Birinchi yordam ko‘rsatish
Jabrlanuvchi hushidan ketib, yana o‘ziga kelsa, uni darhol vrach kelguncha yotqizib, osoyishtalikni ta’minlash kerak va tomir urishi bilan nafas olishini nazorat qilib turishi zarur. Agar vrach chaqirishni imkoni bo‘lmasa, uni tezlik bilan shifoxonaga zambil yoki transportda olib borish kerak.
Agar jabrlanuvchi hushidan ketgan bo‘lsa-yu, lekin tomir urishi barqaror bo‘lsa, uni tekis joyga yotqizib, ko‘ylak yoqasini echib, toza havo kelishini ta’minlab, burunga nashatirda namlangan paxtani qo‘yib hidlatish yoki yuzga sovuq suv sepish kerak. So‘ngra vrachni zudlik bilan chaqirish lozim. Jabrlanuvchining nafas olishi va tomir urishi to‘xtagan bo‘lsa – u klinik (mavhum o‘lim holatida bo‘ladi).
Nafas olish va qon aylanish to‘xtaganda, xujayra va to‘qimalar qondagi oxirgi kislorodni so‘rib oladi, qonning rangi o‘zgaradi. Teri va shilimshiq pardaning ko‘karishi kuchayadi. Dastlab kislorod kamligiga ta’sirchan bo‘lgan bosh miya po‘stlog‘ining hujayralari o‘la boshlaydi. Hujayralarning bo‘linishi tezlashadi. Organizmda qaytarib bo‘lmas jarayonlar sodir bo‘ladi. Insonni hayotga qaytarish har bir daqiqa o‘tgan sayin qiyinlashadi.
Shunday qilib klinik o‘lim holati – hayotdagi o‘limga o‘tish davri – nafas olish va yurak faoliyatini to‘xtashidan boshlab, bosh miya po‘stlog‘ini hujayralari o‘lishigacha bo‘lgan vaqt bilan aniqlanadi.
Inson biror bir baxtsiz hodisa, masalan, elektr toki urganda klinik o‘lim vaqti 7-8 minut davom etishi mumkin. Klinik o‘lim davri tugagandan so‘ng, biologik (haqiqiy) o‘lim yuzaga keladi, ya’ni insonni hayotga umuman qaytarib bo‘lmaydi.
Klinik o‘lim holatida, ya’ni nafas olish faoliyati va yurak urish to‘xtagandan so‘ng, 8 minutgacha bo‘lgan vaqt ichida insonni hayotga qaytarish mumkin, bunda qanchalik tez harakat qilinsa, shuncha oson kechadi. Har bir daqiqani bekorga o‘tkazmasdan harakat qilish kerak. SHuning uchun ham, baxtsiz hodisa ro‘y berganda, tiriltirish yuzasidan qilingan ishlar, passiv harakat o‘limga hukm qilgan bilan barobar.
Har bir inson birinchi yordam ko‘rsatishning elementar usullarini bilishi kerak. Bu usullar jarohatlangan kishi organizmida sun’iy qon aylanish va havo almashishga qarailgan bo‘lishi kerak. Bu usul mutlaqo zarur bo‘lgan 2 ta chora tadbirni qo‘llashni taqozo etadi.
Sun’iy nafas oldirish, «og‘izdan-og‘izga», «og‘izdan-burunga» bo‘lishi mumkin.
YUrakni tashqi (Yopiq) massaj qilish.
Insonni sun’iy nafas oldirish va yurakni tashqi massaj qilish yo‘li bilan hayotga qaytarish, o‘pka-yurak reanimatsiyasi deb ataladi. (Reanimatsiya lotincha so‘z bo‘lib, re-boshqatdan, takroran, onimatio-tirilish ma’nosini anglatadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |