Mehnatni muhofaza qilish boʼyicha kirish yoʼrigʼini oʼtkazish. Reja


Xodimning yongʼin xavfsizligi uchun javobgarligi



Download 0,56 Mb.
bet14/14
Sana13.12.2022
Hajmi0,56 Mb.
#884460
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
3.2. Xodimning yongʼin xavfsizligi uchun javobgarligi
Kuyishlar, termik - olov, bugʼ, qizigan predmet va moddalar taʼsirida; kimyoviy-
kislota va ishqorlar taʼsirida; elektroviy- elektr toki yoki yoyi taʼsirida boʼladi.
Shikastlanish chuqurligi boʼyicha barcha kuyishlar toʼrt darajaga boʼlinadi; birinchi- teri
qoplamasi qizaradi va shishadi; ikkinchi- suv pufakchalari paydo boʼladi; uchinchi-terining yuza va chuqur qavatlari oʼladi; toʼrtinchi- teri koʼmirlanadi, muskullar, paylar va suyaklar jarohatlanadi.
Termik va elektraviy kuyishlar: agar shikastlanuvchining kiyimi yonsa unga zudlik bilan palto, ixtiyoriy qalin mato yopish yoki olovini suv bilan oʼchirish kerak. Yonayotgan kiyimda yugurish mumkin emas, chunki shamol olovni kuchaytirib kuyishni tezlashtiradi va oshiradi.
Shikastlanuvchiga yordam koʼrsatishda gazak olmasligi uchun terining kuygan joylariga qoʼl bilan tegmaslik yoki malhamlar, yogʼlar, moylar, vazilinlar surtmaslik, oziq-ovqat sodasi, kraxmal va sh.k lar sepmaslik lozim. Pufakchalarni yormaslik, kuyik joylarga tekkan mastika, kanifol va boshqa smolosimon moddalarni olib tashlamaslik lozim.
Kuyish chegaralari uncha katta boʼlmagan birinchi va ikkinchi darajali kuyishlarda terining kuygan joyiga steril bogʼlam bogʼlash zarur. Kuygan joydagi kiyim, poyafzalni uzib olmasdan, balki qaychi bilan kesish va ehtiyotlik bilan ajratish zarur. Аgar tananing kuygan joyiga kiyim kuyundilari yopishib qolgan boʼlsa, unda ularning ustidan steril bogʼlam qoʼyish va shikastlanuvchini yaqindagi davolash muassasasiga joʼnatish kerak.
Ogʼir va yoyiq (keng) kuyiklarda shikastlanuvchini toza choyshabga yoki matoga yechintirmay oʼrab, issiq yopib, iliq choy ichirib va hakim kelguncha tinchligini taʼminlash zarur. Yuzi kuyganda steril marli yopish zarur.
Koʼz kuyganda bor kislatasi eritmasi (bir stakan suvga yarim choy qoshiq) dagi sovuq namlama quyiladi va zudlik bilan shikastlanuvchi hakimga joʼnatiladi.
Kimyoviy kuyish: kimyoviy kuyishda toʼqimalarning jarohatlanish chuqurligi koʼp
darajada kimyoviy moddaning taʼsir davomiyligiga bogʼliq. Kimyoviy modda kontsentrati va uni zararlangan joyga taʼsir muddatini kamaytirish uchun, zudlikda krandan koʼp miqdordagi sovuq suv bilan, rezina shlang yoki chelaklarda 15-20 minut davomida yuviladi.
Аgar, kislota yoki ishqor teriga kiyim orqali oʼtgan boʼlsa, avvalo kiyimni yuvish, shundan soʼng ehtiyot boʼlib, shikastlanuvchining nam kiyimini yechish yoki kesish, keyin terisini yuvish lozim.
Sulьfat kislota bilan shikastlanuvchining yuqori nafas yoʼllari shilliq pardasi zararlanganda toza havoga chiqarish; soda eritmasi bilan ingalyatsiya qilish; ehtiyotlik bilan etil spirti, efir yoki xloroform bugʼini hidlatish; sodali iliq sut ichirish lozim; Yoʼtal vaqtida kodein, dionin va gorchichnik tavsiya qilinadi. Teri yoki shilliq pardalarga oʼtkir sulьfat kislota tekkanda zudlik bilan uni suv oqizib yuvib ketkazadilar.
Xlorid kislota: xlorid kislota bugʼlaridan oʼtkir zararlanishda shikastlanuvchini toza havoga yoki yaxshi shamollatilgan joyga yetaklab (koʼtarib) borish, nafasni
qisuvchi kiyimlardan ozod qilish, kislorod bilan ingalyatsiya qilish koʼzi va burnini yuvish kerak. Koʼz zararlanganda yuvilgandan soʼng koʼzga 1 tomchi 2 % navakain eritmasi yoki 0,5 % dikain adrenalin (1:1000) eritmasidan tomizish zarur. Teriga kuchli kislota tekkanda, yaxshisi uni kuchli bosimli (masalan, gidrantdan) suvda, tezlik bilan 10-15 minut davomida yuvish lozim. Shikastlanuvchiga joyida birinchi yordam koʼrsatilgandan soʼng hakimga murojaat qilish zarur.
Ishqor tomchisi yoki bugʼlari koʼzga va ogʼiz boʼshligʼiga tushganda, zararlangan joyni koʼp miqdordagi suv bilan, soʼngra bor kislotasi (bir stakan suvga yarim choy qoshiq) eritmasi bilan yuvish zarur.
Аgar koʼzga kimyoviy moddaning qattiq boʼlakchasi tushsa uni avval namlangan tampon
bilan olish zarur, chunki birdan suv bilan yuvilsa koʼzni shilliq pardasi yaralanishi va
qoʼshimcha shikastlanuvga olib kelishi mumkin.
Kislota yoki ishqor qiziloʼngachga tushsa zudlik bilan hakim chaqirish zarur. Hakim kelgunga qadar shikastlanuvchini ogʼzi soʼlak va shilimshiqlardan tozalash, uni yotqizish va issiq oʼrash, ogʼriqni yumshatish uchun qorniga “muz” quyish lozim.
Аgar shikastlanuvchida bugʼilish alaomatlari paydo boʼlsa, “ogʼizdan burunga ” usulida sunʼiy nafas oldirish kerak, chunki ogʼizning shilliq pardalari kuygan boʼladi.
Аgar shikastlanuvchida qusish boʼlsa, qiziloʼngachga tushgan kislota yoki ishqorni suyultirish va kuydiruvchi taʼsirlarni kamaytirish uchun, 3 stakandan koʼp boʼlmagan miqdorda suv ichirish mumkin. Sut, tuxum oqsili oʼsimlik yogʼi, eritilgan kraxmallar ichish yaxshi samara beradi.
Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish