5
I-Bob. Qishloq xo’jaligi ishlari bo’yicha kasbga yo’naltirishda mehnat
darsining ahamiyati.
1.1. Mehnat darsida kasbga yo’naltirish ishlarini tashkillashtirish.
Biz aniq maqsad bilan kasbga yo’naltirish ishlarini olib borishda
maktabning joylashish xududi, o’quvchilarning yosh xususiyatlari, mehnatga
tayyorgarligi, bilim va tajiribasi nazarda tutiladi. O’quvchilar sinfdan sinfga
utish vaqtida o’larga kasbga yo’naltirish bo’yicha beriladigan malumotlarning
hajmi kengaytirilib va murakkablashib boriladi. V- sinfda o’quvchilarga kasblar
haqida umumiy malumotlar beriladi, masalan kasblarning nomlari aytiladi, har
bir kasb bo’yicha mutaxassislarning qanday ish qilishi, ishlash vaqtida qanday
asboblar va uskunalardan foydalanishi, uning mehnati jamiyatimizga qanday
foyda keltirishi tushintiriladi. VI-VII sinflarda o’quvchilarga kasblar tug’risida
beriladigan malumotlar kengaytiriladi. Mana shu sinflarda kasblarning hozirgi
zamon ishlab chiqarishdagi ahamiyati, o’larning rivojlanish tarixi, bizga malum
kasblar bo’yicha mehnatning mazmuni tug’risida, mehnat anjomlari va
qurollari, ishlab chiqariladigan mahsulotlar haqida aytib berish mumkin. VIII-
IX sinflarning o’quvchilariga bo’lsa yuqoridagi malumotlardan boshqa,
quyidagi malumotlar ham beriladi: mehnat sharoyitlari, har xil kasb egalari
o`zlashtirishi lozim bo’lgan maxsus, umumiy mehnat va umumiy texnikaviy
bilimlar, kunikma va tajiribalar, kasblarning gigienik xarakteristikasi,
kasblarning odamlarga qo’yadigan talablari, mehnatga haqi to’lash sistemasi,
engilliklar, shu kasblar bo’yicha mutaxassislar tayyorlash va o’larning
malakasini oshirish sistemasi.
O`spirimlarning kasbga qiziqishi tez-tez o`zgarib turadi. Bu holat ayrim
vaqtlari bazibir tashqi tasirlar natijasida paydo bo’ladi. Masalan, o’lar
kasblarning` mazmunini nato’g’ri tuchunishlari, o`z imkoniyatlarini etarli
darajada ob`ektiv bah’olashlari va bunda o`zlarining psixo-fiziologik
xususiyatlarini hisobga olmasligi va o`z kuchlariga ortiqcha ishonishi sababli
ham shunday holatlar kelib chiqishi mumkin. O’quvchilarning bir qismi
o`zlarining kelajakdagi kasblariga umuman qiziqmaydi. Shuning uchun
6
o’quvchilarda aniq bir kasbga chuqur qiziqtirish, mehnatning mazmunini
bilishga ishtiyoq – kasb tanlashning eng samaradorli choralaridan biri
hisoblanadi.
O’quvchilarni ishchi kasblarga qiziqtirish uchun mehnat ta`limi o’larda
texnikani, hozirgi ishchilarning faoliyatini, o’ning mehnatining natijalarini bilib
olishiga qiziquvchanlik uyg’otadigan darajada tashkillashtirilishi kerak.
Shuningdek, darslarda ta`limning bir xil metodini qo’llaybermasdan bir
nechta metodinan foydalanish mumkin. Biz mehnat darsining mavzusining
mazmuni, maqsadi va vazifalariga qarab dars barcha bosqishlarida o’quv
jarayonini tashkillashtirishga yordam beradigan eng foydali qurilmalarni
tanlashga harakat qilish kerak.
Mehnat darsi boshqa darslardan farqli ravishda o’quvchilarni eng ko’p
tarqalgan ishlarni va mehnat jarayonlarini bajarish bilan tanishtirish imkonini
beradi. Mehnat darslarida og’zaki so’zdan boshqa ko`piroq amaliy mehnat ishining
qo’yilishi va sifati, o’qituvchining bilimi, mahorati o’quvchilarda qiziqish
uyg’otish manbasi hisoblanadi.
Mehnat darslarida qatnashadigan yosh o`spirimlar bir qancha oddiy detallarni
tayorlashda elektr priborlari, mexanizmlar va boshqalarni ishlatish bo’yicha bir
qancha tajiriba orttirgan bo’ladi. Shunga qarab o’qituvchining vazifasi
o’quvchilarning qiziqishlarini kerakli yolga solish, za`rur hollarda o’larning yakka
tajribaga suyanishidan iborat.
O’quvchilarni o’qitishda zarurli metodlarning biri muammoli ta`lim hisoblanadi.
Bunda o’quvchida izlanishga qiziquvchanligining ortishi o’ning o’qituvchi
tashkillashtiradigan aktiv fikrlash qobiliyatining ortishida eng zarurli motivi
bo’ladi. Shuning bilan birga muammoli holatning o`zi ham uni echish jarayonini
bilishga qiziqishini hosil qilish va mustahkamlashning eng zarurli manbalari
sifatida xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: