Aholining turmush darajasi, daromadlari va uni davlat tomonidan tartibga solish
Metodik ko’rsatmalar.
Masalalarni yechishda O’zbekistondagi oila daromadlarini: ish haqi, moddiy yerdagi, nafaqalar, soliq to’lanadigan boshqa to’lovlar, pensiya va stipendiyalar, bolalarga to’lanadigan oylik nafaqalar, yosh bolasiga qarash uchun to’lanadigan nafaqalar, tomorqa xo’jaligidan olinadigan natural mahsulotlar qiymati, shaxsiy mulkidan va shaxsiy tomorqasidagi mahsulotlarni sotishdan keladigan daromadlar, bankdagi jamg’armalari, aktsiya va boshqa qimmatli qog’ozdan keladigan foizlar.
Jon boshiga to’g’ri keladigan daromadlar oila farovonligini moddiy jihatdan aks ettirishni hisobga olish zarur.
Turmush darajasini aniqlashda oila xarajatlarining salmog’ini guruhlab o’rganish maqsadga muvofiq. Xususan oziq-ovqat xarajatlarining ahamiyati katta, agaruning salmog’i boshqa xarajatlardan keng bo’lsa oila daromadlari pastligi aniqlanadi.
1.Iste’mol savati qiymati 240 so’mni tashkil qiladi. Yashash minumimi byudjetining (YaMB) tuzulmasi jadvalda keltirilgan. Ishga layoqatli ishlovchining YaMB qiymatini aniqlang.
Mamlakat o’rtacha ijtimoiy-demografik guruhlar bo’yicha yashash minimumi byudjeti tuzilmasi
№
|
Xarajatlar turi
|
Aholi jon boshiga
|
Ijtimoiy-demakrafik guruhlar
|
Mehnatga layoqatlilar
|
pensionerlar
|
Bolalar
|
0-6
|
7-15
|
1.
|
Oziq-ovqat
|
68,3
|
61,6
|
82,9
|
74,5
|
73,4
|
2.
|
Nooziq ovqat tovarlar
|
19,1
|
21,4
|
10,0
|
18,9
|
19,8
|
3.
|
Xizmatlar
|
7,4
|
8,9
|
7,1
|
6,6
|
6,8
|
4.
|
Soliqlar va boshqa to’lovlar
|
5,2
|
8,1
|
-
|
-
|
-
|
|
Jami xarajatlar
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
2. Quyidagi jadvalda yashash darajasi minimumini o’z ichiga olgan oziq-ovqat mahsulotlarining bahosi va strukturasi bo’yicha ma’lumotlar berilgan.
X yilda minimal ish haqi miqdori 2450 so’mni, 4 yildan so’ng 5440 so’mni tashkil etgan. SHu yillarda belgilangan minimal ish haqiga beriladigan har bir mahsulot turining hajmini aniqlang.
SHu yillarda minimal nominal va real ish haqlarining o’zgarish xarakteri bo’yicha xulosa chiqaring.
Yashash darajasi minimumining turlari
|
O’lchov birligi
|
Mahsulotlarning birligi bahosi, so’m
|
X y, yanvar
|
XX y, dekabr
|
Go’sht mahsulotlari (mol go’shti)
|
Kg
|
1800
|
200
|
Sut mahsulotlari (sut)
|
L
|
150
|
200
|
Tuxum
|
10 dona
|
40
|
60
|
Baliq mahsulotlari
|
Kg
|
1500
|
2000
|
qand va konditer mahsulotlari
|
Kg
|
550
|
650
|
O’simlik yog’i
|
L
|
900
|
1100
|
Kartoshka
|
Kg
|
200
|
250
|
Sabzavotlar
|
Kg
|
100
|
150
|
Mevalar
|
Kg
|
600
|
700
|
Non mahsulotlari
|
Kg
|
265
|
300
|
3.Oila besh kishidan iborat: eri-qurilishda kranchi-mashinist, xotin-shahar kutubxonasida kutubxonachi, ikkita bolasi maktabgacha yoshda, ularning qari onasi-pensioner. Oila daromadi (to’lov va soliqlar chiqarib tashlangandan so’ng) erining ish haqi oyiga 1800 so’m va xotinniki-600 so’m, bolalarga olinadigan moddiy yordam va nafaqalar oyiga 120 so’mdan har biriga, onasining pensiyasi-300 so’m, hamda jamg’arma bankka qo’yilgan pullarining yillik 7,2 foizini, tomorqa xo’jaligidan olinadigan meva-sabzavotlarning narxi-1 yilda 1140 so’m.
Kishi boshiga to’g’ri keladigan oylik daromadlarni aniqlash zarur va oila farovonligi darajasi haqida xulosa chiqrish kerak.
4. Oila besh kishidan iborat: eri-tijorat bankida yurist-maslahati, xotini uy bekasi, qizi-talaba, otasi-xarbiy pensioner, onasi 2- guruh nogironi. Oilaning umumiy daromadi 1 oyga erining oylik maoshdan –3600 so’m, qizining stipendiyasi – 200 so’m, otasining pensiyasi-950, onasining pensiyasi-300 so’m, obligatsiya va boshqa qimmatli qog’ozlardan tushadigan 15,6 ming so’m miqdordagi yillik foizlar, hamda ota-onalari kvartirasini ijaraga berishdan tushadigan – oyiga 2600 so’mlik daromaddan iborat.
Kishi boshiga to’g’ri keladigan oylik daromadni hisoblang va oiladagi farovonlik darajasi haqida xulosangizni bering.
5. Samarali faoliyat yuritayotgan tadbirkor oilasi to’rt kishidan iborat (eri, xotini, 2ta yuqori sinf o’quvchi-farzandlari). Oilanin oylik o’rtacha daromadi 280 ming so’mdan iborat bo’lib, erining tadbirkorlik faoliyati daromadlaridan (40 ming so’m) tashkil topgan.
Kishi boshiga to’g’ri keladigan oylik oila daromadini hisbolang va oilaning farovonligi haqida xulosa qiling.
6. Besh kishidan iborat yaxshi ta’minlangan oila (eri-tijorat bankida yurist-maslahatchi, xotini-uy bekasi, qizi-talaba, otasi-xarbiy pensioner, onasi 2-guruh nogironi) yillik jami pul daromadlari 120,6 ming so’mga ega. Oila byudjetining daromad qismi erining maoshi (53 ming so’m), qizining stipendiyasi (2,4 ming so’mi) ota-onalarining pensiyasi (15 ming so’m), qimmatli qog’oz va obligatsiya foizlari (15,6 ming.so’m) va kvartira ijarasi (34,6 ming so’m)dan tashkil topgan.
Xarajatlar qismi esa quyidagilardan iborat: erining yillik daromad solig’i va badallari – 10 ming so’m, uy-joy va ijara daromadidan soliqlar-4,8 ming so’m har oylik oziq-ovqat xarajatlari – 4220 so’m, nooziq-ovqat tovarlar xaridi –2250 so’m, turli xizmatlarga (uy-joy-kommunal, maishiy, transport, pochta va h.k.) haq to’lash-1665 so’m. Yillik pul daromadlarining xarajatlardan ortadigan qismi (8,1 ming so’m) omonat va qimmatli qog’ozlardaga jamg’armalarga ketadi.
Oila yillik xarajatlarda soliq va badallarga ovqat tovarlar xaridiga, turli xizmatlarga va jamg’armalarga ketadigan sarflarning ulushini foizda hisoblang.
Do'stlaringiz bilan baham: |