Mavzu: Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy va tashkiliy asoslari. Reja: 1. Mehnat muhofazasi. 2. Atrof muhitni muhofazalash. 3.О‘zbekiston Respublikasida mehnat muhofazasini nazorat qiluvchi tashkilotlar. 4.Hayot faoliyat xavfsizligi qonunchiligiga rioya qilish bо‘yicha texnik xodimlarning javobgarligi. 5.Hayot faoliyat xavfsizligini taminlashni moliyalashtirish. 1. Mehnat muhofazasi Mehnat muhofazasi- huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy texnologik va sanitariya meyorlari sistemasi bо‘lib, mehnatkashlarni ishlash sharoiti va hayot xavfsizligini ta’minlaydi. Mehnat muhofazasi hayot faoliyat xavfsizligi fanining mutaxassislikka tegishli asosiy qismini о‘rganadi. Aniq muammolar, transport vositalari, texnologik jarayonlar, ish turlari, bino va inshootlar uchun xavfsizlikni taminlash har bir fanning mutaxassislik kursida beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |