Vibrograf VR-1
1-qobiq; 2-o‘zak; 3-naycha; 4-nazorat qilish oynasi; yurgizish va o‘chirish dastasi; 6-prujinali burash dastasi; ichki qismlarini qobiqqa mahkamlash vinti.
Laboratoriya sharoitida titrash hosil qilish uchun vibrostend qurilmasi yasalgan. Uning tuzilishi quyidagicha. Oddiy ish stolining tag qismiga elektrodvigatel o‘rnatib, uning o‘qiga ekssentrik mahkamlangan.
Elektrodvigatel yurgizilganda ekssentrik "urib" korpusga hamda stolga
titrash uzatadi. Ushbu laboratoriya ishida ana shu titrashni yuqorida aytilgan
VR-1 asbobi yordamida yozib olamiz.
Titrash parametrlarini o‘zgartirish maqsadida tok avtotransformator orqali beriladi. Bunda elektrodvigatelning aylanish tezligini boshqarish mumkin.
Ishni bajarish tartibi.
1. Vibrografga lenta qo‘ying.
Vibrograf dastasini "viklyucheno" holatga keltiring.
Prujina mexanizmini soat strelkasi bo‘yicha oxirigacha burang.
Vibrostend elektrodvigatelini yurgizing va avtotransformator orqali 300-400 ayl/min tezlikka erishing.
Vibrografni qo‘lingizda ushlab turib sterjenning tashqi uchini stol
yuzasiga tekkizing. Asbobni asta bosib peroni lentaning o‘rtasiga keltiring.
Vibrografni yurgizib, shu holatda 2-3 sek ushlab turing.
7. O‘lchashni tugatib, asbob ichidagi lentani oling. Lupa yordamida ikkilamchi amplituda bo‘lmish A ni (41-rasm) lineyka bilan o‘lchang. YUqorida aytganimizdek vibrogramma amplitudasi olti marta katta qilib yozilganligi uchun, uning haqiqiy qiymati quyidagi formula yordamida topiladi.
, mm
Vibrogrammada tebranishlar chastotasi /f/ ni hisoblang. Buning uchun
vibrogrammaning 1 sek oralig‘idagi bir tomonga qaragan tishchalar sonini hisoblab chiqish kerak
Titrashni xarakterlovchi kattaliklarning (CanPiN 0063-96 bo‘yicha) yo‘l qo‘ysa bo‘ladigan qiymatlari
CHastota, Gs
|
1,4
|
1,6
|
2
|
2,5
|
2,8
|
3,2
|
4
|
5
|
5,6
|
6,3
|
8
|
10
|
11,2
|
12,5
|
16
|
2
|
22,4
|
25
|
31,5
|
40
|
45
|
50
|
63
|
80
|
90
|
Tebranish amplitudasi, mm
|
3,11
|
2,22
|
1,26
|
0,73
|
0,61
|
0,44
|
0,28
|
0,16
|
0,13
|
0,09
|
0,056
|
0,45
|
0,041
|
0,036
|
0,028
|
0,2
|
0,02
|
0,018
|
0,0114
|
0,0113
|
0,0102
|
0,009
|
0,0072
|
0,0036
|
0,005
|
Tebranma harakat tezligining o‘rtacha kvadrat qiymatlari, mm/s
|
11,2
|
5
|
2
|
2
|
2
|
2
|
DB (5•10 -5 mm/sek ga nisbatan)
|
107
|
100
|
92
|
92
|
92
|
92
|
LABORATORIYA-6
Tuproqni solishtirma qarshiligini aniqlash
LABORATORIYA -6
Ishdan maqsad: Tuproq qarshiligini o‘lchash asbobi "M-416" bilan tanishish va olingan kattaliklar bo‘yicha solishtirma qarshilikni hisoblab chiqish.
Identiv o‘quv maqsadlar:
Talabalar tuproqni solishtirma qarshiligini ulchov asbobi orqali aniqlab erga ulagichning qarshiligini hisoblashni biladi.
Umumiy ma’lumotlar
Ishlab chiqarish sexlarida ishchilarni elektr toki urishidan saqlashning asosiy tadbirlaridan biri mashina va uskunalarni erga ulashdir.
Bunda mashina va uskunalarning tok yurmaydigan qismlari o‘tkazgich yordamida erga ulanadi. O‘tkazgich sifatida odatda ko‘ndalang kesimi doira yoki to‘rtburchak bo‘lgan po‘lat simlar tanlanadi.
Erga ulagich tabiiy va sun’iy bo‘lishi mumkin. Tabiiy erga ulagichlar vazifasini er bilan yaxshi kontaktda bo‘lgan yirik metall inshootlar, er osti suv o‘tkazish quvurlari, er ostidan o‘tkazilgan kabellarning qo‘rg‘oshin qobiqlari va boshqalar bajarishi mumkin.
Cun’iy erga ulagichlar oldindan hisoblanib, kerakli miqdorda metall /po‘lat/ quvurlar holatida erga qoqiladi.
Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr tarmoqlari uchun qo‘llanadigan erga ulagichning elektr qarshiligi 4 Om dan oshmasligi kerak.
51-rasmda ko‘rsatilgan sxema bo‘yicha bajariladigan yakka erga ulagichning qarshiligi quyidagi formula bilan hisoblanadi:
bu erla ρ - tuproqning solishtirma qarshiligi, Om sm;
l- qoziqning uzunligi, sm;
d- qoziqning diametri, sm;
t- er yuzasidan qoziqning yarmigacha bo‘lgan masofa, sm.
Ma’lumki tuproqning solishtirma qarshiligi xar xil tuproq uchun turlichadir. Masalan:
Tuproq turi
|
Tuproqning solishtirma qarshiligi, () Om, sm
|
Sof tuproq (less)
|
2,5x104
|
Loy tuproq
|
0,4x104
|
Qum tuproq
|
7,0x104
|
SHag‘alli tuproq
|
20,0x104
|
Toshloq tuproq
|
40,0x104
|
Aralash tuproqli erlarda solishtirma qarshilikni eksperimental /tajriba asosida/ aniqlash maxsus - «erga ulagich» qarshiligini o‘lchagich asboblari yordamida o‘lchanadi.
Laboratoriya ishini bajarishda shunday asboblardan biri bo‘lgan "M 416" markali erga ulagich qarshiligini o‘lchovchi asbobni ulaymiz. Bu asbob 4,5 V li batareyadan ta’minlanib. MP-42B tranzistorlaridan yig‘ilgan va 0,1 dan 1000 Om gacha o‘lchov chegarasiga ega.
Erga ulagich qoziqlari qoqilgan chuqurlikdagi tuproqning solishtirma qarshiligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
, Om sm (50)
bu erda R -M 416 asbobi yordamida o‘lchangan qarshilik, Om.
l - qoziqning er ostidagi qismi uzunligi, sm.
d - qoziqning diametri, sm.
M-416 asbobi yordamida tuproqning solishtirma qarshiligini aniqlash uchun erga qo‘shimcha elektrod 1 ( rasmga qarang) yordamchi erga ulagich 2 va zond 3 qoqiladi.
Ular orasidagi masofalar sxemalar ko‘rsatilgan kattaliklardan kam bo‘lmasligi kerak. Qo‘shimcha elektrod, yordamchi erga ulagich zondlar bilan ulangan simlarning uchlari laboratoriyaga olib chiqilgan va muvofiq ravishda belgilangan.
I lova: Ushbu «laboratoriya ishida M-416 asbobi, tutashtiruvchi simlar va kontaktlarning qarshiligi tufayli bo‘ladigan xatolarni chiqarib tashlash va tuproqning solishtirma qarshiligini yanada aniqroq o‘lchash uchun to‘rt qisqichli sistema qo‘llaniladi.
Uncha aniq bo‘lmagan dag‘al o‘lchovlar uchun qo‘shimcha elektroddan kelayotgan simni asbobning «1» qisqichiga ulash hamda «1» va "2" qisqichlarni qisqa tutashtirish kifoya.
Ishni bajarish tartibi
1. O‘lchovchi asbob M-416 ning qisqichlarini qo‘shimcha elektroddan,
yordamchi erga ulagichdan va zonddan kelgan simlar bilan sxema bo‘yicha
tutashtiring.
Pereklyuchatel V1 ni X1 holatiga keltiring.
Tugmachani bosib turib, "Reoxord" dastasini asbob strelkasining nol
holatiga maksimal yaqinlashtiring. SHu holda asbob shkalasining qiymatini
yozib oling, o‘lchash natijasi shu qiymatni pereklyuchatelning ko‘paytuvchisi
holatiga ko‘paytirib topiladi. Masalan, pereklyuchatel "X20" holatida bo‘lganda
reoxord shkalasi 3 qiymatini ko‘rsatdi. Demak, qarshilik R=3x20=60 Om ni
tashkil etadi.
Ilova: Agar o‘lchanayotgai qarshilik 10 Om dan yuqori bo‘lsa, pereklyuchatel V1 ni "X5" yoki "X20" yoki "X100" holatlariga qo‘yish kerak bo‘ladi. Bu holatlarning har birida ham "reoxord" dastasini burab, asbob strelkasini nol holatiga keltiriladi va shkala ko‘rsatkichini pereklyuchatel ko‘paytuvchisiga ko‘paytirilib - o‘lchov natijasi olinadi.
Laborant yoki o‘qituvchidan qo‘shimcha elektrodning uzunligi va diametri qiymatlarini oling.
O‘lchangan va olingan qiymatlar bo‘yicha (50) formuladan foydalanib, shu er tuprog‘ining solishtirma qarshiligini hisoblang.
6. Laboratoriya, ishini topshirish vaqtida ishlab chiqarish uskunalari
nima uchun va qanday qilib erga ulanishi, hisoblarda tuproqning solishtirma
qarshilik kattaligi qanday tanlanishi va noma’lum tarkibli tuproqning
solishtirma qarshiligi qanday aniqlanishi haqida so‘zlab bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |