151
9. 2. XUSUSIY TADBIRKORLIK VA UNING KO‘RINISHLARI
Tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllaridan biri xususiy tadbir
korlik bo‘lib, u tadbirkorlikda, biznesda alohida o‘rin egallaydi vajam i-
yatda muhim rol o ‘ynaydi. Chunki xususiy tadbirkorlik bir qator afzal-
liklarga ega. M a’lumki, xususiy tadbirkorlik xususiy mulkka asoslana-
di. Bunday mulk egasi uni asrab-avaylab saqlash, yaxshi foyda keltira-
digan ishlarga joylashtirish, oqilona va samarali foydalanishga harakat
qiladi. Chunki bu sa’y-harakatlar natijasi mulkdorga tegishli bo‘ladi.
Bundan tashqari, xususiy tadbirkorlar to‘la mustaqil ho‘lib, erkin ha
rakat qilish imkoniyatiga ega bo‘lganligi tufayli tezkorlik bilan qaror-
lar qabul qilib, muammolarni tezroq yechish va yaxshiroq natijalarga
erishishni ta’minlashlari mumkin. Xususiy tadbirkorlaming bunday
sa’y-harakatlari respublikada qo‘llab-quvvatlanadi va xususiy tadbir
korlikni yanada rivojlanishi uchun yangi-yangi imkoniyatlar yaratilmo-
qda. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlik va
kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash jam g‘armasini tuzish to‘g ‘risida”gi,
“0 ‘zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini
tubdan oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g ‘risida”gi farmonlari,
“0 ‘zbekiston Respublikasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ri
vojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat dasturi”, “Tadbirkorlik faoliya
ti erkinligining kafolatlari to ‘g ‘risida”, “Xususiy korxona to‘g ‘risida”,
“Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunlar, “0 ‘zbekiston Respublikasida
xususiy tadbirkorlik to ‘g‘rsida Nizom” va boshqa hujjatlar shu maqsad
ga yo‘naltirilgan.
Xususiy tadbirkorikning muhim belgilari quyidagilardan iborat:
- xususiy mulkka asoslanadi:
- yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi;
- yollanma mehnat to‘liq yoki qisman jalb etiladi;
, - korxona (firma) shaklida ro ‘yxatdan o ‘tkaziladi.
Xususiy tadbirkorlik xususiy korxona, fermer xo‘j aligi, yuridik shaxs
bo‘lgan dehqon xo‘jaligi ko‘rinishlarida (shakllarida) tashkil etiladi va
amalga oshiriladi. 0 ‘zbekistonda 2003-yil 11-dekabrda “Xususiy kor
xona to ‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan. Mazkur qonunining maqsadi
xususiy korxonalami tuzish, ularning faoliyati, qayta tashkil etilishi va
tugatilishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
152
Xususiy korxona - bu mulkdor - yagona jismoniy shaxs tomoni
dan tuziladigan va boshqariladigan tijorat tashkiloti, korxonasidir. U
tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Xususiy korxona o‘z egaligida alohida mol-mulkka ega bo‘ladi, o‘z
nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘lishi hamda
ularni amalga oshirishi, majburiyatlar olishi va ularni bajarishi, sud-
da da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin. Xususiy korxona o‘z maj
buriyatlari bo‘yicha o ‘ziga qarashli butun mol-mulki, u yetishmagan
taqdirda korxonani tuzgan mulkdorning mol-mulki bilan javob beradi.
Xususiy korxona to‘liq firma nomiga ega bo'lishi lozim va uning fir
ma nomi “xususiy korxona” so‘zini o ‘z ichiga ollishi kerak. Bundan
tashqari, u qisqartirilgan firma nomiga ham ega bo‘lishi mumkin. U
firma nomi va manzili aks ettirilgan muhri va tam g‘asiga, mustaqil ba-
lansiga ega bo‘ladi, belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi yuritadi va
hisobotlar topshiradi, bankda hisobvaraqlar ochadi.
Xususiy korxona mulkdor tomonidan nomuayyan muddatga tuzi-
ladi, mulkdor unga teshgishli mol-mulk beradi va uning ustavini tas-
diqlaydi. Xususiy korxonaning ta’sis hujjati ustav bo‘lib, unda qu-
yidagilar ko'rsatiladi:
- korxonaning firma nomi;
- uning pochta manzili;
- maqsadi va vazifalari;
- asosiy faoliyat turlari;
- uni tuzgan mulkdorning familiyasi, ismi, otasining ismi va ya-
shash joyi;
-ustav jam g‘armasining miqdori va boshqalar.
Xususiy korxonaning ustav jam g‘armasi bo‘linmasdir va uning
miqdorini hamda unga kiritiladigan mol-mulkni mulkdor mustaqil bel
gilaydi. Agar mulkdor o‘z oila a’zolarining umumiy mulki hisoblangan
mol-mulkni korxonaga beradigan bo‘lsa, shu mol-mulk tegishli bo‘lgan
barcha oila a’zolarining notarial tasdiqlangan roziligi bo‘lishi kerak.
Xususiy korxona mulkdorining asosiy huquqlari quyidagilar:
- korxona rahbari sifatida uni yakka boshqarish;
- korxona nomidan ishonchnomasiz ish ko‘rish;
- korxona pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkini tasarruf etish;
- shartnomalar tuzish;
- ishonchnomalar berish;
153
- korxonani tuzish, qayta tashkil etish va tugatish to‘g‘risida qaror
qabul qilish;
- korxona ustavini tasdiqlash, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar
kiritish;
- barcha xodimlar uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqarish va
ko‘rsatmalar berish;
- ishchi - xodimlar yollash;
- o ‘z xodimlariga ish haqini qonunlarga muvofiq mustaqil belgilash
va boshqalar.
Xususiy korxona mulkdorining asosiy majburiyatlari:
- ustav j amg‘ armasini shakllantirish;
- korxonani belgilangan tartibda ro ‘yxatdan o ‘tkazish;
- korxonani yakka tartibda boshqarish;
- shartnomalar bo'yicha o ‘z majburiyatlarini bajarish;
- korxonada mehnat sharoitlarini yaratish va yaxshilab borish;
- ishlab chiqarish va mehnat xavfsizligini, xodimlaming ijtimoiy
muhofazasini ta’minlash;
- ekologiya, sanitariya, gigiyena va boshqa maxsus talablarga rioya
qilish;
- xodimlar bilan o ‘z vaqtida hisob-kitob qilish;
- buxgalteriya hisobi yuritish va hisobotlar topshirish;
- manzili yoki boshqarekvizitlari o‘zgargandaro‘yxatdan o ‘tkazgan
organga o ‘z vaqtida xabar qilish va boshqalar.
Xususiy korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab
yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi. U belgilangan tartibda vakolat-
xonalar ochishi va filiallar tuzishi, boshqa yuridik shaxslarning muas-
sisi bo‘lishi yoki ularning ustav jam g‘armasiga o‘zgacha tarzda ishtirok
etishi mumkin. Qonunda xususiy korxona faoliyati erkinligining kafo
latlari ham belgilab qo‘yilgan.
Xususiy tadbirkorlikka, shuningdek, fermer xo‘jaligi va yuridik
shaxs bo‘lgan dehqon xo‘jaligi ham kiradi. Fermer xo‘jaligi - yuridik
shaxs maqomiga ega bo‘lgan fermer xo‘jaligi a ’zolarining birgalikda
gi mehnati asosida uzoq muddatga ijaraga berilgan yer uchastkasida
qishloq xo ‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishga asoslangan mustaqil
xo‘jalik yurituvchi subyektdir. Yuridik shaxs boMgan dehqon xo‘jaligi -
yuridik shaxs sifatida ro ‘yxatdan o‘tgan va yuridik shaxs belgilariga
ega bo‘lgan xo‘jalik boshlig‘iga meros qilib qoldirilgan umrbod ega-
154
lik qilishga berilgan tomorqa hamda uzoq muddatga ijaraga olingan
yer uchastkalarida oila a’zolari va yollangan xodimlar mehnati bilan
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi va sotuvchi tovar
xo‘jaligidir.
0 ‘zbekistonda qishloq xo ‘jalik shirkatlarini qayta tashkil etib,
fermer xo‘jaliklariga aylantirish munosabati bilan fermerchilik hara-
kati kengayib bormoqda. Respublikada 2004- yil boshida 104 mingta,
2005-yil boshida 125 mingta fermer xo‘jaligi mavjud boMsa, 2007- yil
boshiga kelib ularning soni 190 mingtaga yetgan. Shu davrga Buxoro
viloyatida fermer xo' jaliklari soni 8600 tadan 17 mingtaga yetgan.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |