Bozor iqtisodiyoti sharoitida ish haqini tashkil etish va uni isloh qilish
Metodik ko’rsatmalar
Iqtisodiy hisobotlarda ish haqining real va nominal turlari ajratib ko’rsatiladi. Nominal ish haqi (Zn) - bu ishlovchining bajarilgan ish uchun haqiqatda qo’liga oladigan pul summasidir. Real ish haqi esa (Zr) - bu ishlovchining oladigan nominal ish haqi evaziga ko’rsatilgan xizmatlar va tovarlar sotib olish uchun haq to’lash imkoniyatidir. Nominal va real ish haqining dinamikasi o’rtasidagi bog’liqlik quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Izr IznIts, (21)
Bu yerda Izr - real ish haqining indeksi;
Izn - nominal ish haqining indeksi;
Its - ko’rsatilgan xizmatlar va tovarlar bahosi indeksi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona ishlovchilarining ish haqi fondi byudjetga to’lanadigan to’lovlardan (foydaga soliqdan tashqari) tashqari korxona hisobida qolgan qismidan tashkil topadi.
Korxona xarajatlarining qolgan qismi ishchi kuchining amal qilishi bilan bog’liq bo’lgan bevosita xarajatlar (ijtimoiy kafolatlashga, pensiya ta’minotiga va hokazo)ni nazarda tutadi. Bilvosita konventsiya xarajatlarning normativlari davlat tomonidan ish haqi fondiga nisbatan foizlarda belgilanadi.
Ishlovchilarga individual tarzda ish haqi hisoblanayotgan vaqtda quyidagi holatlarni hisobga olish lozimdir.
Har qanday razryaddagi TS (DO) ishlovchilarning tarif stavkasi (lavozim maoshi) quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
TSn (DOn) TS1 (DO1)*TKn, (22)
Bu yerda TSn (DOn) - n - razryadli ishlovchining tarif stavkasi (lavozim maoshi);
TS1 (DO1) - 1 razryali ishlovchining tarif stavkasi (lavozim maoshi);
TKn - tarif stavkasida qo’llaniladigan n - razryadli tarif koeffitsienti.
Vaqtbay ish haqi (3p) bo’yicha ishlovchining ish haqi quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
ZpTSp*Tf, (23)
Bu yerda TSp - ishlovchining vaqt birligidagi (soat, kun) tarif stavkasi;
Tf - hisobot davridagi haqiqatda ishlangan ish vaqti xajmi (soat, kun).
Ishbay ish haqi (3sd) bo’yicha ishlovchining ish haqi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
ZsdR*Q (24)
Bu yerda R - ishbay rastsepka - mahsulot birligiga belgilangan ish haqi miqdori (bajarilgan ish xajmi);
Q - tayyorlangan mahsulotlar bajarilgan ishlar miqdori.
Ishbay rastsenkalarni hisoblashda, qo’llanilayotgan ishbay ish haqining turlariga asosan ma’lum xususiyatlarni hisobga olinadi.
Ishlovchining ish haqi uning shaxsiy ko’rsatkichlariga asosan, to’g’ri individual ishbay sistemasi bo’yicha hisoblaganda, ishbay rastsepka quyidagi formulalardan biri yordamida aniqlanadi:
RTS rab.vir yoki RTsrab*Nvr, (25)
Bu yerda TSrab - bajarilayotgan ish razryadining tarif stavkasi.
Nvo’r - ishlovchiga o’rnatilgan ishlab chiqarish normasi.
Nvr - ishlovchiga bajarilgan ishga (mahsulot birligiga) belgilangan vaqt normasi.
Ishbay rastsepkalarni hisoblashda vaqt birligi tarif stavkasi nisbati va ish vaqti (ishlab chiqarish) normasi nisbatini mos kelishini ta’minlanishini nazarda tutish lozim.
Agar ishlab chiqarish normasi smena bo’yicha o’rnatilgan (belgilangan) bo’lsa, u vaqtda rastsenkani hisoblashda kunbay stavka, agar soatbay bo’yicha o’rnatilgan bo’lsa, unda soatbay stavkadan foydalaniladi.
Individual ish haqining shakllanishida jamoa (brigada) ishbay sistemasi asosida tashkil etilgan bo’lsa, unda jamoa (umumbrigada) ishbay sistemasi qo’llaniladi. Bunda vaqt birligida brigada tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot yoki bajarilgan ish uchun jamoa ishbay rastsepkalari hisoblab chiqiladi. Brigada tomonidan yig’ilish, montaj qilish va h.k. kabi ishlar bajarilganda jamoa ishbay rastsenkasi quyidagi formula yordami aniqlanadi:
Rxol TSrabi*tni (26)
Bunda, Zsd.br - ishbay bo’yicha ishlovchi brigada a’zolarining umumiy ish haqi.
Tsi - brigadadagi i - ishchining soatbay tarif stavkasi.
CHfi - hisobot davrida - i ishchi tomonidan haqiqatda ishlangan ish soatlari, kishi - kun;
KTU i - i ishchining qatnashish koeffitsienti.
m - brigadadagi ishlovchilar soni.
Vaqtbay va ishbay ish haqlarining hamma usullari mukofotlash bilan to’ldirilishi mumkin. U vaqtda ishlovchining (brigada a’zolarining) ish haqi (Zpr) quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
Zpr Zosn (Zosn*P)100 (29)
Bunda, Zosn - ishlovchining (jamoa a’zolarining) asosiy ish haqi. Zosn - vaqtbay ishlovchilar uchun haqiqatda ishlangan ish vaqtini tarif stavkalariga ko’paytirish asosida, ishbay ishlovchilar uchun esa bajarilgan ish (ishlab chiqarilgan mahsulot)ni rastsepkalarga ko’paytirish yo’li bilan ularga to’lanadigan ish haqi hisoblanadi. P - mukofotlash shartlari va shkalasi bo’yicha mos holda ishlovchilarning asosiy ish haqiga to’lanadigan mukofotlar foizi.
1. Ishchi 1 smena davomida A markadagi detaldan 6 dona (ish razyadi VI 1 dona detalь tayyorlashga 36 minut vaqt normasi belgilangan). B markadagi detaldan 5 dona (ish razyadi VII, vaqt 1,5 soat) va V markadagi detaldan 18 dona (ish razryadi V, ishlab chiqarish normasi 1 soatga 10 dona detalь). 1 ryazryad soatbay tarif stavkasi 120 so’mga teng bo’lsa: tayyorlangan detallar ishbay restsenkasini va ishchining 8 soatlik smena davomidagi umumiy ish haqini hisoblang.
2. Vaqtbay ish haqi bo’yicha ishlovchi, uchastka ishlab chiqarish dasturini bajarilishi darajasi bo’yicha mukofot oluvchi ishchining soatbay stavkasi 180 so’m qilib belgilandi. Agar ishchi 1 oy davomida 15 sakkiz soatlik ish smenasida ishlangan, uchastka ishlab chiqarish programmsini 102%ga bajargan bo’lsa, uning 1 oylik ish haqi miqdorini aniqlang. Mukofotlash nizomiga asosan, dasturning bajarilganligi uchun asosiy ish haqining 30%i, har bir oshiribbajarilgan foiz uchun 5% miqdorida mukofotlash uchun belgilangan.
3. Kantselyariya tovarlari, gazeta va jurnallar sotish bilan shug’ullanuvchi va sotilgan tovarlar hisobidan foiz oluvchi kioskerning sotilgan tovarlar (tushum) summasi oy davomida quyidagicha ko’rinishda bo’lgan:
Oy kunlari
|
Sotilgan tovarlar summasi, ming so’m
|
Oy kunlari
|
Sotilgan tovarlar summasi, ming so’m
|
1
|
1,20
|
10
|
13,2
|
2
|
12,5
|
11
|
14,1
|
3
|
13,0
|
12
|
15,2
|
4
|
12,7
|
13
|
14,0
|
5
|
14,0
|
14
|
14,1
|
6
|
13,7
|
15
|
15,3
|
7
|
12,2
|
16
|
13,1
|
8
|
11,8
|
17
|
13,2
|
9
|
12,5
|
18
|
13,5
|
Agar kiosker oy davomida 18 ish kunida ishlagan va sotilgan tovar summasi 12000 so’mi hisobidan-3%i, 12001 so’mdan 13000 so’mga-3,5%, 13001 so’mdan 15000 so’mgacha – 4%, 15000 so’mdan oshsa-5% miqdorida rag’batlantirish belgilangan bo’lsa, uning miqdorini hisoblang.
4. Korxonada kvartal mobaynida sotilgan mahsulotning hajmi 10271 ming so’mni tashkil etdi. qo’shimcha qiymatga soliq, maxsus soliq va aktsiya yigirmalarning hajmi realizatsiya bahosining 29%ini, korxona ihtiyorida qoladigan foydada mahsulot tannarxi 70%ni tashkil etdi. Agar mahsulotning tannarxining 62%ini moddiy xarajatlar, ishchi kuchining amal qilishi bilan bog’liq bevosita xarajatlari (umumiy ish haqi fondiga nisbatan % hisobida) quyidagicha: (pensiya fondiga ajratmalar – 30%, bandlik fondiga ajratmalar –0,7%, ijtimoiy kafolatlashga – 2,5%, umumta’lim yig’imlari – 1%ni) ko’rinishda bo’lsa, ish haqi fondining salmog’li fondining salmog’ini aniqlang.
5. Asbob-uskunalarni ta’mirlash korxonasida 100 ta ishlovchi mavjud bo’lib, shundan 20 ta ishchi I–ryazryad, 20 ta ishchi II-ryazryad, 40 ta ishchi III –ryazryad qolganlari esa IV-razryadni tashkil qiladi.
Belgilangan tarif bo’yicha I-ryazryad ishchiga 150 so’m, II-ryazryad, ishchiga – 200 so’m, III –ryazryad ishchiga –250 so’m, IV-razryad, ishchiga 300 so’m qilib belgilangan.
Korxonadagi ishlovchilarni o’rtacha tarif ryazryadini hisoblash kerak.
6. TSexda 250 kishi vaqtbay ishlaydi, bajarilgan ishlarning o’rtacha tarif ryazryadi – 3,12, ish vaqti yillik fondi – 1800 soat, normalarning o’rtacha hisobda bajarilishi – 130%. Ularning bevosita yillik haqi jamg’armasini aniqlang.
7. Korxonada hisobot yilida mahsulot ishlab chiqarish – 20 mln.so’mga, ish haqi fondi –4 mln.so’mga teng. Rejada mehnat unumdorligi 7,5%, o’rtacha ish haqi esa 3% oshgani holda mahsulot hajmini 8% oshirish belgilangan. Rejadagi ish haqi fondini aniqlang.
8. Rejada mahsulot ishlab chiqarishni 12%, o’rtacha hisobidagi ish haqini 2% oshirish, mehnat sig’imi 5% kamaytirish, o’rta hisobda bir nafar ishchi hisobiga ish soatlari sonini 1800 soatdan 1836 soatgacha oshirish mo’ljallangan.
Bazis yilida ishchilarning ish haqi fondi 200 ming so’mga teng bo’lgan bo’lsa, endi u qancha bo’lishi kerak.
9. Terichilik sanoatida ishbay ishchilar uchun soatiga 54 so’mgalik I razryad stavkasi o’rnatilgan. Tarif setkasidaga razryadlar o’zgarishning diapazoni 1.8. Og’ir va zararli mehnat sharoitlarida ishlash uchun tarif stavkasiga 12% ustama o’rnatilgan. Normal va zararli mehnat sharoitlarida ishlovchilar uchun IV –razryad stavkasini hisoblang.
10.Agar ishlovchi lavozimi okladi bo’yicha 26000 so’m, moddiy rag’batlantirish jamg’armasidan okladga nisbatan 38%, ya’ni texnika jamg’armasidan 5600 so’m, moddiy resurslarni tejaganligi uchun 2900 so’m premiya olgan bo’lsa alohida hududlarda o’rnatilgan ish haqining 40% razmeridagi rayon koeffitsenti bo’yicha yo’lovchilar miqdorini hisoblang.
11. Ishbay ishchi tarifga ish haqiga nisbatan 11% qo’shimcha ishbay haq, ishbay ish haqiga nisbatan 25% premil, og’ir va zararli sharoitda ishlagan uchun tarif stavksiga nisbatan 12% ustama haq, ishga kelmagan ishchining o’rnida yarim oy ishlab turgani uchun tarif stavksiga nisbatan 50% qo’shimcha haq olgan. Ishchining umumiy qo’shimcha ish haqi koeffitsentini va o’rtacha ish haqidagi tarif salmog’ini (ulushini) aniqlang.
12.Agar normasi 30% qisqargan, tarif koeffitsenti 15,5% oshgan, I –razryad tarif stavkasi o’zgarmagan bo’lsa ishbay haqning rastsenka o’zgarishi foizini aniqlang.
Mehnat motivatsiyasi va mehnatga munosabat
Do'stlaringiz bilan baham: |