Международный научно-образовательный электронный журнал


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR



Download 13,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet296/344
Sana20.03.2022
Hajmi13,57 Mb.
#503221
TuriСборник
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   344
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Февраль 2022. Том 6

 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 
1. S.Haydarov. “Tаrixshunoslik-mаnbаshunoslikning dolzаrb muаmmolаri” ilmiy 
konferensiyasi materiallari. Samarqand. 2017.
2. B.Boymenov, U.Shoimov, F.Bozorboyev, F.Sultonov, Sh.Yodgorov, Qadimgi davr. 
I qism. T.: 2006.
3. Mavlonov.M. Markaziy Osiyoning qadimgi yo’llari: shakllanishi va rivojlanish 
bosqichlari. T.: 2008.


826 
ФИО авторов:
 Jalilov Rashid Boboqulovich 
– BuxMTI Energetika kafedrasi mudiri
t.f.d prof 
Sharipova Nigora Olim qizi 
– BuxMTI 1 kurs magstranti
 
Xolliyev Javohir Farxodovich 
– TIQXMMI MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish 
instituti QvaSXET kafedrasi assistenti
 
Amrullayev Bekzod Bobur o’g’li 
– TIQXMMI MTU Buxoro tabiiy resurslarni 
boshqarish instituti QvaSXET ta’lim yo’nalishi 3 bosqich talabasi

Название публикации:
«QOZON UTILIZATORLI BUG’-GAZ QURULMALI 
ISSIQLIK ELEKTR STANSIYASI (IES) NING ISH REJIMLARINI TADQIQ 
QILISH» 
Annotatsiya: 
Utilizatsion turdagi bug’-gaz qurilmalar (BGQ) larning ko’pchilik 
qismi ikki konturli sxemda bajarilib, ular FIK ni 48…55 % ga oshishini ta’minlaydi. 
Eng zamonaviy BGQ lar uch konturli bajariladi. Konturlar sonini uchdan oshirish 
maqsadga muvofiq emas , iqtisodiy tejamkorlik kapital xarajatlarning oshishi tufayli
qoplanmaydi. 

Kalit so’zlar: 
utilizator qozon,
 
bug’-turbina, energetik, konturli, stansiya. 
 
BUG’ -GAZ qurilmalari (BGQ) deb bug’-turbina siklida elektr energiya ishlab 
chiqarish uchun gaz turbina qurilmalari (GTQ -GTU) ning chiqib ketayotgan 
gazlarining issiqligidan to’g’ridan- to’g’ri yoki bilvosita foydalaniladigan energetik 
qurilmalariga aytiladi [1]. Shunday qilib, qurilma ikkita: gaz turbinali va bug’-
turbinali bloklardan tashkil togan.
BGQ ning turini, energetik, iqtisodiy va ekologik tavsiflarini belgilaydigan
issiqlik sxemalari, ko’ p darajada uning termodinamik siklining konfiguratsiyasiga 
va bu jarayonning tashkil qilinishiga bog’liq [2].
BGQ qurilmalari, ularda ishlatiladigan ishchi jismlarning soniga ko’ra binar 
(BBGQ) va monar turlariga bo’linadi. Binar BGQ da gaz turbinali siklning ishchi 
jismlari (havo va yoqilg’i yonishining mahsulotlari) va bug’-turbinali qurilma (BTQ) 
ning ishchi jismlari (suv va suv bug’i ) ajratilgan. Monar qurilmalarda turbinning 
ishchi jismi yonishining mahsulotlarining va suv bug’i ning aralashmasidir. Xorijda 
bunaqa qurilma STIG – Steam Iniected Gas Turbine deb nom olgan [1, 3].
Binar BGQ texnologik sxema bo’yicha bir konturli (utilizator qozon (UQ) 
da ning bitta bug’ ishlab chiqarish konturi joylashadi) va ko’p konturli turlarga 
bo’linadi: 


827 

ikki konturli – utilizator qozonda yuqori va past bosimli bug’ genera- 
tsiya qiladigan ikkita kontur joylashadi;

uch konturli – utilizator qozonda bug’ generatsiya qiladigan uchta
kontur joylashadi .
Utilizatsion turdagi bug’-gaz qurilmalar (BGQ) larning ko’pchilik qismi ikki 
konturli sxemda bajarilib, ular FIK ni 48…55 % ga oshishini ta’minlaydi. Eng 
zamonaviy BGQ lar uch konturli bajariladi. Konturlar sonini uchdan oshirish 
maqsadga muvofiq emas , iqtisodiy tejamkorlik kapital xarajatlarning oshishi tufayli
qoplanmaydi.
Ko’p konturli BGQ utilizator qozonda bug’ni oraliq qizdirishsiz bug’ni oraliq 
qizdiriladigan qilib bajariladi.
Qo’llanish maqsadiga ko’ra BGQ kondensatsion va teplofikatsion turlarga bo’ 
linadi. Kondensatsion turlari faqat elektroenergiya ishlab chiqaradi, teplofi-katsion 
turdagi BGQ tarmoq suvini va bug’ turbinasiga ulanadigan isitkichlarda qizdirish 
uchun xizmat qiladi. 
Bitta bug’ turbina qurilmasi bilan texnologik bog’langan gaz turbina qurilmalari 
(GTQ ) lar soni bo’ yicha , BGQ quyidagi turlarga bo

linadi:

monoblokli , texnologik sxemasi 1 × (GTQ + UQ) →1 × BTQ ;

dubl-blokli , 2 × (GTQ + UQ) →1 × BTQ; 

poli blokli, n× (GTQ + UQ) → m× BTQ.
Turbogeneratorlar vallarining sonlari bo’yicha BGQ bir valli va ko’p valli 
turlarga bo

linadi. Bir valli konstruksiyaning afzalliklar ayon:
ikki generatorlar o’rniga yig’indi quvvatli faqat bitta generator talab qilinadi. Shu 
bilan birga bir valli BGQ lar kamchiliklarga ham ega : 

elektrogeneratorni ta’mirlash qiyinlashadi;

GTQ va BTQ lar avtonom ishlashining imkoniyayati yo’q ; 

butun qurilmaning ishga tushirilishi bug’ turbinasining gaz turbina si ning 
ishga tushishi vaqtidan ancha ko’p, ishga tushirilishi bilan bog’liq. Monoblokli BGQ
lar konstruktiv bajarilishi bo’yicha birvalli va ikkivalli, dubl-blokli va poliblokli
BGQ – uch va ko’pvalli. Ko’pchilik BGQ lar uch valli bajarilgan.
BGQ lar ning asosiy turlari
Hozirgi vaqtda energetikada quyidagi asosiy turdagi BGQ keng tarqalgan:
1) Yuqori naporli bug’ generatorli – YuNBg li BGQ ;
2) Past naporli bug’ generatorning yondirgichiga gazlarni tashlovchи – PNBg li
BGQ ;
3) utilizator qozonli – UQ li BGQ;
4) gaz- suvli isitkichli –GSI li BGQ;


828 
5) gazlarni tarmoq qurilmasiga tashlovchi – GTqT li BGQ;
6) bug’ni GT ning oqimli qismiga purkaladigan – BPur li BGQ.
BGQ ning dastlabki beshta turlari ishchi jismlar alohida oqimli termodinamik 
sikllarni amalga oshiradi, BPur li BGQ da GT ning ishchi jismi yonish mahsulot-
larining va suv bug’ining aralashmasidir .
Tejamkorlikni oshirish uchun YuNBg oldida, GTQ ning chiqib ketayotgan 
gazlarining haroratini kamaytiruvchi, kondensatni gazli qizdirgich o’rnatiladi.
Bunaqa sxemaning jiddiy kamchiligi – ekspluatatsiya qilishning qiyinligi, maxsus 
GTQ va BTQ larni ishlab chiqish, yoki rusumlilarini rekonstruksiya qilish, 
shuningdek, GTQ va BTQ larning avtonom ishlay olmasligidir .
Bunaqa qurilmalarda yoqilg’ining tejalishi shuningdek, GTQ va BTQ lar 
quvvatlarining nisbatlari tashlovchi BGQ da lardagi kabi sathdadir. Hozirgi vaqtda
bu sxema keng tarqalmagan. Lekin bu sxemaning qo’llanishi BGQ da qattiq yoqil-
g’ini ishlatganda (masalan uni bosim ostida sirkulyatsiya qiluvchi qatlamda yoqishda 
– texnologiya SQQBYo ) qiziqish uyg’otishi mumkin .
PNBg li va YuNBg li qurilmalar bir xil termodinamik sikl bo

yicha ishlaydi va 
ishchi jismlarning bir xil parametrlarida va sarflarida bir xil issiqlik tejamkorligiga 
ega. PNBg li BGQ da ham maxsus ishlab chiqilgan, ham rusumiy GTQ ishlatish 
va BTQ da regeneratsiyani saqlab qolish mumkin . 
UQ li BGQ lar binar yoki utilizatsion deb ataladi. Binar BGQ lar uchun
nisbatan sodda konstruksiya, montaj, ekspluatatsiya va eng kam kapital xarajatlar 
mansub. Bu sxema bo’yicha gazlar utilizator qozon (UQ) ga tashlanadi , u yerda 
BTQ uchun bug’ generatsiya qilinadi (1.3- rasm).


829 
1- rasm
. UQ li BGQ ning tamoiliy issiqlik sxemasi : UQ – utilizator qozon; 
BT– bug’ turbinasi; GTQ – gaz turbina qurilmasi . 
Utilizatsion BGQ lar BTQ uchun yuqori parametrli bug’ generatsiya qilish uchun
yuqori tejamkor yuqori haroratli, chiqib ketayotgan gazlarning harorati 630...640 °S 
GTQ larni talab qiladi [6] . Zamonaviy GTQ lar , bu talablarga mos keladigan, 
hozircha faqat yo tabiiy gazda, yoki suyuq yoqilg

ining yengil sortlarida ishlashi 
mumkin. Bu qurilmalarda GTQ – gaz turbinasining quvvati BGQ quvva-tining 
taxminan 70 % ini tashkil qiladi. Sxemaning kamchililaridan biri – GTQ to’xtaganda
BTQ qismning avtonom ishlash imkoniyati yo’qligidir .
GTQ ning asosiy xususiyati- ularning atrof-muhit parametrlariga bog‘liqligidir. 
Shuning uchun BGQ ni hisoblashni turli xil rejimlarda bajarish kerak.
Teplofikatsion BGQ lar uchun rejimlar odatda issiqlik yuklamalar grafiklari bilan 
aniqlanadi :

kondensatsion rejim;

PVK ulanish nuqtasi ;

isitish mavsumi davomida o‘rtacha harorat 

havoning hisobiy harorati .
Kondensatsion turdagi BGQ lar uchun odatda rejimlar beriladi:

nominal yuklamalar rejimi , uning ma’lumotlari bo‘yicha qo‘shimcha jihozlar tanlovi 
amalga oshiriladi;

yuklamaning texnik minimum rejimi ;

qurilmaning chastotaviy yuklama rejimi.
GTQ ning asosiy rejimi sifatida hisobiy rejim ISO (Halqaro standarlar tashkiloti 
) bo‘yicha hisobiy rejim tashqi havoning quyidagi parametrlarida qabul qilingan:

Download 13,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish