Ijtimoiy fondlar (jamg‘armalar) - bu fuqarolar va (yoki)
yuridik
shaxslar tomonidan ixtiyoriy mulkiy badallar qo‘shish asosida ta’sis
etilgan xayriya, ijtimoiy, madaniy, m a’rifiy
yoki boshqa ijtimoiy -
foydali maqsadlami ko‘zlaydigan, a’zolari bo‘lmagan tashkilotlardir.
Fondda uning ta’sischilari (muassislari) tomonidan berilgan mol-mulk
fondning mol-mulki bo‘lib, undan o‘z ustavida ko‘rsatilgan maqsadlar
da foydalanadi. U o‘z ustavida nazarda tutilgan tadbirkorlik faoliyatini
amalga oshirish uchun xo‘jalik jamyatlari tuzishi yoki ularda ishtirok
etishi mumkin.
Muassasa
- bu boshqaruv, ijtimoiy-madaniy va boshqa notijorat
vazifalami amalga oshirish uchun mulkdor
tomonidan tashkil etilgan
va to‘liq yoki qisman moliyaviy ta’minlab turiladigan tashkilotdir.
Muassasa unga biriktirib qo‘yilgan va o ‘zi sotib olgan mol-mulkdan
ustavida ko‘rsatilgan vazifalarni bajarish uchun foydalanadi. Muassasa
o‘z majburiyatlari bo‘yicha ixtiyoridagi pul mablag‘lari bilan javob be
radi. Bu m ablag‘lar yetarli bo‘lmasa, tegishli
m ol-m ulkning egasi
uning majburiyatlari yuzasidan subsidiar javobgar bo'ladi. Ayrim dav
lat muassasalari va boshqa muassasalar huquqiy mavqeyining xususi
yatlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Tadbirkorlik subyektlari o‘zlarining faoliyatlarini muvofiqlashtirish,
shuningdek, mushtarak mulkiy manfaatlarini ifoda etish hamda himoya
qilish maqsadida o‘z mustaqiligini saqlagan holda ixtiyoriy asosda
turli birlashmalar tuzishlari yoki ularga kirishlari mumkin.
Bunday
birlashmalar notijorat tuzilmalari bo‘lib, ularga uyushma, ittifoq, kon-
sem, xolding va boshqalar kiradi. Uyushma -
tadbirkorlik subyektlari
faoliyatini muvofiqlashtirish, o‘z a’zolarining
manfaatlarini ifodalash
va huquqlarini himoya qilish maqsadida o‘zaro shartnoma asosida tu
ziladigan notijorat birlashmadir. Konsem - bu ishtirokchilardan asosiy
faoliyatini kelishib olib borish talab etiladigan yagona ishlab chiqar
ish - xo‘jalik majmuasi bo‘lib, uning o‘z a’zolari
bilan munosabatlari
bo‘ysunish emas, balki shartnoma asosida olib boriladi. Xolding - bu
ishtirokchilari, a ’zolari faoliyatiga umumiy
rahbarlik va boshqaru-
vchilik vazifasini amalga oshiruvchi birlashma hisoblanadi. Agar
ishtirokchilarning qaroriga muvofiq uyushma (birlashma) ga tadbirkor
lik faoliyati bilan shug‘ullanish vazitasi yuklatilsa, bunday uyushma
(birlashma) xo‘jalik shirkati yoki jamiyatiga aylantirilishi kerak yoki
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun xo‘jalik jamiyatlari tuzi
shi, yoki ularga ishtirok etishi mumkin.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: