123
maqbarasi”, “Anda jon qoldi”, “Odinajon”, “Qo’ng’irot”
kabi rivoyatlar shular
jumlasidandir.
Rivoyatlarning o’ziga xos xususiyatlaridan yana biri-ularda hamma vaqt kichik,
ammo tugal voqealar tasvirlanishi va voqealar davomiylikka ega emasligidir.
Rivoyatlar boshlang’ich sinf o’qish darslarida ko’p qo’llaniladi va boshlang’ich
o’quv dasturlari oldiga o’quvchilarni yaxshi o’qish sifatlariga ega etishdek murakkab
vazifani qo’yadi. Bunday vazifalarni to’laroq amalga oshirishda xalq og’zaki ijodi
namunalari katta ahamiyatga ega.
Boshlang’ich sinf darsliklaridan o’rin olgan rivoyatlar ham o’quvchilarning
dunyoqarashini kengaytirishda, ularda turli insoniy fazilatlarni
shakllantirishda juda
katta ahamiyatga ega.
Misol uchun 1-sinf o’qish darsligi
7
da turli mavzularda 5 ta rivoyatlar berilgan.
“Non isi”
8
, “ Ona allasi” (38-бет) , “ Yurak “(98-bet), “ Odob”(72-bet),
“Rivoyat” (101-bet) kabi rivoyatlar shular jumlasidandir .
“Non isi” rivoyatiga to’xtaladigan bo’lsak, bu rivoyatga Alisher Navoiy va
Husayn Boyqaro tarixiy shaxslari qahramon qilib olingan. Rivoyat orqali
o’quvchilarga Alisher Navoiyning topqirligini va nonning ulug’ ne’mat ekanligini , uni
uvol qilmasdan ko’zga surtish kerakligini tushuntirishimiz mumkin.
2-sinf o’qish darsligida esa, “Tandir”, “Ma’naviyatli xalqni yengib bo’lmaydi”,
“Non- ulug’ ne’mat” kabi rivoyatlar berilgan.
3-sinf o’qish
darsligida , “O’g’lon”, “Til qudrati”, ” Bobur va Kabutar”, “
Cho’pon yigit SHiroq”, “Ibn Sinoning shogirdlari”, “Sohibqiron Temur bobo”,
“Tabiat bilan suhbat” rivoyatlari berilgan.
4-sinf o’qish darsligida ham bir qancha rivoyatlar berilgan.
“Pahlavon va shoir”, “ Saxiy”, “ Yolg’onchining izza bo’lishi”, “ Bahor
ta’rifida”, “Yaxshidan bog’ qoladi”, “To’maris” va boshqa rivoyatlar ushbu darslikdan
o’rin olgan.
7
T.G’afforova, E.Shodmonov, G.Eshturdiyev; Mas’ul moharrir: S.Matchonov, 1-sinf o’qish kitobi, Toshkent: Sharq,
2017. 128-bet
8
T.G’afforova, E.Shodmonov, G.Eshturdiyev; Mas’ul moharrir: S.Matchonov, 1-sinf o’qish kitobi, Toshkent: Sharq,
2017. 27-bet
124
“Yolg’onchining izza bo’lishi” rivoyati orqali ham o’quvchilarga Mirzo
Ulug’bekning qanchalik aql-zakovat egasi ekanligini
va birovning omonatiga
xiyonat qilmaslikni , turli vaziyatlarda aql bilan ish tutish kerakligini o’rgatishimiz
mumkin.
1. Mardlik, jasurlik va kamtarlikning ulug’lanishi: “Pahlavon va shoir”.
2. Mehmondo’stlik, ochiqko’ngillik va saxiylik: “Saxiy”.
3. Bahor faslinign ajoyib tarovatlarini madh etuvchi: “Bahor ta’rifida”
4. Mehnatsevarlik, do’stlik,
yaxshilik, ezgulik fazilatlari: “Yaxshidan bog’
qoladi”.
5. Vatanparvarlik va tinchlikni asrash tuyg’ulari: “To’maris”
Xulosa qilib aytganda, boshlang’ich sinf o’quvchilarida insoniy fazilatlarni
shakllantirish, xalq og’zaki ijodiga nisbatan mehrini uyg’otish,
ularning
dunyoqarashini kengaytirish, vatanparvarlik, halollik, do’stlik, mehnatsevarlik kabi
fazilatlarni shakllantirishda rivoyatlarning roli katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: