Ikkinchi variant - Dars jarayonida o’qituvchi o’quvchilarning har biriga
yakka topshiriqlar berish maqsadida qishloq xo’jalik ekinlarining har xil turlarini
qo’yib chiqadi. Dars boshlanishdan o’quvchilarga shu qishloq xo’jalik ekinlarining
ekilishi va tarbiyalanishiga etibor berishni talab qiladi. O’quvchilar ularga
qiziquvchanlik bilan qarab, bularning bir-biridan farqlanadi degan xulosaga keladi.
Endi o’qituvchi qishloq xo’jalik ekinlarining bir-biridan qanday farqining
bor ekanligini so’raydi. O’quvchilar kuzata o’tirib uning farqi, qishloq xo’jalik
ekinlarining ekilish vaqti har xil deb javob beradi. Endi o’qituvchi o’quvchilardan
qishloq xo’jalik ekinlarini ekishda yoki tarbiyalashda qanday qishloq xo’jalik
mashinalari qo’laniladi deb so’raydi. So’ng o’quvchi bo’lsa har bir ekinni
tarbiyalashda qanday qishloq xo’jalik mashinalari qo’laniladigani haqida tariflab
beradi. Endi o’qituvchi qishloq xo’jalik ekinlaridan xisoblangan paxta uchun
13
qishloq xo’jalik mashinalarining zarurligi qanday? Degan savol qo’yadi.
O’quvchilar qishloq xo’jalik mashinalarining turlari haqida bilganlarini aytadi.
O’qituvchi oquvchilarga qishloq xo’jalik mashinalarining qanday turlarini
bilasiz deb savol tashlaydi. O’quvchilar o’z-aro maslahatlashgan holda berilgan
savolga to’la javob bera olmasligi mumkin. Natijada o’qituvchi o’quvchilarning
ku`chining etmasligini bilib, ayrim savollar bera boshlaydi, qishloq xo’jalik
mashinalarining tu`rlarini plakatlardan va boshqa ko’rgazmali qurollardan
foydalanib tushintiradi va qanday qishloq xo’jalik mashinalari qaysi ekinlarni
ekishda va tarbiyalashda qo’lanilishini aniqlashni o’quvchilarga topshiradi. So’ng
har bir qishloq xo’jalik mashinalarining markalariga etibor berishga qaratadi.
Shunday qilib, o’quvchilar qishloq xo’jalik mashinalarining qo’lanilishini
ekiladigan ekinning turiga bog’liq ekan degan fikrga keladi.
Bundan keyin o’qituvchi qishloq xo’jalik mashinalaridan sanalgan plugning
markalaridagi raqamlar nimani anglatadiganligini ko’rsatib beradi. Keyin
o’quvchilardan bir – biriga o’qshash markali pluglar so’raladi. O’quvchilar
o’ylanadi lekin javob topa olmasligi mumkin. Keyin o’qituvchi «Pluglarning
ishlatilishi» haqida diafil`mni ko’rsatadi. O’quvchilar javob izlay boshlaydi,
pluglarning haqiyqiy o’zini ko’rgandan keyin gina tushina boshlaydi.
Endi amaliy ishlarda quydagi savollar qo’yiladi.
- Bolalar pluglar qanday detallardan turadi.
- Bu detallarni qanday materiallardan tayorlash mumkin.
- Pluglarning olib ketish eni qanday bo’lish kerak.
- Plugning surish balandligi qanday.
- Qishloq xo’jalik mashinalarining qanday turlarini bilasiz.
Biz yuqorida aytilgan ikki variantda ham o’quvchilar o’quv materialini
o`zlashtiradi. Lekin shuni aytish mu`mkin o’quvchilar ikkinchi variantda aktivliligi
kuchli bo’ladi. Shu misolga asoslanib muammoli o’qitishning didaktik taraflarini
ochib ko’rsatadi.
Shunday qilib mehnat malakalarini va ko’nikmalarini takomillashtirish
mehnatni o’qitish metodikasida juda katta o’rinni egalaydi. Uning asosini
14
instruktaj va mashg’ulotlar singari metodlar hosil qiladi. Psixologik va metodik
ko’rsatmalar
o’qituvchilarning
mehnat
malakalarini
va
ko’nikmalarini
takomillashtirishga mos ilg’or tajribalarni o’rganish bu malaka va ko’nikmalarini
samaradorli takomillashtirishning asosiy shartlari quydagilardan iborat ekanligi
ko’rsatilmoqda.
- Topshiriqning aniqliligi uning maqsadi va bajarish usullarini tushinish.
- O’quvchilarda zaruriy bilimlarning paydo bo’lishi.
- O’qitish metodi va usullarining takomillashiyotgan malaka va ko’nikmalarning
mosligi.
- Mashg’ulotlarning etarli miqdorda bo’lishi.
- O’quvchilar mehnatini o’z vaqtida va ob`ektiv baholash.
- O’quvchilar mehnatining aktiv xarakteri.
Shu shartlardan eng kam deganda ikki ish chiqarish mumkin.
1.
Shunday qilib mehnat malaka va ko’nikmalarini takomillashtirishda mehnat
o’qitishning mashg‘ulot va instruktaj metodlari katta ahamiyatga ega.
2.
O’quvchilarning sifatli xizmatini tamiynlash sharti birinchi o‘rinda turadi.
Mehnat malaka va ko’nikmalarini takomillashtirishning natijasi ko‘pchilik
holatlarda o‘quvchilar ta`lim jarayonini qancha sifatli va aktiv munosabatlariga
bog’liq ekanligi ko‘p sinoqlar natijasida aniqlanmoqda. Shuningdek so‘ngi
vaqtlarda o’qitish sifatini orttirish, o’quv ishi jarayonida o’quvchilarni
aktivlashtirishga va yaxshi sharoitlarda aniqlash bo’yicha ko‘p ishlar ishlanmoqda.
Instruktaj va mashg‘ulotlarga o’qitish metodi sifatida qo‘yiladigan hozirgi
talablarni tushinishi uchun mehnatni o‘qitish jarayonida sifatlilik va aktivlilik,
fiziologiya, psixologiya asosida qarab chiqish zarur deb oylayman.
Hozirgi mehnatni o‘qitish metodikasining rivojlanishi bir qancha yillar
davomida to‘plangan va ko‘p gina avlodlar amaliyotida sinalgan fikr takliflar
analiz etilishi bilan xarakterlanadi.
O’qitishning texnikaviy qurollari o‘rganilayotgan hodisalar va harakatlarni
yuqori obektiv aniqlikda amalga oshirib, keyin ularni sezish organlari bilan tula
dastlabki malumotlar olish uchun zaruriy tezlikda takrorlash imkoniyatini beradi.
15
Dars – bu maktabdagi o’quv ishining asosiy tashkillashtiruvchi formasi.
Maktab uchastkasida o’tkazilgan qishloq xo’jaligi ishlari bo’yicha
mashg’ulotlarda amaliy ishlarda – dars mehnatni o’qitishning asosiy vazifalarini
amalga oshiradi. Yangi materiallarni bayonlash, amaliy topshiriqlar berish va uni
amalga oshirish, bajarish borasida o’quvchilarni jadallashtirish va ishlab chiqarish
foydali mehnatga ishtirokini amalga oshirish imkoniyatlarini beradi. Mehnat
darslari boshqa o’quv predmetlariga nisbatan bir qator afzalliklarga ega. Bu
afzalliklar ikkita farqi quydagilardan iborat bo’sh o’rinni o’quvchilarning amaliy
ishlari egalaydi. Shuning uchun ustaxonalardagi mashg’ulotlarni qo’l dars sifatida
o’qitish maqullangan. Sababi 45 minutlik dars jarayonida o’quvchilarning foydali
ishiga juda oz vaqt qoladi. Uning ko’p bo’lagi ish o’rnini tayorlash va
yig’ishtirishga o’qituvchining shu dars bo’yicha instruktajiga ketadi. Agar 90-
minutlik dars jarayonda o’quvchilar malum mehnat topshiriqlarini bajarishga
ulgiradi, bu esa o’quvchilarga nazariy jihatdan o’qituvchiga ish natijalarini
baholash imkoniyatini beradi.
1.
O’quvchilarning amaliy ishlari unumli mehnat bazasida tashkillashtiriladi.
2.
Maktab uchastkasida o’tkazilgan qishloq xo’jaligi ishlari bo’yicha
o’quvchilar har xil mehnat asboblar yordamida ish bajaradi. Shuning uchun mehnat
darsini o’tkazishning xavfsizligini taminlovchi maxsus tayorgarlikni talab qiladi.
Darsga bir qator didaktik talablar qo’yiladi. Mehnat darslariga tegishli bu talablar
nimalardan iborat ekanligini qarab chiqaylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |