Ishsizlik darajasi – ish kuchiga ya’ni ishlayotgan va ish qidirayotganlarga nisbatan ishsizlar soning foizdagi ifodasi. Uni quydagicha aniqlash mumkin:
UD= 100,
bunda UD-ishsizlik darajasi, US-ishsizlar soni, UК-ish kuchi, ya’ni iqtisodiy faol – mehnatga layoqatli aholi soni.
Misol uchun, mamlakatda iqtisodiy faol aholining soni 14 mln. kishi bo’lib ulardan 700ming kishi ishsiz bo’lsa:
UD= 100=
Ishsizlik darajasi 5% tashkil etadi. Bordiyu, ishsizlik darajasi 7 foizdan ko’tarilsa ishsizlik darajasi oshgan, 4 foizga pasaysa, kamaygan bo’ladi.
Yuqoridagi usulda hisoblangan rasmiy ishsizlik darajasi O’zbekistonda 0,4 foizni tashkil qiladi. Кo’pchilik mutaxasislarning fikricha, 5-6 foizga teng bo’lgan ishsizlik darajasini tabiiy hol deb hisoblash qabul qilingan. Shu uslubiy yondashvga asoslanib, mezon sifatida «me’yor» deb hisoblangan ishsizlik darajasi (5foiz) qabul qilinadigan bo’lsa, respublikamizda ishsizlar soni 550-600 ming kishini tashkil etadi.
Ishsizlikning davomiyligiga qarab ishsizlik muddati ko’rsatkichi aniqlanadi. U qisqa mudatli va uzoq mudatli ishsizlar ko’rinishiga ega. Uzoq va qisqa mudatli ishsizlik nisbati mamlakatning iqtisodiy ahvoliga qarab o’zgarib turadi.
Bo’sh ish joylar soni. Ishga layoqatli aholi soniga teng bo’lgan holatda tabiiy yoki to’la ish bilan bandlik deyiladi. Aholining to’la bandligi ta’minlangan davrdagi ishsizlik ishsizlikning tabiiy darajasi deb aytiladi.
17. 2 . Ishsizlik nafakasi
Ishsizlikdan ximoya qilishning muhim shakllaridan biri ishsiz deb e’tirof etish yoki fuqaroga “ishsiz” huquqiy maqomining berilishidir. “Ishsiz” huquqiy maqomiga ega bo’lgan har qanday shaxs muayyan huquk va qo’shimcha kafolatlarni qo’lga kiritadi hamda unga bir qator majburiyatlar yuklatiladi.
Ishga va ish haqiga (mehnat daromadiga) ega bo’lmagan har qanday shaxs o’zi yashab turgan erdagi tuman (shahar) mehnat birjasiga ish so’rab murojaat qilishi mumkin. Bunda birinchi marta ish so’rab murojaat qilayotgan (avval xech qaerda ishlamagan) hamda qandaydir sabablarga ko’ra avvlgi ishidan, ish haqi (mehnat daromadi)dan mahrum bo’lib qolgan shaxslar toifalari o’zaro farq qiladi.
Birinchi marta ish qidirayotgan va kasbi (mutaxassisligi) bo’lmagan shaxsalar mehnat birjalariga ish so’rab murojaat qilganlarida ular dastlabki kasb tayoyrgarligini talab qilmaydigan ish bilan ta’minlanishlari, bunday ish topish imkoniyati bo’lmagan taqdirda esa, ularning yoshi va boshqa hususiyatlarini hisobga olgan xolda haq to’lanadiga boshqa ish, shu jumladan vaqtinchalik ish bilan ta’minlanadilar xamda bu toifadagi shaxslar uchun ana shunday ishlar maqbul keladigan ish sanaladi.
Avval mehnat qilgan, ya’ni ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo’lgan shaxslar ularning kasb tayoyrgarligi yoshi, salomatligi, mehnat staji, avvalgi mutaxassisligi bo’yicha tajribasi, yangi ish joyiga transportda qatnash qulayligi xisobga olingani xolda ish bilan ta’minlanadilar hamda ana shu talablarni to’la hisobga oluvchi ish ular uchun maqbul keladigan ish sanalishi mumkin.
Ishsiz deb e’tirof etilgan shaxs mehnat organi tomonidan o’ziga taklif etilgan va maqbul keladigan ishni rad etishga qoida bo’yicha haqli emas. Ish bilan ta’minlash davlat hizmatida ro’yxatga olinganidan boshlab 10 kun ichida taklif etilgan o’ziga maqbul ishni ikki marta rad etgan shaxslar ish qidirayotgan deb e’tirof etilmaydi va ishsiz maqomidan mahrum qilinadi. Bunday shaxslar taklif etilgan ishni rad etgan paytlaridan boshlab 30 kalendarь kun o’tgachgina ishsiz sifatida qayta ro’yxatga olinishlari mumkin.
O’zbekiston Respublikasining yangi taxrirdagi “Aholini ish bilan ta’minlash haqida”gi qonuning 24-moddasida aytilishicha:
Davlat ishsiz shaxslarga quyidagilarni kafolatlaydi:
-ishsizlik nafaqasi to’lash;
-mehnat organlarining yo’llanmasi bo’yicha kasbga tayoyrlash, qayta tayoyrlash yoki malaka oshirish davrida stipendiya to’lanishi hamda shu davrni umumiy mehnat stajiga qo’shish;
-ishsiz shaxsga qaramog’idagilarni hisobga olgan xolda moddiy yordam berish;
-haq to’lanadigan jamoat ishlarida qatnashish imkoniyati;
-mehnat organlarining taklifiga binoan ishlash uchun ixtiyoriy ravishda boshqa erga ko’chish bilan bog’liq xarajatlarini qoplash;
Ishsizlik nafaqasining miqdori, berilish muddati bir qator omillarga: ishsiz shaxsning avval ishlagan-ishlamaganligi, ishdan bo’shash sabablari va boshqa bir qator xolatlarga bog’lih bo’ladi.
Ishsizlik nafaqasi ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) marhum bo’lgan yoki uzoq vaqt tanaffusdan keyin (bir yildan ortiq) mehnat faoliyatini kayta boshlashga harakat qilayotgan shaxslar uchun ko’pi bilan o’n ikki oylik davr davomida yigirma olti kalendarь haftadan (182 kundan) ortiq bo’lmagan davr davomida to’lab boriladi.
16 yoshga to’lmagan bolalari va qaramog’ida boshqa kishilar bo’lgan ishsizlarga nafaqa miqdori 10 foiz oshiriladi.
Birinchi marta ish qidirayotgan va avval ishlamagan shaxslarga o’n ikki oy davomida o’n uch kalendarь hafta mobaynida ishsizlik nafaqasi to’lanishi mumkin.
Birinchi marta ish qidirayotgan va ishsizlik nafaqasini olih huquqiga ega bo’lgan shaxs belgilangan, eng oz ish haqini kamida 75 foizi miqdorida nafaqa olish huquqiga ega bo’ladi.
Jamoat ishlarini bajarish chog’ida fuqarolarga bajarilayotgan ishga qarab, biroq 15 foiz oshirilgan ishsizlik nafaqasidan kam bo’lmagan miqdorda haq to’lash, shu muddatni ish stajiga qo’shish kafolati beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |