9. 3. JAMOA TADBIRKORLIGINING KO‘RINISHLARI VA
ULARNING XUSUSIYATLARI
Jamoa tadbirkorligi jam oa a’zolarining mehnati hamda jam oa
a ’zolari va boshqa ishtirokchilar mulkiga asoslangan bo‘lib, yuridik
shaxs shaklida tashkil etiladi va amalga oshiriladi. Jamoa tadbirkorligi
bir qator ko‘rinishlarga, xususiy shakllarga ega: ishlab chiqarish koo
perativi, xo‘jalik shirkati, xo‘jalik jamiyati, unitar korxona, notijorat
tashkilotlari va boshqalar.
Ishlab chiqarish kooperativi - bu fuqarolaming shaxsiy ishtiroki
va mulkiy pay badallarini birlashtirib, birgalikda ishlab chiqarish yoki
boshqa xo‘jalik faoliyati yuritish uchun a’zolik asosida tuziladigan ix
tiyoriy birlashmadir. Uning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
- kooperativ a’zolari soni 5 kishidan kam bo‘lmaydi;
- kooperativga yuridik shaxslar ham a’zo bo‘lishlari mumkin;
- a’zolaming huquqlari ular qo‘shgan pay miqdori bilan bog‘liq
emas;
- pay miqdoridan qat’i nazar, kooperativning har bir a’zosi umumiy
majlisda bir ovozga ega;
- foyda hamda kooperativ tugatilganda qolgan mol-mulk va mablag‘
a’zolarining mehnatdagi ishtirokiga muvofiq taqsimlanadi;
- kooperativdan chiqadigan a’zo mulkdagi ulushini emas, balki
faqat pay badalini oladi;
- a’zolar kooperativ majburiyatlari bo‘yicha subsidiar (qo‘shimcha)
javobgar hisoblanadilar;
- kooperativ yuridik shaxs bo‘lib, ta’sis hujjati ustavdir.
155
Kooperativning mulki dastlab a ’zolarining pay badallaridan tashkil
topadi. Kooperativni boshqarish organlari: oliy organi - uning a ’zolari
umumiy majlisi; kuzatuv kengashi (uni tuzish shart emas); ijro organ
lari boshqaruv va (yoki) raisdan iborat. Kooperativning boshqaruv or-
ganlarini tuzishda nomzodlar faqat uning a’zolaridan tanlanishi shart.
X o‘jalik shirkati - umumiy nom ostida birgalikda tadbirkorlik faoli
yatini olib borish uchun bir necha shaxsning shartnoma asosida bir-
lashuvidir. Xo‘jalik shirkati quyidagi bir qator xususiyatlarga ega:
- xo‘jalik shirkatida, asosan, shaxsiy harakatlar birlashtiriladi;
- to ‘liq sheriklar asosiy faoliyat yurituvchi shaxslar bo‘lib, shirkat
majburiyatlari bo‘yicha o ‘z mulklari bilan cheklanmagan miqdorda ja-
vobgar hisoblanadilar;
- har bir shaxs faqat birta shirkatga to'liq sherik bo‘lishi mumkin;
- shirkatga fuqarolar ham, yakka tadbirkorlar ham, yuridik shaxslar
ham sheriklik asosida kirishlari mumkin.
X o‘jalik shirkatining ikki ko‘rinishi mavjud: to‘liq shirkat va kom
mandit shirkati. Ishtirokchilari o ‘rtasida o ‘zaro tuzilgan shartnomaga
muvofiq shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan
hamda uning majburiyatlari bo'yicha o ‘zlariga tegishli barcha mol-
mulk bilan javob beradigan shirkat to ‘liq shirkat hisoblanadi. Bunday
shirkat ishtirokchilari to ‘liq sheriklar deb ataladi. To‘liq sheriklar bi
lan bir qatorda shirkat majburiyatlari bo‘yicha faqat o ‘zlari qo‘shgan
hissa doirasida javobgar bo‘ladigan hamda shirkat faoliyatida qatnash-
maydigan bir yoki bir necha ishtirokchisi ham bo‘lgan shirkat kom
mandit shirkati hisoblanadi. Shirkatning to ‘liq bo‘lmagan ishtirokchi-
iari hissa qo‘shuvchilar, omonatchilar, kommanditchilar deb ataladi.
Agar kommandit shirkatining firma nomiga hissa qo‘shuvchining nomi
kiritilgan bo‘lsa, bunday hissa qo‘shuvchi to'liq sherikka aylanadi.
X o‘jalik jamiyati - bu tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun bir
yoki bir necha shaxsning mulkini birlashtirish yo‘li bilan tashkil qilina
digan tashkilotdir. U quyidagi xususiyatlarga ega:
- xo‘jalik jamiyatida shaxsiy harakatlar emas, balki mol-mulk bir
lashtiriladi;
- ishtirokchilar jamiyat majburiyatlari bo'yicha javob bermaydilar
(qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatdan tashqari);
- tadbirkorlik tavakkali ustav sarmoyasiga qo‘shgan badal bilan
cheklanadi (qo‘shimcha m as’uliyatli jamiyatdan tashqari);
156
- ustav sarmoyasi hissa qo‘shgan va boshqa kreditorlar uchun kafo-
lat hisoblanadi;
- ustav sarmoyasini kamaytirish uchun barcha kreditorlami xabar
dor qilish kerak.
X o‘jalik jamiyatining uch ko‘rinishi mavjud: m as’uliyati cheklan
gan jamiyat, qo‘shimcha m as’uliyatli jamiyat, aksiyadorlik jamiyati.
Mas’uliyati cheklangan jam iyat - bu bir yoki bir necha shaxs tomoni
dan ta’sis etilgan, ustav sarmoyasi ta’sis hujjatlarida belgilangan miq
dordagi ulushlarga bo‘lingan va umumiy zarar uchun ishtirokchilar
javobgarligi o ‘zlari qo‘shgan hissa doirasida cheklangan jamiyatdir.
Qo‘shimcha m as’uliyatli jamiyat - bu bir yoki bir necha shaxs to
monidan ta’sis etilgan, ustav sarmoyasi ta’sis hujjatlarida belgilangan
miqdordagi ulushlarga bo‘lingan va umumiy zarar uchun ishtirokchi
lari o ‘zlari qo‘shgan hissaga nisbatan karrali miqdorda solidar tarzda
subsidiar javobgar bo4ladigan jamiyatdir. Ishtirokchilardan biri nochor
(bankrot) bo‘lib qolganida uning jamiyat majburiyatlari bo‘yicha ja
vobgarligi boshqa ishtirokchilari o ‘rtasida ularning qo‘shgan hissala-
riga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Xo^alik jamiyatining yana bir ko'rinishi aksiyadorlik jamiyati bo‘lib
hisoblanadi. Ustav sarmoyasi muayyan aksiyalar soniga bo‘lingan jam i
yat aksiyadorlik jamiyatidir. Aksiyadorlik jamiyatining ishtirokchilari
(aksiyadorlari) uning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydilar va
jamiyat faoliyati bilan bogHiq zarar uchun o ‘zlariga qarashli aksiyalar
qiymati doirasida javobgar bo‘ladilar. Aksiyadorlik jamiyatlarining ikki
turi - ochiq va yopiq ko‘rinishlari mavjud. Ochiq turdagi aksiyadorlik
jamiyatida uning ishtirokchilari o‘zlariga qarashli aksiyalami boshqa
aksiyadorlarning roziligisiz o ‘zga shaxslarga berishlari yoki sotish-
lari mumkin. Bunday aksiyadorlik jamiyati o ‘zi chiqargan aksiyalarga
qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladigan shartlar asosida ochiq obuna
o‘tkazadi va ularni ochiq, erkin sotadi. Ochiq aksiyadorlik jamiyati har
yili yillik hisobot, buxgalteriya balansi, foyda va zararlar hisobvarag‘ ini
barcha qiziquvchilar tanishib chiqishlari uchun ommaviy axborot vosi
talari da e ’lon qilishi shart.
Yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati - aksiyalari faqat o'zining
ta’sischilari orasida yoki oldindan belgilab qo‘yiladigan boshqa shaxs
lar doirasida taqsimlanadigan jamiyatdir. Bunday jamiyat o‘zi chiqa-
radigan aksiyalarga ochiq obuna o‘tkazishi yoki ochiq, erkin sotishi
157
mumkin emas. Bu jamiyat uchun aksiyadorlar sonining eng quyi va
eng yuqori chegarasi qonunlarda belgilab qo‘yilgan. Aksiyadorlar soni
belgilangan miqdordan oshib ketganda, u ochiq turdagi aksiyadorlik
jamiyatiga aylantirilishi, undan pasayganda esa sud tartibida tugatilishi
lozim.
Jamoa tadbirkorligining tashkiliy ko‘rinishlaridan biri unitar kor-
xonadir. 0 ‘ziga biriktirib qo‘yilgan mol-mulkka nisbatan mulkdor
tomonidan mulk huquqi berilmagan korxona unitar korxona hisobla
nadi. Unitar korxona o‘z mol-mulki egasining, mol-mulki egasi esa
korxonaning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi. Lekin korxona
o 'z majburiyatlari bo‘yicha o ‘ziga qarashli butun mol-mulk bilan ja
vob beradi. Unitar korxonani boshqarish organi uning rahbari bo‘lib,
u mulkdor yoki mulkdor vakil qilgan organ tomonidan tayinlanadi va
ularga hisob berib turadi. Unitar korxonaga mol-mulk ikki maqsad-
da - xo‘jalik yurtish uchun yoki operativ boshqarish uchun biriktirilishi
mumkin. Shunga muvofiq unitar korxona ikki xil bo‘ladi: xo jalik yuri
tish huquqiga asoslangan va operativ boshqarish huquqiga f soslangan
unitar korxona. X o‘jalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona,
mulkdor, yoki u vakil qilgan organning qarori bilan tuzi'.adi, uning
ta’sis hujjati ustav hisoblanadi. U sho‘ba korxona tashkil etishi mum
kin. Operativ boshqaruv huquqiga asoslangan unitar korxona, asosan,
davlat tomonidan tashkil etiladi va davlat korxonasi hisoblanadi. Uning
ham ta’sis hujjati ustavdir. Davlat korxonasining mol-mulki yetarli
bo‘lmaganida davlat uning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgar
bo‘ladi.
Notijorat tashkilotlarining ayrimlari ham u yoki bu darajada jam oa
tadbirkorligini amalga oshiradilar. Ularga matlubot kooperativi, ja-
moat birlashmalari, ijtimoiy fondlar (jamg‘armalar), muassasalar kiradi
(9.1-chizmaga qarang).
Matlubot kooperativi - bu ishtirokchilaming moddiy (mulkiy)
ehtiyojlarini qondirish maqsadida fuqarolaming a’zolikka asoslangan
ixtiyoriy birlashmasidir. U o‘z a’zolarining mulkiy (pay) badallarini
birlashtirish yo‘li bilan tuziladi. Matlubot kooperativining a’zolari
ko‘rilgan zarami yillik balans tasdiqlanganidan keyin uch oy mobay-
nida qo‘shimcha badallar to ‘lash yo‘li bilan qoplashlari kerak. A’zolari
uning majburiyatlari bo‘yicha har bir a’zo to‘laydigan qo‘shimcha
badalning to‘lanmagan qismi doirasida subisidiar javobgar bo‘ladilar.
158
Matlubot kooperativi tijorat faoliyati bilan shug‘ullanadi. Lekin undan
olingan foyda a’zolari o‘rtasida taqsimlanmay, uning faoliyatini rivoj
lantirish uchun ishlatiladi.
Jamoat birlashmalari - m a’naviy yoki o‘zga nomoddiy ehtyojla-
rini qanoatlantirish uchun o ‘z manfaatlarining mushtarakligi asosida
tuziladigan fuqarolarning ixtiyoriy birlashmalaridir. Ularning a’zolari
o‘zlari bergan mol-mulkka bo‘lgan huquqlarini saqlab qolmaydi-
lar. Jamoat birlashmalarining majburiyatlari bo‘yicha uning a’zolari,
a‘zolarining majburiyatlari bo‘yicha birlashmalar javob bermaydilar.
Jamoat birlashmalari o‘z ustavlarida nazarda tutilgan ishlab chiqarish
yoki o'zga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishlari mumkin. Ularga
diniy tashkilotlar (birlashmalar), xayriya tashkilotlari, siyosiy partiya-
lar va boshqa jam oat harakatlari kiradi.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |