10. Kul`tivatorlarni tuzilishini urganish buyisha dars utish.
3
Kirish
O`zbekiston to’prog’ining yo’qori hosildorligi uning a`hamiyatli afzalligi
bo’lib, bu holat Respublikaning qudratli agrosanoat potentsialiga ega davlatga
aylantirish imkoniyatini yaratadi.
Qulay iqlim sharoitlari, dehxonchilikning sug`orish usulida olib borilishi
Respublikada qudratli qishloq xo’jalik resurslari bazasini va qishloq xo’jalik
xomoshyoni qayta ishlaydigan korxonalarni rivojlantirish uchun yaxshi sharoyt
yaratadi.
O`zbekiston - qadim zamondan dehxonchilik bilan shug’ullanib kelgan.
Dehxonchilik oziq-ovqat sohasida respublika mustaqilligining asosi va negizgi
eksport mahsulotining manbasidir.
Bugungi kunda O`zbekiston tashqi bozorda talab kuchli bo’lgan mahsulot –
paxta tolasini asosiy ishlab chiqaruvchi va etkazib beruvchi bo’lib hisoblanadi.
Respublika paxta tolasini ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda to’rtinchi va o’ni
eksportga chiqarish bo’yicha ikkinchi o’rinda turadi.
Bizning Respublikamiz agrar davlatligidan yoshlarimizda qishloq xo’jalik
ishlari bo’yicha kasbga yo’naltirishda qishloq xo’jalik texnikalarini va qishloq
xo’jalik mahsulotlarini etishtirish joylari bilan tanishtirib borish talab qilinadi.
Maktab o’quvchilarini kasbga yo’naltirish sistemasida qishloq xo’jalik ishlari
va oquvchilarni ko’piroq tarqalgan qishloq xo’jalik texnikasi bilan tanishtirish
ma’lum o’rinni egallaydi.
«Qishloq xo’jalik ishlari» dasturining mazmuni shahar va qishloq joyidagi
maktablar uchun birdek. Er sharoitining alohidaligini, maktab atrofidagi, o’quv-
tajriba uchastkasining maydoni, sinflardagi o’quvchilarning soni hisobga olish
bilan mehnatga o’rgatishning bu sohasi bo’yicha dasturning bajarilishi tematik
rejasining variantlari bo’yicha amalga oshirilishi mumkun.
Yozgi davrda o’simliklarga tarbiya berish ijtimoiy foydali mehnatga va
mehnat amaliyotiga taqsimlash vaqtining hisobidan amalga oshiriladi.
4
Aytilgan variantlarning hoxlagani bo’yicha mehnatga o’rgatish madaniy
o’simliklarni ekib o’stirish va parvarishi bo’yicha umumiy mehnat, politexnik
bilimlar va malakalarining birdek darajasini taminlashi kerak.
Qishloq xo’jalik mehnati bo’yicha darsliklar sistemasida ahamiyatli tarbiyaviy
masalalar
echiladi.
O’qituvchi
yakka
odamning
zaruriy
xususiyatini
takomillashtirib, o’quvchilarda mehnatni sevishga, mehnat odamlarini hurmat
qilish, mehnatning xususiyatlariga sevinch bilan qarashga tarbiyalashi kerak.
Har xil turdagi qishloq xo’jalik ishlari jarayonida, xo’jalikni yurgizishning
iqtisodiy jihatdan foydali usullarini ko’rsatish kerak. Darslarda o’quvchilarga
iqtisodiy bilimlarini takomillashtiruvchi masalalar, mashg’ulotlar, o’yinlar,
musobaqalar tashkillashtirish orqali amalga oshirish mumkun.
Maktabning o’quvchilariga mehnatga tarbiyalashning yana bir yo’li bularni
sayoxatga olib borishdir. Sayoxat ularga tabiyat hodisalari, ta`biyat ko`rinishlari,
insonlarning mehnat jarayonlari, yurtimizning boyliklarini, qishloqlarimizning
chiroyli ko’rinishlari tanishtiriladi. O’lar o’zlari ko’rgan narsalarini nazorat qilib
boradi. Natijada o’larda har xil kasblarga bo’lgan qiziquvchanliklari uyg’onadi.
Ayniqsa yuqori sinf o’quvchilarini kasbga yu’naltirishda yuqorida aytib o`tgan
tadbirlarimiz o`zining ijobiy ta`sirini ko`rsatadi.
Qishloq xo’jalik ishlari bo’yicha kasbga yo’naltirish ishlarining yaxshi
natijalar berishi, mehnat fani o’qituvchilariga bog’liq bo’ladi. U mehnat darsida
qishloq xo’jalik ishlaridagi mehnatning ahamiyati, har bir mehnatni bajarish
usullari, yo’llari haqida aniq yo’l-yo’riqlar berilishi zarur. Shuning bilan birga bu
ishlarning samaradorligini har bir ishning oxirida to’g’ri xulosa chiqarishga ham
bog’liq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: