Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №14


ФИО автора: Jumaboyev Doniyor Muratboy o’g’li  Qoraqalpoq Davlat Universiteti Yuridika fakulteti magistranti Название публикации



Download 17,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/168
Sana28.06.2022
Hajmi17,37 Mb.
#713275
TuriСборник
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   168
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Май 2021. Том 2

ФИО автора:
Jumaboyev Doniyor Muratboy o’g’li 
Qoraqalpoq Davlat Universiteti Yuridika fakulteti magistranti
Название публикации:
«O’ZBEKISTONDA KONSULLIK FAOLIYATINI 
HUQUQIY TARTIBGA SOLISH MASALALARI» 
Globallashuv sharoitida konsullik xizmati va konsullik munosabatlari alohida 
ahamiyatga ega. Hozirgi kunda dunyoviy tartibning o’rnatilishi, xalqaro 
munosabatlarning chuqurlashuvi, globallashuv va integratsiya jarayonlarining 
rivojlanishi konsullik munosabatlari faoliyatiga va O’zbekiston Respublikasining 
konsullik munosabatlari bilan bog’liq barcha masalalarga yangicha yondashishni
talab etmoqda. Shu bois O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning
“O’zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish
hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yo’nalishlarini
amalga oshirishda uning ma’suliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”
5400-son 05.04.2018 Farmoni[1] qabul qilinib unda konsullik muassasalari
faoliyatida ko’rsatilayotgan tezkorlik va sifat darajasi, O’zbekistonning xorijdagi
jismoniy va yuridik shaxslarining huquq va qonuniy manfaatlarini samarali himoya
qilinishini ta’minlash, og’ir sharoitga tushib qolgan fuqarolarga yordam ko’rsatish
darajasi qoniqarsiz qolmoqda” deb ko’rsatildi va konsullik muassasalarimiz oldida 
yangi vazifalar qo’yildi, unga ko’ra ular fuqarolar huquqlari va qonuniy
manfaatlari amalda himoya qilinishini ta’minlash mexanizmlarini shakllantirish va
amalga oshirish, xorijdagi vatandoshlarimiz bilan har tomonlama muloqotni
qo’llab- quvvatlash, ularni savdo-iqtisodiy, madaniy -gumanitar va ijtimoiy loyihalar 
hamda dasturlarni amalga oshirishga faol jalb qilish. Hozirgi kunda 
O’zbekistonning savdo-iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy aloqalari jadal kengayib 
borayotgani respublikamiz konsullik muassasalarining ushbu yo’nalishdagi 
funksiyalarini va faoliyatini takomillashtirish zaruratini yuzaga keltirmoqda, zero 
bu boshqa davlatlar bilan savdo- iqtisodiy munosabatlarning ilgarilama va har
tomonlama rivojlanishiga imkon beradi. Shu bois xalqaro munosabatlar tizimida 
munosib o’rin egallash, fuqarolarimizning huquq va erkinliklari, yuridik


350 
shaxslarimizning huquq va manfaatlari har qanday davlatda buzilmasligini 
kafolatlash uchun respublikamiz ko’nsullik faoliyatining mazmunini doim 
takomillashtirib borish zarur.
Konsullik muassasalar konsullik funksiyalarini bajarish chog’ida o’z davlati huquqi,
shuningdek xalqaro huquq va o’z davlati bilan konsullik muassasa joylashgan
davlat o’rtasidagi ikki tomonlama xalqaro shartnomalarga tayanadi. Bunda konsul
faqat konsullik konvensiya bilangina emas, yordam to’g’risidagi shartnomalar, 
ijtimoiy ta’minot, havo, dengiz va boshqa aloqalar to’g’risidagi shartnomalar bilan
ham ish ko’rishiga to’g’ri keladi. Konsul o’z vazifalarini funksiyalarini konsullik
muassasa joylashgan davlat huquqlarini hisobga olgan holda bajaradi. O’zbekiston 
Resbublikasi konsullik ustavining 2-moddasiga binoan “ Konsullik faoliyati
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, xalqaro huquqning umum e’tirof
etilgan prinsiplari va normalariga, O’zbekiston Respublikasining xalqaro
shartnomalariga, ushbu konsullik ustaviga, O’zbekiston Respublikasining boshqa
normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq, konsullik muassasasi joylashgan davlatning
qonun hujjatlari hisobga olingan holda amalga oshiriladi.”[2] Konsul faqat o’z
okruglarining mahalliy ma’murlari bilan bevosita munosabatda bo’ladi, markaziy
va boshqa okruglarning ma’murlari bilan o’z mamlakatining diplomatik
vakolatxonasi orqali munosabatga kirishadi. Odatda konsullik muassasalar o’z
davlatining Tashqi ishlar vazirligiga, shuningdek, diplomatik vakolatxonasiga
bo’ysunadi. Konsullar o’zlariga yuklatilgan funksiyalarni amalga oshirish chog’ida
konsullik muassasa joylashgan mamlakat sudlari va boshqa organlari oldida o’z
mamlakati fuqarosi va yuridik shaxslari nomidan Konsullik konvensiyasida ko’zda
tutilgan tartibda va konsullik muassasa joylashgan davlat qonunlariga binoan ish
ko’radi. Konsullik muassasa muayyan rasmiy harakatlarning bajarilganligi uchun
o’z fuqarolaridan ham, chet el fuqarolaridan ham konsullik to’lovlari undiriladi. 
Bunday to’lovlar va yig’imlarga; vizalar berish, fuqarolikka qabul qilish 
to’g’risidagi iltimosnomalarni rasmiylashtirish, fuqarolik holati ro’yxatidan 
o’tkazish, hujjatlarni qonunlashtirish va notarial tasdiqlash, meros ishlari bo’yicha 
to’lovlar va yig’imlar kiradi. O’zbekiston Respublikasi Konsullik ustavining 39-


351 
moddasida konsullik yig’imlar olish tartibiga ko’ra konsullik harakatlarini amalga
oshirganlik uchun konsullik yig’imlari, shuningdek ko’rsatilgan harakatlar amalga
oshirilganligi bilan bog’liq haqiqiy harajatlarning o’rnini qoplash hisobidan
yig’imlar undiriladi deb belgilangan. Konsullik harakatlarini amalga oshirganlik
uchun konsullik yig’imlari va haqiqiy harajatlarning o’rnini qoplash hisobidan
undiriladigan yig’imlar O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq
foydalaniladi. Konsullik yig’imlarining tariflari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan tasdiqlanadi. Konsullik harakatlarini amalga oshirganlik bilan bog’liq
haqiqiy harajatlarning o’rnini qoplash hisobidan yig’imlarning miqdorlari
O’zbekiston Respublikasining konsullik muassasasi joylashgan davlatdagi
konsullik muassasasi boshlig’i yoki diplomatik vakolatxonasi boshlig’i tomonidan
ko’rsatilgan yig’imlar stavkalarini hisoblashning O’zbekiston Respublikasi Tashqi
ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan yagona uslubiyoti asosida tasdiqlanadi.
O’zbekiston Respublikasining konsullik muassasasining boshlig’i va diplomatik
vakolatxonasining boshlig’i konsullik yig’imlarining va konsullik harakatlari
amalga oshirilganligi bilan bog’liq haqiqiy harajatlar o’rnini qoplash hisobidan
yig’imlarning stavkalarini pasaytirishga yoki ayrim shaxslarni bunday yig’imlarni
to’lashdan ularning arizalariga ko’ra , agar ushbu ushbu shaxslar tomonidan
ko’rsatilgan sabablar aniqlansa va uzrli deb topilsa ozod qilishga haqli. Konsullik
yig’imlari va konsullik xarakatlari amalga oshirilganligi bilan bog’liq
harajatlarning o’rnini qoplash hisobidan yig’imlar O’zbekiston Respublikasining
qonun hujjatlarida , shuningdek O’zbekiston Respublikasi va konsullik muassasasi
joylashgan davlat ishtirokchi bo’lgan xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan
hollarda undirilmaydi.[3] Ma’lum bir horijiy davlatda diplomatik vakolatxonasining
yo’qligi diplomatik funksiyalarni bajarishni konsullik muassasasiga yuklash
amaliyoti umum tan olingan qoidaga aylangan. Xalqaro huquq shuningdek, konsul
tomonidan uchinchi bir davlat nomidan va uning manfaatlari yo’lida ma’lum
funksiyalarini bajarish imkoniyatiga ham yo’l qo’yadi. Bugungi kunda konsullik 
sohasida muammolardan biri bu konsullik xizmati ko’lamini kengaytirish. Chunki 
konsullik okruglari horij davlatlarining poytaxtlarida va asosiy shaharlarida tashkil 


352 
qilinadi. Bunda konsullik okrugidan masofa jihatdan ancha uzoqda joylashgan 
hududlardagi 
fuqarolarning 
konsullik 
muassasasiga 
borish 
imkoniyatlari 
murakkablashishi mumkin. Shu nuqtai nazardan konsullik muassassalarining o’zi 
joylashgan davlatning hududiy-mahalliy idoralar bilan hamkorligini kengaytirish 
zarur. 
Foydalanilgan manbalar; 
1.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “O’zbekiston 
Respublikasi tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda 
tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yo’nalishlarini amalga 
oshirishda uning ma’suliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida” 5400-
son 05.04.2018-yilgi Farmoni. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 
06.04.2018 y. 06/18/5400/1023-son http://lex.uz/docs/3611072 
2.
O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustavini tasdiqlash to’g’risidagi 517-son 
qonuni (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2019-y., 
03/19/517/2497-son) https://lex.uz/docs/-4167683 
3.
O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustavini tasdiqlash to’g’risidagi 517-son 
qonuni (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2019-y., 
03/19/517/2497-son) https://lex.uz/docs/-4167683


353 

Download 17,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish