Silindrik qobiqlar. Ular gumbaz plitasidan iborat bo‘lib, uning chetlarida
qobiqning tayanchlari bo‘lgan bort elementlari va diafragmalar bor.
Diafragmalar orasidagi masofa qobiq oralig‘i deyiladi. Oraliqning to‘lqin
uzunligiga nisbati 1
1
/1
2
ga bog‘liq holda uzunssilindrik qobiqlar 1
1
/1
2
>1 va
qisqassilindrik qobiqlar 1
1
/1
2
<1 farq qiladi. Qobiqning bort elementlari ham
xisobga olingan balandligi h bilan belgilanadi. Dastlabki kuchlanish
111
bo‘lmaganda qobiqning balandligini kamida (1/10...1/15)1
1
ga teng deb,
ko‘tarish strelasini esa kamida (1/6,..1/8)1
2
ga teng, deb olinadi.
YAxlit gumbazlar devorining qalinligi taxminan g/600 ga teng deb, lyokin 5
sm dan kam bo‘lmaydigan qilib qabul qilinadi. Gumbazni meridional
yo‘nalishda armaturalash kesimlarni nomarkaziy siqishga hisoblab belgilanadi.
Xalqali armatura xalqali kuchlanishning kattaligiga qarab tanlanadi. Gumbaz
devori odatda to‘r bilan armaturalanadi, unda bir yo‘nalishdagi sterjenlar
meridional kuchlanishlarni qabul qilsa, boshqa yo‘nalishdagi sterjenlar esa
xalqali kuchlanishlarni qabul qiladi. Gumbazning tayanch xalqaga birikish
joyida tayanch eguvchi momentlarni qabul qilishi uchun qo‘shimcha armatura
qo‘yiladi. Tayanch xalqa cho‘zilishga hisoblanadi, hamma kuchlanishlar
tayanch xalqaning xalkali armaturasiga uzatiladi. Bu armaturaga oldindan
kuchlanish ta’sir qildirish maqsadga muvofiqdir, chunki bu juda mustahkam
po‘latdan foydalanish tufayli uning sarfini kamaytirishga, tayanch xalqaning
yorilishiga, mustahkamligini oshirishga va gumbaz tirgagini kamaytirishga
imkon beradi. Kuchlanish ostidagi armatura kanallarda (ariqchalarda) joylashadi
yoki tayanch xalqaning yoniga o‘ralib, keyinchalik betonning himoya qatlami
torkretlash yo‘li bilan qoplanadi.
Yig‘ma gumbazlar egri chiziqli meridional qovurg‘ali elementlardan yoki
qovurg‘ali elementlardan (5.17-rasm b,v) yoki qovurg‘ali trapetsiyasimon
plitalardan montaj qilinadi. Yig‘ma gumbazlar elementlarini havozalardan
foydalanmasdan montaj qilish uchun shunday yig‘ish usulidan foydalaniladiki,
bunda trapetsiyasimon plitalarning har bir qatorini o‘rnatgandan so‘ng keyingi
qatorni mahkamlash uchun konsol chiqiqlar qoladi.
Musbat
Gauss
egri
chiziqli
bunday
qobiqlar
materiallar
sarfi
bo‘yichassilindrik qobiqlarga nisbatan 25-30% tejamlirovdir. YOpiladigan
yuzalarning oraliqlari ortishi bilan qobiqlarning nisbiy iqtisodiy samaradorligi
ortadi. Ikki yo‘nalishda bukilgan yupqa plita va kontur tomonlari bo‘yicha
joylashgan hamda ustunlarning burchaklari bo‘yicha tayangan to‘rtta diagramma
qobiqning asosiy elementi hisoblanadi
112
1> Do'stlaringiz bilan baham: |