Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №14



Download 17,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/168
Sana28.06.2022
Hajmi17,37 Mb.
#713275
TuriСборник
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   168
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Май 2021. Том 2

ФИО автора:
Iqbol Shamsiddinova Baxovadinovna 
Afg`oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazi o’zbek tili fani o’qituvchisi, xalq 
maorifi a’lochisi. O’zbekiston. Surxondaryo. Termiz

Название публикации:
«YORDAMCHI SO’ZLAR BAZASINING O’ZBEK 
MILLIY KORPUSINI TUZISHDAGI AHAMIYATI» 
Annotatsiya:
Maqolada o’zbek milliy til korpusini yaratishda yordamchi 
so’zlarning tutgan o’rni va amaliy ahamiyati haqida so’z yuritilgan. 
Kalit so’zlar:
Korpus, milliy til korpusida yordamchi so’zlar,o’zbek tilining 
tarqqiyotidagi ilk korpuslar,yordamchi so’zlarning ifoda semasi. 
Tilshunoslik muammolari dunyo bo’yicha davlat siyosati darajasiga ko’tarilib 
bo’lgan hozirgi taraqqiyot davrida milliy til korpusini yaratish tilshunos olimlarimiz 
oldiga juda muhim vazifani ko’ndalang qilib qo’ydi. Dunyo kompyuter lingvistikasida 
milliy til korpusining mavjudligiga tilning yashovchanlik va kompyuter tiliga aylanish 
mezoni sifatida qaralmoqda. O’zbek milliy til korpusini yaratishda jonbozlik 
ko’rsatayotgan filolog olim professor Baxtiyor Mengliyev shunday degan edi: “ 
Korpus til birliklarining xususiyatlarini aniqlash maqsadida qidiruv dasturiga 
bo‘ysundirilgan matnlar majmui, tabiiy tildagi elektron shaklda saqlanadigan yozma 
yoki og‘zaki, kompyuterlashtirilgan qidiruv tizimiga dasturiy ta'minot asosida 
joylashtirilgan matnlar jamlanmasi. Til korpuslari – til bo‘yicha tadqiqot va amaliy 
topshiriqlar yechimi uchun inkor etib bo‘lmas ish qurolidir ”. Demak milliy til korpusi 
tilni o’rganishning bosqichli dasturlashtirilgan yengil darajasidir. 
XX asrning 70-yillariga kelib o‘zbek tilshunosligida sistem-struktur tilshunoslik 
g‘oyalari keng targ‘ib qilina boshlandi. So’zlar morfologik, leksik va sintaktik 
xususiyatlari asosida mustaqil so’zlar, yordamchi so’zlar va oraliq so’zlar kabi 
guruhlarga bo’lindi. Mustaqil so’zlar lug’oviy ma’noga ega, ma’lum so’roqqa javob 
bo’luvchi va sintaktik gap bo’laklari vazifasida kela oluvchi so’zlardir. Yordamchi 
so’zlar esa yuqoridagi xususiyatlarga ega bo’lmagan so’zlardir. Xo’sh bunday 
so’zlarning amaliy ahamiyati nimada? Ular o’zbek milliy til korpusida qay darajada 


345 
muhim? Yordamchi so’zlarni teglashda reprezentativlik bartaraf etilganmi? Zakiy olim 
Baxtiyor Mengliyev aytganidek, globallashuv sharoitida kompyuter va korpus 
lingvistikasiga 
tillarga immunitet baxsh etuvchi vosita
deb qarasak, ushbu 

imunitet”
ning qancha miqdori yordamchi so’zlar bilan beriladi? Biz quyida shular 
haqida fikr yuritamiz. 
Yordamchi so’zlarning umumiy ta’rifida so’z va uyushiq bolaklarni, sodda 
gaplarni bir-biriga bog’lash yoki so’z va gaplarga qo’shimcha ma’no yuklash vazifasini 
bajaradi deb yozilsa-da, bu turkum so’zlar matnda juda katta vazifani bajaradi. Bu 
so’zlarsiz fikr bildirish, muloqot qilish, matn yaratishning umuman iloji yo’q. Ya’ni, 
lingvistikada yordamchi so’zlarga aslida leksik birlik, leksema sifatida qaralmasa-da 
sintaktik birliklar va gap tuzishda bu turdagi til birliklarsiz hech narsaga erishib 
bo’lmaydi. Jumladan, so’z va gaplarni tenglantirib yoki tobelantirib gap tuzishda 
bog’lovchidan, 
so’z 
birikmalarini 
tobelantirib 
bog’lashda 
ko’makchidan 
foydalanmasdan fikr anglatish imkonsiz. Yoki bo’lmasa sintaktik aloqada o’rni uncha 
sezilmasa-da, so’z va gaplarga qo’shimcha ma’no beruvchi yuklamalarsiz ham kerakli 
ma’noni anglatish amrimahol. Shu ma’noda so’nggi yillarda tilshunos olimlarimiz 
tomonidan o’zbek lingvistik milliy korpusini yaratishda olib borilayotgan ilmiy 
tadqiqotlarda yordamchi so’zlarga ham korpusdagi leksik bazaning bir turi sifatida 
qarash o’rinlidir. Chunki yordamchi so’zlar ham atash semasi bo’lmasa-da, so’z 
turkumlari sirasiga kiritilib ( 
yordamchi so’zlar ham so’z maqomiga ega
) o’rganilib 
kelinmoqda Bu esa yordamchi so’zlar ham milliy til leksik bazasining tarkibiy qismi 
ekanligidan dalolat beradi. 
Til korpusini yaratish har bir davrda o’zining taraqqiyot davridan kelib chiqib 
qilingan. Jumladan, XI-XII asrlarga oid Mahmud Koshg’ariyning “Devoni lug’otit 
turk” asari yoki XIV asrga kelib Alisher Navoiy tomonidan yaratilgan “Muhokamat 
ul-lug’atayn” asarlarini o’sha davr nuqtayi nazaridan qaraganda til korpusini 
tuzishning turkiy tildagi ilk namunalari deb atash mumkin. Yoki bo’lmasa turli 
davrlarda yaratilgan lug’atlarga ham korpusning bir turi sifatida qarash mumkin. Faqat 
yuqorida tilga olingan bu asarlar va lug’atlar tilning ma’lum davrini qamrab oladigan 


346 
turg’un korpus turiga kiradi. Lemmaning chastotasini aniqlashda tilning faqat ma’lum 
davriga mos keluvchi yuqoridagi kabi turg’un korpuslar to’g’ri kelmaydi. Chastotali 
korpus uchun dinamik, ya’ni kompyuter xotirasini to’ldirib boradigan monitoringli 
korpusdan foydalanish lozim. 
M’alumki, korpus – elekton shaklda saqlanadigan yozma yoki og’zaki 
kompyuterlashtirilgan va qidiruv tizimiga joylashtirilgan matnlar yig’indisidir. Demak, 
hozirgi taraqqiyot tezligi darajasidagi milliy o’zbek korpusi tilshunos olimlarimiz 
oldiga katta mas’uliyat yuklaydi. Chunki qaysiki millat o’z tilining hozirgi axborot 
texnologiyalariga mos kompyuterlashtirilgan lingvistikaning mukammal milliy 
korpusini yaratmas ekan, bu ,nafaqat, o’sha tilning, millatning ham kelajak 
taraqqiyotiga putur yetkazadi. 
Hozirgi zamon yoshlarining bilim olishga bo’lgan qiziqishini internetsiz 
tasavvur qilib bo’lmaydi. O’zbek tilshunosligida kompyuter lingvistikasi, matnga 
lingvistik ishlov berish va uni lingvostatistik tahlil etish borasida birmuncha tadqiqotlar 
amalga oshirildi. S.Muhammedov, A.Po’latov, H.Orziqulov, M.Ayimbetov, 
S.Karimov, 
G.Jumanazarova, 
A.Babanarov, 
A.Norov, 
D.O’rinbayeva, 
N.Abdurahmonovalarning ishlari o’zbek yoshlarining kompyuter lingvistikasi 
borasidagi bilimlarini mukammallashtirish, matnga inovatsion yondashuv axborot 
texnologiyalari yordamida leksikografik va lingvostatistik tadqiq etishning zamonaviy 
usullarini o’rgatish borasida dolzarblik kasb eta oldi. Ayniqsa, o’zbek tilshunos olimi, 
filologiya fanlari doktori, professor B.Mengliyevning bu boradagi jonbozligini alohida 
qayd etish lozim Olimning bevosita ilmiy rahbarligi ostida o’zbek tilshunosligida 
korpus, uning o’ziga xos xususiyati, mualliflik korpusining lingvistik qimmati, o’zbek 
tilining mualliflik korpusini yaratishning lingvistik asoslari masalalari Sh.Hamroyeva 
tomonidan tadqiq etilgan bo’lsa, atov birliklarini o’zbek tili korpuslari uchun leksik- 
semantik teglashning lingvistik asos va modellari D.Axmedova tomonidan o’rganib 
chiqildi. 
Ma’lumki til moddiy va ma’naviy merosni saqlash va boyitishning birlamchi va 
eng kuchli vositasidir. Shu jihatdan qarasak bu moddiy va ma’naviy merosni saqlash 


347 
va uni kelajak avlodga yetkazish vazifasini bajarishni kompyuter texnologiyasisiz 
tasavvur qilish qiyin. 
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, yordamchi so’zlarga atash semasi sifatida 
qaralmaydi, ya’ni ular borliqda ma’lum bir ma’no bera olmaydi. Demak yordamchi 
so’zlarni teglash va milliy til korpusi tarkibida joylashtirishda ularning mohiyatiga 
ko’ra quyidagi ikki turi razmetkalanadi: 
1)Yordamchi so’zning ifoda semasi (konotativ belgisi) 
2)Yordamchi so’zning vazifa semasi (funksional sema) 
Ifoda semasi deganda semema tarkibidagi turli qo’shimcha ma’no (uslubiy 
bo’yoq, shaxsiy munosabat, qo’llanish doirasi va davri)ni atovchi sema tushuniladi. 
Atash semasi kabi ifoda semasi ham leksema sememasini farqlash quvvatiga ega 
bo’lgan sema bo’lib, ular leksik paradigmada aniqlanadi
1
(Hozirgi o’zbek adabiy tili

Darslik. Baxtiyor Mengliyev – Toshkent: “Excellent Polyagrahy”, 2020 – 147 s.) 
Yordamchi so’zlarda atash semasi yo’qligi uchun ularda ifoda semasi va 
vazifa semasi kuchayib voqealanadi. Masalan, 
kabi singari yanglig’ 
ko’makchilarining 
ifoda semasi quyidagi farqlashda ochiladi: 

kabi
– o’xshatish ma’nosini ifodalovchi ko’makchining yozma nutqdagi 
ifodasi. Og’zaki nutqda juda kam hollarda ishlatiladi. 
 
singari
- o’xshatish ma’nosini ifodalovchi ko’makchining faqat kitobiy 
uslubdagi ifodasi. 
 
yanglig’ – 
o’xshatish ma’nosini ifodalovchi ko’makchining faqat badiiy 
uslubdagi ifodasi 
-dek, -day - o’xshatish ma’nosini beruvchi 
kabi singari, yanglig’
ko’makchilarining so’zlashuv uslubiga xos ifoda semasi. 
Vazifa semasi leksemaning birikuv-biriktiruv (valentlik) imkoniyatini, lisoniy 
qolipda qanday o’rin egallashini belgilovchi semadir.(

Download 17,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish