhim masalalar hal
etildi.
Jumladan, davlat rahbari tomonidan yetakchi ijodiy tashkilotlarning “dо‘stlar
klublari”ni tashkil etish borasida ilgari surilgan tashabbusi asosida mamlakatimizdagi
yirik korxona, bank va kompaniyalar homiy sifatida madaniyat va san’at
muassasalariga biriktirib qо‘yildi. Shuningdek, О‘zbekiston xalq artistlari klubi
faoliyatini yо‘lga qо‘yish va klub a’zolari muntazam yig‘ilib, yurtimiz va jahon san’ati
olamida yuz berayotgan yangiliklar, ijodiy jarayonlarni о‘rganib chiqib, yosh
iste’dodlarni izlab topish, ularni tarbiyalash, xalqaro tanlovlarda ishtirokini ta’minlash
borasida yangi g‘oya va takliflarni ishlab chiqishi zarurligi ham kо‘rsatib о‘tildi.
Uchrashuvda madaniyat va san’at muassasalarida ishlayotgan kadrlarning 50 foizdan
ortig‘i oliy ma’lumotga ega emasligi jiddiy kamchiliklardan biri sifatida tanqid qilindi.
Davlat rahbari Qо‘qon shahar musiqali drama teatriga tashrifi chog‘ida teatr
jamoasidagi 53 nafar ijodiy xodimdan atigi 11 nafari oliy, qolgan 42 nafari о‘rta
maxsus va о‘rta ma’lumotga ega ekanligini achinib gapirdi. Hali uchrashuvning
ta’sirchan taassurotlarida yurganimizda matbuotda yig‘ilishda aytilgan muammo va
kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari tо‘g‘risidagi farmon va qarorlar chiqa
boshladi. Vodiy viloyatlarida sohaga doir kadrlarga ehtiyoj muammosini bartaraf etish
maqsadida uchrashuvdan ikki hafta о‘tar-о‘tmas 2017-yil 16-avgustda “О‘zbekiston
davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialini tashkil etish
tо‘g‘risida” Prezident qarorining imzolanishi mamlakatimiz madaniyati va san’ati
tarixida alohida ahamiyatga ega bо‘ldi.
2017-yil 16-oktabrda “О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamarmasini tashkil etish tо‘g’risida”, 2017-yil
18-oktabrda “О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining moddiy-texnik
bazasini mustahkamlash tо‘g‘risida”, 2018-yil 27-iyunda “О‘zbekiston davlat
filarmoniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari tо‘g‘risida” Prezident
Farmonlari imzolandi. 2017-yil 3-avgustda ijodkor ziyolilar bilan bо‘lgan tarixiy
uchrashuvda davlatimiz rahbari milliy estrada va mumtoz qо‘shiqchilik san’ati
836
yо‘nalishida mavjud bо‘lgan dolzarb muammolar xususida ham atroflicha fikr yuritib,
“Biz xalqimizning noyob merosi bо‘lgan maqom san’atini nafaqat yurtimizda, balki
butun dunyo bо‘ylab keng targ‘ib qilish, kerak bо‘lsa, xalqaro miqyosda maqom
tanlovlarini tashkil etish ustida ishlashimiz kerak”, − deb aytgan sо‘zlari ijodkor ahlini
tо‘lqinlantirib, ilhomlantirib yuborganlarini kо‘rib, ushbu tadbirga qatnashish baxtiga
muyassar bо‘lgan sohaning bir vakili sifatida Prezidentimizning о‘zbek xalqining
ma’naviy mulki hisoblangan mumtoz san’atimizga bо‘lgan cheksiz mehri va
e’tiboridan qalbim g‘urur va iftixorga tо‘lgan edi.
2017-yil 17-noyabr milliy madaniyatimiz solnomasining sо‘nggi tо‘rt yilligi
tarixida unutilmas kunlardan biri bо‘ldi. Xuddi shu sanada Prezident Sh.Mirziyoyev
“О‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi
qarorni imzoladi. Ushbu qaror milliy madaniyatimiz timsollaridan biri bо‘lgan maqom
san’ati istiqboli borasidagi tarixiy hujjat bо‘lib qolishi shubhasiz, albatta. Endi aslni
soxtadan, haqiqiyni nusxadan ajratish vaqti keldi, oldi-qochdi, soxta qо‘shiqchi-
mashshoqlarning usulsiz kuylariga chek qо‘yildi. Qarorda milliy maqom san’atini
rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy kamolotda tutgan о‘rni, qadimiy milliy-ma’naviy
qadriyatlar va an’analarni tiklash hamda boyitish, shuningdek, bozor munosabatlari
sharoitida mumtoz san’atimiz taraqqiyotini davlat yо‘li bilan qо‘llab-quvvatlash kabi
juda muhim masalalar qamrab olingani soha istiqbolida muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur qarorga asosan mumtoz qо‘shiqchilik san’ati yо‘nalishida tо‘planib qolgan
kamchilik va muammolarni bartaraf etish, о‘zbek maqom san’ati tarixini chuqur
о‘rganib, ilmiy-nazariy tadqiqotlar olib borish, о‘quv-uslubiy adabiyotlar chop etish,
о‘ziga xos ijro maktablari va an’analarini yangi bosqichga kо‘tarish, uning “oltin
fondi”ni yaratish va boyitish, xalqaro nufuzini oshirish va keng targ‘ib qilish
maqsadida О‘zbek milliy maqom san’ati markazi tashkil etildi. Har ikki yilda bir marta
Shahrisabz shahrida Xalqaro maqom san’ati festivalini о‘tkazish, “Eng yaxshi maqom
xonandasi”, “Eng yaxshi maqom sozandasi”, “Eng yaxshi maqom ustozi”, “Eng yaxshi
maqom targ‘ibotchisi”, “Eng yosh maqomchi” kabi nominatsiyalar bо‘yicha
mukofotlar ta’sis etish kabi qator vazifalar Maqom markazi zimmasiga yuklandi.
837
Toshkent shahrida Maqom markazi uchun zamonaviy talablarga javob beradigan
loyiha asosida yangi bino qurilishi, maqom yо‘nalishida faoliyat kо‘rsatib kelayotgan
ijodiy jamoalar, ansambllar
2023-yilgacha barcha soliq tо‘lovlaridan ozod etilishi, maqom san’atini tadqiq
qilish bilan bog‘liq ilmiy izlanishlar, о‘quv qо‘llanmalari, tarjimalar va zarur
adabiyotlarni nashr qilish xarajatlari respublika davlat byudjetidan moliyalashtirilishi
kabi о‘ta muhim vazifalarning qarorda belgilab qо‘yilishi mamlakat ma’naviy
yuksalishini ta’minlashdagi muhim qadam bо‘ldi.
2017-yilning 25-dekabr kuni madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish borasida
qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosining ta’minlanishiga bag‘ishlab, mutasaddilar
bilan yana bir yig‘ilish о‘tkazdi. Yig‘ilishda Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya va
ijodiy tashkilotlar rahbarlari hisobotlari tinglandi. Ularning faoliyatiga tanqidiy baho
berilib, olib borilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish va yangi bosqichga kо‘tarish
borasida aniq topshiriq va kо‘rsatmalar berildi. “Ma’lumki, har bir millatning
madaniyati va san’ati uning g‘ururi va iftixori hisoblanadi. Bugungi kunda milliy
madaniyatimiz va san’atimizni rivojlantirish bо‘yicha olib borayotgan barcha
ishlarimiz shu maqsadga qaratilgan. Muayyan ishlar amalga oshirilgan bо‘lsada, hali
bu borada qilingan ishlardan kо‘ra qilinmaganlari va dolzarb vazifalar juda kо‘p” ,−
dedi Prezidentimiz. Yig‘ilishda teatrlarning xalqimizga, ayniqsa chekka tuman,
mahalla va olis qishloqlar aholisiga madaniy xizmat kо‘rsatish bugungi kun talabiga
javob bermasligi alohida kо‘rsatib о‘tildi. Madaniyat va istirohat bog‘larini
rekonstruksiya qilish, soha xodimlarini qayta tayyorlash, malakasini oshirish, estrada,
raqs, orkestr jamoalari faoliyatini qayta kо‘rib chiqish, soha uchun zamonaviy
mutaxassislar tayyorlashni yо‘lga qо‘yish, yosh iste’dod egalarining salohiyatini
yuzaga chiqarish bо‘yicha olib borilayotgan ishlarning qoniqarli emasligi tanqid
qilindi. “Bir haqiqatni hech qachon esdan chiqarmasligimiz kerak, mamlakatimizda
madaniyat va san’at taraqqiy etmasa, jamiyat rivojlanmaydi.” ,– deb ta’kidladi yig‘ilish
sо‘nggida davlatimiz rahbari. Demak, Prezident madaniyat va san’at shiddatli
838
islohotlarni jadal amalga oshirishda о‘ta muhim va ayni paytda juda zarur omillardan
biri ekanligiga alohida e’tibor qaratmoqda.
Mamlakatimizda 2018-yilda ham madaniyat va san’atni rivojlantirish borasida
keng kо‘lamli ishlar amalga oshirildi. 19-20-yanvar kunlari Surxondaryo viloyatiga
tashrifi chog‘ida Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan yosh avlodni milliy-
ma’naviy qadriyatlarimiz, ona yurtga va ajdodlar merosiga yuksak sadoqat ruhida
tarbiyalash, milliy madaniyatimizning noyob durdonasi bо‘lgan baxshichilik va
dostonchilik san’atini rivojlantirish maqsadida Termiz shahrida Baxshilar maktabi
tashkil etildi. Milliy madaniyatimizning jon tomiri bо‘lgan, avloddan-avlodga о‘tib,
sayqallanib, xalqimiz badiiy tafakkurining boy va eng qadimiy an’analari, sо‘nmas
ohanglarini о‘zida jamlagan, bir-biridan sara terma va dostonlarni butun salobati bilan
asrlar davomida asrab-avaylab kelayotgan, ona yurtga sadoqat, mehr-muhabbat,
birodarlik va qahramonlikni, mardlik va jasoratni tarannum etuvchi baxshichilik
san’atini qayta tiklash va ommalashtirish maqsadida Prezidentimizning “Xalqaro
baxshichilik san’ati festivalini о‘tkazish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi (2018 yil 1
noyabr) va “Baxshichilik san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida” gi
(2019 yil 14 may) qarorlari madaniy hayotimizdagi ulkan tarixiy voqea bо‘ldi. Kо‘pni
kо‘rgan, goh Alpomish, goh Gо‘rо‘g‘li bо‘lib, dо‘mbirasi bilan dо‘stlashib, ona yurtni
madh etib, jonim fido senga, О‘zbekistonim, deb jо‘shib kuylayotgan kо‘ngli toza,
niyati pok baxshi bobo tilidan aytadigan bо‘lsak, bu kunlarning sadag‘asi ketay deb
yuborasiz.
Madaniyat va san’at sohasining eng muhim yо‘nalishlaridan biri hisoblangan
muzeylar faoliyatini takomillashtirish, ularning infratuzilmasi va moddiy-texnik
bazasini zamon talablari asosida mustahkamlash borasida ham qator meyoriy-huquqiy
hujjatlar qabul qilinib, ularda belgilangan vazifalar bosqichma-bosqich amalga
oshirilmoqda. Chunonchi, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “О‘zbekiston
Respublikasida madaniyat va san’at sohasini innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari
tо‘g‘risida” gi (2018 yil 26 avgust) qarori muzeylarda saqlanayotgan osori-
atiqalarimizni asrab avaylash va ularni muhofaza qilish borasida yangi bir qadam
839
bо‘ldi. Qarorga asosan 2017-2027 yillarda yangidan sakkizta muzey ochish, 21 ta
muzeyni qayta tashkil etish, 2027 yilgacha davlat muzeylari uchun 9 ta yangi bino
qurish, 11 tasida rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish, 68 tasini mukammal
ta’mirlash va qayta jihozlash ishlarini olib borish kо‘zda tutilgan.
2018-yil 28-noyabrda О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “О‘zbekiston
Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash
tо‘g‘risida” gi qarori madaniyat va san’at sohasidagi mavjud muammo va
kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan muhim tarixiy hujjat sifatida alohida
ahamiyatga ega.
Konsepsiyada, avvalo, madaniyat sohasiga oid normativ-huquqiy bazani
yaratish, ushbu sohadagi institusional tizimni va madaniyat muassasalari faoliyatini
yanada takomillashtirish asosiy vazifa etib belgilangan. Shuningdek, О‘zbekiston
Respublikasining “Madaniyat tо‘g‘risida”gi qonunini ishlab chiqish va qabul qilish
ham nazarda tutilgan. Vazirlik huzurida malakali mutaxassislardan iborat Ishchi guruh
tomonidan “Madaniyat tо‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilib, Oliy Majlis
Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qо‘mitasiga
taqdim etildi. Shuningdek, hujjatda tarixiy va madaniy merosimizni asrab-avaylash va
saqlash hamda uni yosh avlod tarbiyasida keng qо‘llash, milliy va umuminsoniy
qadriyatlarni yoshlarimiz ongiga singdirish, xalq ijodiyotini qо‘llab-quvvatlash,
madaniyat sohasida о‘zaro samarali xalqaro aloqalarni tashkil etish va rivojlantirish,
milliy madaniyatimizga jahon madaniyatining ajralmas qismi sifatida qarash kabi
muhim masalalarga ham alohida e’tibor qaratilgan. Konsepsiya 5 ta bob va 8
yо‘nalishdan iborat bо‘lib, uning 7-yо‘nalishi “Ilm-fan, ta’lim, kadrlar tayyorlash va
malakasini oshirish” deb nomlangan. Mazkur bob vazirlik tizimidagi ta’lim
muassasalari faoliyatini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xususan, soha uchun professional malakali kadrlarni tayyorlash, iste’dodli
ijodkorlarni yetishtirish, folklor, akademik va estrada musiqasiga doir adabiyotlar
yaratish, ilmiy tadqiqot ishlarini qо‘llab-quvvatlash, ilmiy natijalarni amaliyotga joriy
etish, xorijiy madaniyat va san’at muassasalari bilan tajriba almashish, chet el ta’lim
840
tizimining eng yaxshi yutuqlaridan, shuningdek madaniyat va san’at ta’limi tizimini
rivojlantirishga asoslangan texnologiyalardan keng foydalanish kabi masalalar
konsepsiyada asosiy vazifalar etib belgilab berilgan.
Hozirgi kunda mamlakatimizda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat
vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalari, Respublika
madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi, 39 ta
professional teatr, 450 dan ortiq turli yо‘nalishdagi muzeylar, 826 ta madaniyat
markazi, ularda faoliyat koʻrsatayotgan 549 ta unvonga ega badiiy havaskorlik
jamoalari, shundan 154 ta ashula va raqs xalq ansambli, 142 ta folklor ansambli, 44 ta
raqs xalq ansambli, 21 ta maqom ansambli, 26 ta vokal–cholg‘u estrada xalq ansambli,
8 ta Xalq xori, 58 ta xalq teatri, 21 ta qoʻg‘irchoq xalq teatri, 6 ta miniatyura teatri, 19
ta dorbozlar guruhi, 14 ta sirk jamoasi, 1 ta xalq filarmoniyasi, 11 ta karnay-
surnaychilar guruhi, 1 ta tasviriy san’at xalq studiyasi, 12 ta cholg‘u asboblari xalq
ansambli, 2 ta oilaviy ansambl, 3 ta opera studiyasi, 2 ta kino-foto studiya, 3 ta milliy
estrada guruhi, 2 ta dutorchilar xalq ansambli , 3 mingdan ortiq badiiy havaskorlik
tо‘garaklari, bundan tashqari, 322 ta bolalar musiqa va san’at maktabi, 257 ta
madaniyat va istirohat bog‘i, 200 ga yaqin tuman (shahar) madaniyat bо‘limlari hamda
yana bir qancha madaniyat va san’at muassasalari ishlab turibdi. Ularning har birida,
albatta, birinchi rahbar, о‘rta va quyi bо‘g‘in rahbarlari faoliyat kо‘rsatishadi. Demak,
ijtimoiy sohaning eng yirik jabhalaridan biri bо‘lgan madaniyat va san’at sohasini
boshqarish, uni yanada rivojlantirish va istiqbolini belgilashga mas’ul bо‘lgan
zamonaviy rahbar kadrlarni tayyorlash g‘oyatda dolzarb bо‘lib, davlatimiz rahbari
tomonidan doimiy ta’kidlab kelinayotgan ushbu jiddiy muammoning yechimini hal
etish konsepsiyadagi asosiy masalalardan biridir.
Konsepsiyaga asosan madaniyat markazlari mavjud bо‘lmagan chekka va olis,
tog‘li hududlarda istiqomat qilayotgan aholiga madaniy xizmatlar kо‘rsatishga
mо‘ljallangan, maxsus musiqiy va texnik uskunalar bilan jihozlangan “Avtoklub”
transport vositalari joriy yilda Navoiy va Andijon viloyatlariga davlat byudjeti
hisobidan olib berildi. Kelgusida esa respublikamizning barcha hududlari shunday
841
avtoklublar bilan ta’minlanadi. Madaniy xizmatning bunday zamonaviy usuli xalqimiz
ma’naviy-ruhiy ehtiyojlarini tо‘laqonli qondirishda о‘z ijobiy natijasini berishi
shubhasiz. Chunki avtoklublar konsert-tomosha faoliyati bilan cheklanib qolmay,
chekka hududlar aholisiga kitoblar, gazeta-jurnallar yetkazish, taniqli yozuvchilar,
shoirlar, teatr arboblari, siyosiy sharhlovchilar bilan muloqotlar uyushtirishni ham
amalga oshiradi, ijodiy kechalar tashkil etadi. Yana bir masala: shu paytgacha
yurtimizda mavjud bо‘lgan 894 ta sobiq madaniyat va aholi dam olish markazining
252 tasi naridan-beri ta’mirlanib, qolgan 642 tasida esa ta’mirlash ishlari deyarli
tо‘xtab qolgan edi. Konsepsiyada ana shu muhim va о‘ta dolzarb masalalar yechimi
ham о‘z ifodasini topgan. Konsepsiyaga binoan, 2019-2022 yillarda Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 26 ta madaniyat markazi yangidan
quriladi, 45 tasi rekonstruksiya qilinadi va 76 tasi kapital ta’mirlanadi. Shunday qilib,
uch yil mobaynida 147 ta madaniyat markazi zarur vositalar bilan tо‘liq ta’minlangan
о‘z zamonaviy binosiga ega bо‘ladi. Qolganlari ham bosqichma-bosqich yangilanadi,
ta’mirlanadi va jihozlanadi. Konsepsiyada Madaniyat vazirligi tomonidan an’anaviy
ravishda “Xalq cholg‘ulari ijrochilari”, Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Milliy
raqs ijrochilari” va Yunus Rajabiy nomidagi “Yosh maqom ijrochilari” respublika
kо‘rik-tanlovlarini о‘tkazish, har yil 21-27-mart kunlari Teatr tomoshalari haftaligini
aholi uchun bepul tashkil etish, Buyuk ipak yо‘lining mamlakatimizdan о‘tgan qismini
“Ipak yо‘li: Zarafshon daryosi vohasi” va “Ipak yо‘li: Farg‘ona – Sirdaryo havzasi”
nomi ostida YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi rо‘yxatiga tavsiya etish kabi
qator vazifalar ham belgilab qо‘yilgan.
Milliy madaniyat va san’atni yanada rivojlantirishga mamlakatni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirishning uzviy va ajralmas qismi sifatida qaraladi, 2017 — 2021-
yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi
boʻyicha Harakatlar strategiyasi talablari asosida hamda milliy va jahondagi ilg‘or
tajribalar, mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy oʻzgarishlar bilan uyg‘un ravishda
amalga oshiriladi.
842
Mamlakatning tarixiy rivojlanish jarayonida madaniyat va san’at xalqimizning
ma’naviy boyligini saqlab, toʻplab avlodlarga yetkazib kelgani, xalqimizda birdamlik,
vatanparvarlik va milliy g‘urur hissini tarbiyalaganini e’tirof etgan holda,
madaniyatning ustuvorligiga urg‘u berish, jamiyat hayoti sifatining yanada yuqori
darajasini ta’minlash, unda fuqarolarning hamjihat boʻlishiga erishish, ma’naviyatli,
mas’uliyatli, mustaqil fikrlovchi ijodkor shaxsni shakllantirish Konsepsiyaning asosiy
mazmunini tashkil etadi.
2020-yil 4-fevral о‘zbek madaniyati va san’ati tarixida shonli va unutilmas
kunlardan biri bо‘ldi. Negaki, ayni shu kun muhtaram Prezidentimiz Shavkat
Mirziyoyev qadimiyligi, jozibadorligi, nafisligi, gо‘zalligi jihatdan о‘ziga xos va milliy
san’atimiz tarixida о‘z о‘rni va ahamiyatiga ega bо‘lgan о‘zbek milliy raqs san’atini
tubdan isloh qilish maqsadida bir kunda bir yо‘la ikkita ‒ “Milliy raqs san’atini yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida” gi PQ-4584-son hamda “Raqs san’ati
sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy
salohiyatni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida” gi PQ-4585-son
qarorlarini imzoladi. Mazkur hujjatlarda milliy raqs san’atida professional badiiy
jamoalar faoliyatini kengaytirish, iqtidorli yoshlarni izlab topish va ularni tarbiyalash,
baletmeysterlar va balet artistlarining yangi avlodini shakllantiradigan ijodiy
laboratoriyalarni tashkil etish, ularning malaka va tajribasini oshirish kabi maqsadlar
belgilanib, ularga erishish yо‘llari aniq kо‘rsatib berildi. Shuni ta’kidlash joizki, о‘z
vaqtida ustoz san’atkorlar say-harakatlari tufayli olamga mashhur bо‘lgan, biroq ba’zi
sabablarga kо‘ra ijodiy faoliyati tо‘xtab qolgan Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi
“Bahor” davlat raqs ansambli yangidan tashkil etilib, avvalgi mavqei tiklanishi
yurtimiz madaniy hayotida, hech mubolag‘asiz, katta tarixiy voqea bо‘ldi. Ushbu
vazifaga nihoyatda jiddiy yondashilib, uni amalga oshirish tadbir-choralari bandma-
band belgilanishi, xususan, ansamblni ovoz va chiroq uskunalari, katta hajmdagi LED
monitorlar, mebel, kompyuter texnikasi va boshqa zarur anjomlari bо‘lgan bino,
transport, sahna liboslari, poyafzal, taqinchoqlar, grim va ijodiy faoliyatda kerak
bо‘ladigan barcha jihozlar bilan ta’minlanishi hamda boshqa tashkiliy masalalarni
843
amalda hal etish kо‘zda tutilgani g‘oyat ahamiyatlidir. Shuningdek, uning moddiy-
texnik bazasini mustahkamlash va ijodkorlar ijtimoiy sharoitini yaxshilash maqsadida
О‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi rahbarligida doimiy ravishda yordam
kо‘rsatuvchi homiylardan iborat “Dо‘stlar klubi” tashkil etilishi ham kо‘zlangan
maqsadlarga erishishning asosiy omillaridandir.
«Ustoz-shogird» an’analariga asoslangan raqs maktablarini yaratish, xalqaro
standartlarga muvofiq yuqori malakali mutaxassis va kadrlar tayyorlash, ilmiy
salohiyatdan samarali foydalangan holda raqs san’ati borasida ilm-fanni jadal
rivojlantirish maqsadlaridan kelib chiqib Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya
oliy maktabi negizida О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi tashkil etilib, 400
nafar talaba о‘qishi uchun mо‘ljallangan va zamonaviy yotoqxonasiga ega bо‘lgan
yangi
binoga
joylashtirildi.
Uning
huzurida
Respublika
xoreografiyaga
ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda Buxoro, Qarshi, Namangan va Urganch
shaharlarida ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich raqs san’ati maktab-internatlarini barpo
etish О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqs san’ati sohasida yuqori malakali
kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida” gi qarorida о‘z ifodasini topdi. Qarorda
mazkur ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish bо‘yicha chora-
tadbirlar dasturida ular uchun barcha zarur sharoitlarga ega bо‘lgan binolar qurish va
kerakli inventarlar bilan ta’minlash vazifalari ham belgilab berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |