4. Hayot faoliyat xavfsizligi qonunchiligiga rioya qilish bо‘yicha texnik xodimlarning javobgarligi Korxonalarda ishlovchilarga xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitini yaratish bо‘yicha ishlarni tashkillashtirish, baxtsiz hodisalar va kasbiy kasalliklarni oldini olish mehnat muhofazasi xizmatiga yuklanadi. Bu xizmat korxonada mustaqil tizimiy bо‘linma bо‘lib, bevosita boshliqqa yoki bosh muhandisga bо‘ysunadi. О‘z ishini korxona rahbari yoki bosh muhandisi tasdiqlagan reja bо‘yicha boshqa bо‘linmalar ya’ni, davlat nazorati mahalliy organlari texnik inspeksiyalari hamkorligida amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |