Ishsizlik ko’rinishlari. Ishsizlikning ko’rinishlari turlicha bo’ladi. Uning asosiy turlari quydagilar.
Friksion ishsizlik – ixtiyoriy ishsizlik, turli sabablarga ko’ra, chunonchi bir hududdan boshqasiga ko’chish, kasbini o’zgartirish, uyda bola parvarishi bilan shug’ullanish sababli yuzaga keladi, ishsizlikni bir turi hisoblanib, u doimo mavjud bo’ladi va ma’lum bir darajada kerakli deb hisoblanadi. Chunki ko’pchilik ishchilar keyinroq yanada daromadli va unumli yumushni topadi. Boshqacha aytganda, friksion ishsizlik ishchi kuchlarini samarali taqsimlanishga va shu yo’l bilan iqtisodiy o’sishga ko’maklashgan bo’ladi.
Tarkibiy ishsizlik ishlab chiqarish tarkibi o’zgargan chog’da ayrim kasblar ish turlariga bo’lgan talabning susayishi natijasida vujudga keladi. Bunda yangi sohalar rivojlanib, eski sohalar qisqaradi, u sohalarda ishlab kelganlar yangi sohaga kerak bo’lgan kasbni o’zgarishi mobaynida beish bo’ladilar.
Davriy ishsizlik ishlab chiqarish darajasini pasayshi va ishchi kuchlriga talab etarli emasligi oqibatida yuzaga keladi. Davriy pasayish tovar va xizmatlarga bo’lgan yalpi talabni tushib ketishi va shunga muvofiq, yalpi taklifning kamayishini natijasida aholini ish bilan bandligini qisqarishini va ishsizlikning o’sishini bildiradi.
Mavsumiy ishsizlik. Mavsumiy ishda band bo’lganlarning mavsum tugashi bilan ishchi kuchiga bo’lgan talabning pasayishi yoki taxminan yo’qligi sababli ishlovchilarning ishsiz qolishi. Bu ishsizlik qishloq xo’jaligi, qurilish va kurort sohalaridagi ishlarning mavsumiyligi bilan bog’liqdir.
Yashirin ishsizlik rasman ish bilan band bo’lganlarning faqat qisman ishlashi, ya’ni to’liq ishlamay turishi.Unga qisqartirilgan ish kuni yoki qisqa ish xaftasiga o’tganlar, ish yo’qligidan haq berilmaydigan ta’tilga chiqqanlar kiradi.
Umumiy ishsizlik tovarlar va xizmatlarning bozori kasod bo’lishi natijasida ularni ishlab chiqarganlar mehnatiga talabning qisqarib ketishi bilan paydo bo’ladi.Bu ishsizlik odatda, iqtitsodiy tanglik sharoitida yuz beradi.
Ishsizlikning friksion, tarkibiy va davriy turlari bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan boshqa mamlakatlardagi singari O’zbekistonga ham xosdir.
Xususan, tarkibiy ishsizlik juda muhum muammo bo’lib qolmoqda. Buning sababi O’zbekiston iqtisodiy kompleksida eski sohalar o’rniga zamonaviy ishlab chiqarish tarmoqlarini yaratish bo’yicha yirik tarkibiy siljishlarni amalga oshirish borasida ishlar olib borilmoqda.
Har bir mamlakatda ishlayotganlarni va ishsizlarning o’zinig qonunchiligida belgilab qo’yilgan me’yorlarga muvofiq hisobga oladi.
Ishsizlik ham o’z o’lchamlariga ega bo’lib, u ishsizlik darajasi deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |